Doniyor 9 bob

1 Doniyor xalq uchun ibodat qiladi. 20 Jabroil bashoratni tushuntirib beradi.

1 Bobil taxtiga o‘tirgan Midiyalik Axashverash o‘g‘li Doro hukmronligining ilk davri.
2 Men Doro hukmronligining dastlabki yilida payg‘ambarlar yozib qoldirgan bitiklarni mutolaa qilishga kirishgan edim. Egamiz payg‘ambar Yeremiyoga aytgan so‘zlariga ko‘ra, Quddus yetmish yil davomida xarob bo‘lib yotishini bilib oldim.
3 Shunda men Rabbiy Xudoga yolvordim, ro‘za tutib, qanorga o‘randim, kulga belanib, iltijo qildim.
4 Men Egam Xudoga ibodat qilib, xalqimning gunohlari uchun shunday deb tavba qildim: Yo Rabbiy, Sen buyuk va haybatli Xudosan! Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga Sen ahdingni sodiq saqlaysan.
5 Ammo biz nohaqlik qilib, gunohga qo‘l urdik. Qabih ishlar qilib, Senga qarshi bosh ko‘tardik, amrlaru qonun– qoidalaringni unutib,
6 shohlarimizga, rahnamolarimizga, ota–bobolarimizga va avom xalqqa Sening nomingdan gapirgan xizmatkorlaring — payg‘ambarlarga biz quloq solmadik.
7 Sen haqsan, yo Rabbiy. Biz esa bugun sharmanda bo‘ldik. Biz Senga xiyonat qilganimiz uchun, Sen hammamizni — Yahudo va Quddus aholisini hamda butun Isroil xalqini yaqin va uzoq yurtlarga tarqatib yuborgansan.
8 Ey, Egam, biz Senga qarshi gunoh qilganimiz uchun shohlarimiz, rahnamolarimiz, ota–bobolarimiz, biz — hammamiz sharmanda bo‘ldik.
9 Yo Rabbimiz Xudo, biz Senga qarshi bosh ko‘targan bo‘lsak ham, Sen gunohlarimizni kechiruvchi, rahmdil Xudosan.
10 Ey, Egamiz Xudo, biz Senga itoat etmadik! Sen xizmatkorlaring bo‘lmish payg‘ambarlar orqali bizga qonunlar berding, ammo biz ularga rioya qilmadik.
11 Butun Isroil xalqi qonuningni buzib, haq yo‘ldan ozdi, Senga quloq solishni xohlamadi. Biz Senga qarshi gunoh qilganimiz uchun, quling Musoning qonunida yozilgan qasamyodu la’natlar boshimizga tushdi.
12 Ha, Sen bizni va rahnamolarimizni ogohlantirgan eding! So‘ng aytganlaringni qilib, boshimizga shunday falokatlar yog‘dirdingki, Quddusda yuz bergan bunday dahshatli fojiani yorug‘ dunyo hali ko‘rmagan edi.
13 Musoning qonunida yozilgan har bir falokat boshimizga tushdi. Ammo biz shunda ham gunohlarimizdan qaytmadik, Egamiz Xudoning marhamatini izlamadik, Uning sodiqligini esga olmadik.
14 Vaqti kelib Egam bizni bu falokatlarga giriftor qildi, chunki biz Uning gaplariga itoat qilmadik. Darhaqiqat, Egamiz Xudo doim adolat ila ish tutar.
15 Ey, Rabbimiz Xudo, Sen O‘z xalqingni qudrating ila Misrdan olib chiqib, shuhratingni olamga yoyding. Sening qudrating bugunga qadar tilga olinur. Biz esa gunoh qildik, qabihlikka qo‘l urdik.
16 Yo Rabbiy, Sen o‘tmishda bizga ko‘p iltifot qilding. Hozir ham g‘azabu qahringni Quddusdan yiroq qilgin, deb yolvoraman. Quddus Sening shahring, Sening muqaddas tog‘ing–ku, axir! Bizning va ota–bobolarimizning gunohlari tufayli Quddus va tanlangan xalqing qo‘shni xalqlar orasida xor–zor bo‘lmoqda.
17 Shuning uchun, ey, Xudoyimiz, qulingning ibodatu iltijolariga quloq tutgin. Yo Rabbiy, xarob bo‘lgan Ma’badingga O‘z haqi–hurmating uchun munavvar yuzing bilan boqqin.
18 Ey, Xudoyim, quloq solib, nolalarimizni eshitgin! Ko‘zingni ochib, biz tortgan jabrni ko‘rib qo‘ygin! Shaharning ahvoliga bir qara, axir, u Sening noming bilan atalgan–ku! Biz Sening marhamatingga loyiq bo‘lmasak–da, O‘zingning cheksiz rahmdilliging tufayli bizga shafqat qil.
19 Yo Rabbiy, nolalarimni eshitgin! Yo Rabbiy, bizni kechirgin! Yo Rabbiy, iltijolarimni eshitib yordam bergin! Hurmating haqi shoshilgin, chunki bu shahring va xalqing Sening noming bilan atalgandir, ey, Xudoyim!
20 Men toat–ibodatda bo‘lib, o‘zimning gunohlarim va xalqim Isroilning gunohlari uchun tavba qilib, Xudoning muqaddas tog‘i — Quddus uchun Egam Xudoga iltijo qilayotgan edim.
21 Kechki qurbonlik paytida men hali ibodat qilayotganimda, oldimga Jabroil uchib tushdi. Men uni oldingi vahiyda ham ko‘rgan edim.
22 U menga tushuntirdi: — Doniyor, men oldingga vahiyni tushuntirmoq uchun keldim.
23 Sen Xudoga iltijo qila boshlaganingda, U senga javob bergan edi. Men javobini senga yetqazmoq uchun keldim, chunki sen Xudoning suyukli bandasisan. Qani, endi aytadigan gaplarimni yaxshilab eshit, vahiyning ma’nosini tushunib olgin:
24 Isyonni bartaraf etish, qabihlikka chek qo‘yish, gunohni poklash hamda abadiy adolat o‘rnatish uchun Xudo sening xalqing va muqaddas shahring uchun yetmish karra yetti yil belgiladi. Shunda vahiy va karomatlar amalga oshadi, muqaddas Ma’bad esa tabarruk qilinadi.
25 Shuni bilib qo‘yginki, Quddusni tiklash uchun amr berilganidan to Xudo moy surtib tanlagan yo‘lboshchi kelguniga qadar, yetti karra yetti yil o‘tadi. Oltmish ikki karra yetti yil mobaynida Quddus shahri, uning yo‘llari va mudofaa inshootlari tiklanadi, ammo bu mashaqqatli damlarda sodir bo‘ladi.
26 Oltmish ikki karra yetti yil o‘tgach, Xudo tanlagan yo‘lboshchi o‘ldiriladi. U erishgan hamma narsa barbod bo‘ladi. Qo‘shin tortib kelgan ajnabiy bir hukmdor shaharga kuchli selday yopirilib, shaharni hamda Ma’badni vayron qiladi. Xudoning qaroriga muvofiq, urushu vayronagarchiliklar o‘sha davrning oxirgacha davom etadi.
27 O‘sha hukmdor ko‘p xalqlar bilan bir karra yetti yilga[87] kuchli bir bitim tuzadi. O‘sha vaqtning yarmi o‘tgach, qurbonlik va nazrlarga chek qo‘yib, Ma’badda makruh bir narsa o‘rnatadi. Bu narsa ko‘p harom– xarish ishlarga sabab bo‘ladi. Bu ahvol Xudo belgilagan kungacha davom etadi. O‘sha kuni shahar bilan Ma’badni vayron qilgan hukmdorning kuni bitadi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак