Doniyor 11 bob

2 Farishta Doniyorga bergan bashorat.

1 Midiyalik Doro hukmronligining birinchi yilida men Mikoyilga yordam berib, uni muhofaza qilib turgan edim.”
2 Farishta gapida davom etib Doniyorga shunday dedi: “Endi esa men senga haqiqatni aytaman. Fors shohligida yana uchta shoh hukmronlik qiladi. To‘rtinchi shoh boshqalarga qaraganda ancha badavlat bo‘ladi. U boyligi orqali kuch orttirib, hammani Yunoniston shohligiga qarshi qo‘zg‘atadi.
3 Keyin taxtga jangovar bir shoh o‘tiradi, u beqiyos bir saltanatni boshqarib, xohlagan ishini qiladi.
4 Ammo qudratining cho‘qqisida saltanati parchalanib, to‘rt qismga bo‘linib ketadi. Shoh sulolasiga mansub bo‘lmagan yetti yot begonalar taxtga o‘tiradi, biroq saltanatning ilgarigi kuch– qudrati ularda bo‘lmaydi.
5 Shu orada Misr shohi kuchayib ketadi, ammo shohning zobitlaridan biri zo‘rayib, shoh saltanatidan ulkanroq bir saltanatga hukmronlik qiladi.
6 Bir necha yil o‘tgach, Misr shohi Suriya shohi bilan ittifoq tuzib, unga qizini uzatadi. Shu orqali u Suriya shohi bilan aloqasini mustahkamlamoqchi bo‘ladi, biroq ittifoq uzoq davom etmaydi. Qiz, kuyov, qizning otasi va ularning xizmatkorlari xoinlikning qurbonlari bo‘lishadi.
7 Ko‘p o‘tmay Misr taxtiga qizning qarindoshlaridan biri o‘tiradi. U Suriya shohining qo‘shinlariga hujum qilib, istehkomlarini zabt etadi. Qo‘shinlarni tor–mor qilib, g‘alaba qozonadi.
8 Suriya xudolarining haykallarini, oltin va kumushdan qilingan qimmatbaho idishlarni o‘lja qilib, Misrga olib ketadi. So‘ng bir necha yil davomida Suriya shohining tinchligini buzmaydi.
9 Shundan keyin Suriya shohi Misrga bostirib boradi, ammo yengilib, o‘z yurtiga qaytib ketadi.
10 Suriya shohining o‘g‘illari jangga otlanib, Misrga katta bir qo‘shin tortib borishadi. Qo‘shinlar sel kabi oqib, yovning qal’asiga hujum qilishadi.
11 G‘azablangan Misr shohi Suriya shohi bilan jang qilib, katta yov qo‘shinini tor–mor qiladi.
12 G‘alabaga erishgan Misr shohi o‘ta mag‘rurlanib ketadi, ammo omad unga boshqa kulib boqmaydi,
13 chunki bir necha yildan keyin Suriya shohi yana Misrga qo‘shin tortib keladi. Bu safar Suriya qo‘shinlari oldingidan ham ziyodroq, tish–tirnog‘igacha qurollangan bo‘ladi.
14 Shunda ko‘p odamlar Misr shohiga qarshi bosh ko‘taradilar. Vahiy amalga oshsin, deb xalqing orasidagi ayrim zo‘ravonlar ham qo‘zg‘aladi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmaydilar.
15 Suriya shohi mustahkam bir shaharni qamal qilib, qo‘lga kiritadi. Suriyaning siquvi ostida Misr qo‘shinlari chekinadilar, hatto Misrning saralangan lashkarlari ham yov qo‘shinining shiddatli hujumini qaytara olmaydilar.
16 Suriya shohi xohlagan ishini qiladi, biror kishi unga qarshilik qilishga jur’at etmaydi. U go‘zal Isroil o‘lkasini qo‘lga kiritib, uni vayron qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
17 Dastavval Suriya shohi o‘z saltanatidagi bor qo‘shinni to‘plab, Misrni zabt etmoqchi bo‘ladi. Keyin Misrni ichidan yemirmoqchi bo‘lib, Misr shohi bilan sulh tuzadi va unga qiz uzatadi. Ammo Suriya shohining bu rejalari puchga chiqib, muvaffaqiyat keltirmaydi.
18 Bundan so‘ng Suriya shohi dengiz qirg‘og‘idagi shaharlarga hujum qilib, ko‘plarini qo‘lga kiritadi. Ammo o‘zga yurtlik bir sarkarda bu surbet shohning popugini pasaytirib, qilgan qilmishlariga yarasha jazosini beradi.
19 Shunda Suriya shohi chekinib, o‘z yurtidagi qal’alariga qaytib ketadi, ammo yo‘lda halokatga uchrab nobud bo‘ladi.
20 Uning o‘rniga Suriya taxtiga boshqa bir shoh o‘tiradi. Xazinasini boyitmoqchi bo‘lgan bu shoh zobitini yuborib, odamlarga katta soliqlar soladi. Ammo qisqa vaqt ichida halok bo‘ladi. Bu noxush voqea na jangda, na birovning qasdi natijasida sodir bo‘ladi.
21 Taxtga o‘tirgan keyingi shoh esa yaramas bir odam bo‘ladi. Shoh sulolasiga mansub bo‘lmagan bu kishi kutilmaganda hiyla orqali Suriya taxtiga chiqib oladi.
22 Unga qarshilik ko‘rsatgan barcha qo‘shinlarni oradan supurib tashlab, yo‘q qiladi. Hatto Ahd Shahzodasini ham shu ko‘yga soladi.
23 U boshqa xalqlar bilan bitim tuzgach, makkorona ish tutadi. Unga ergashuvchilarning soni kam bo‘lishiga qaramay, qudrati tobora oshib boraveradi.
24 U to‘satdan badavlat viloyatlarga bostirib borib, ota–bobolari qilmagan ishlarga qo‘l uradi. Qo‘lga kiritgan o‘ljayu mol–mulkni o‘ziga ergashganlarga ulashib beradi. Qal’alarni qo‘lga olish rejalarini tuzadi, ammo bunday hol uzoq davom etmaydi.
25 U kuch–qudratini yig‘ib, Misr shohiga qarshi katta bir lashkar tortib boradi. Misr shohi esa Suriya lashkaridan bisyorroq va kuchliroq qo‘shin bilan yov hujumini qaytarmoqchi bo‘ladi. Biroq hiylagarlarning domiga tushib, inqirozga yuz tutadi.
26 Misr shohining o‘z hamtovoqlari uning tomiriga bolta uradilar. Tor–mor bo‘lgan Misr qo‘shinlari jangda halok bo‘ladilar.
27 O‘sha ikkita shoh bir dasturxonda o‘tirib ovqatlanishadi, ammo dilidagi g‘arazni hushomad bilan yashirib, bir–biriga yolg‘on gapirishadi. Biroq Xudo belgilab qo‘ygan vaqt–soati yetib kelmagani uchun, birontasi ham muvaffaqiyatga erishmaydi.
28 Suriya shohi bir talay boylik bilan ona yurtiga qaytib ketadi. Yo‘lda esa Xudo ahd tuzgan xalqqa qarshi chiqib, ularga ko‘p ozor yetkazadi.
29 Belgilangan vaqtda Suriya shohi yana Misrga yurish qiladi, ammo bu safar vaziyat boshqacha tus oladi.
30 G‘arb sohillaridan kelgan jang kemalari Suriya shohiga qarshilik ko‘rsatishadi, yuragi dov bermagan Suriya shohi chekinadi. Biroq g‘azabini Xudoning xalqiga sochib alamidan chiqadi, muqaddas ahddan toyganlarni esa mukofotlaydi.
31 Uning lashkarlari Ma’bad qal’asiga bostirib kirib, tabarruk joyni harom qilishadi. Kundalik qurbonliklarni to‘xtatib, ko‘p harom–xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh narsani o‘rnatishadi.
32 Shoh shirin so‘zlar bilan ahddan toyganlarning ko‘nglini ovlab, ularni o‘z tomoniga og‘dirib oladi. Xudoga sodiq qolganlar esa bor kuchlari bilan unga qarshilik ko‘rsatadilar.
33 Xalq orasidagi dono yo‘lboshchilar odamlarga oqilona pand–nasihatlar berishadi. Ammo ko‘p o‘tmay ularning ayrimlari qilichdan o‘tkaziladi, ayrimlari tiriklayin olovda kuydiriladi, ayrimlari mol–mulkidan ayrilib, zindonga tashlanadi.
34 Quvg‘in paytida ularga ozgina yordam tegadi. Biroq saflariga ba’zi bir riyokor odamlar kirib olishadi.
35 Quvg‘in paytida ayrim dono kishilar azob chekadilar. Biroq bu azoblar orqali Xudo ularni oxirzamon vaqtiga tayyorlab, tozalab poklaydi, chunki belgilangan vaqt hali ham kelmagan bo‘ladi.
36 Suriya shohi xohlaganini qiladi. O‘zini ko‘klarga ko‘tarib, xudolardan ustun qo‘yadi. Eng buyuk Xudoga qarshi gapirib, kufr ketadi. Xudo belgilab qo‘ygan g‘azab davri tugaguniga qadar muvaffaqiyat qozonadi. Biroq Xudo o‘z rejasini albatta amalga oshiradi.
37 Suriya shohi ota– bobolari sig‘ingan xudolarni hamda ayollar yaxshi ko‘radigan xudoni pisand qilmaydi. O‘zini hammasidan ustun qo‘yib, bironta xudoni nazariga ilmaydi.
38 Bularning o‘rniga u qal’alarni himoya qiluvchi xudoni ulug‘laydi. Ota–bobolari topinmagan bu xudoga u oltin, kumush, javohir va qimmatbaho sovg‘alarni nazr qiladi.
39 O‘zga yurt xudosining homiyligi bilan qal’alarini himoya qiladi. Uni haqiqiy hukmdor deb bilganlarga izzat– ehtirom bildirib, yuqori mansablarga ko‘taradi. Bunday odamlarga yerlarni mukofot sifatida bo‘lib beradi.
40 Oxirzamon vaqtida Misr shohi Suriya shohiga hujum qiladi. Ammo Suriya shohi jang aravalari, chavandozlari va talay kemalari bilan unga qarshilik ko‘rsatib, toshqin suvlar kabi ko‘p shohliklarni bosib oladi.
41 U go‘zal Isroil o‘lkasini ham zabt etib, minglab xalqlarning boshiga yetadi. Ammo Edom hamda Mo‘ab xalqlari va Ommon xalqining asosiy qismi Suriya shohining changalidan qochib qutuladi.
42 Ko‘plab shohliklar, shular qatori, Misr ham Suriya istilosi ostida qoladi.
43 Suriya shohi Misrning oltinu kumush xazinalariga va barcha boyliklariga egalik qiladi. Liviyaliklar bilan Habashistonliklar ham unga qaram bo‘ladilar.
44 Biroq sharq va shimoldan kelgan noxush xabarlar Suriya shohini vahimaga soladi. Bu xabarlardan darg‘azab bo‘lgan shoh yo‘lga otlanib, ko‘p odamlarni qirib tashlaydi.
45 So‘ng dengiz va go‘zal muqaddas tog‘ orasidagi yerlarga borib, u yerda shohona chodirlarini tikadi. Ammo o‘sha joyda jon beradi, unga yordam beradigan hech kim bo‘lmaydi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18