Doniyor 7 bob

1 Doniyorning to‘rt maxluq haqidagi vahiysi. 9 Doniyorning Azaliy Nuroniy haqidagi vahiysi. 15 Doniyor ko‘rgan vahiyning ma’nosi.

1 Bobil shohi Belshazar hukmronligining birinchi yilida Doniyor bir tush ko‘rdi. U ko‘rgan tushi haqida shunday yozdi:
2 “Men tushimda bir vahiy ko‘rdim. Osmonning to‘rt tomonidan esayotgan qattiq shamol ulkan bir dengizni to‘lqinlantirayotgan edi.
3 O‘sha dengizdan bir–biriga o‘xshamaydigan to‘rtta bahaybat maxluq chiqdi.
4 Birinchisi sherga o‘xshagan edi, uning burgut qanotlariga o‘xshagan qanotlari bor edi. Men maxluqni tomosha qilib turgan edim, birdaniga qandaydir bir kuch uning qanotlarini uzib tashladi, o‘zini esa ko‘tarib odamzodga o‘xshatib ikki oyog‘ida turg‘izib qo‘ydi. O‘sha maxluqqa inson ongi berilgan edi.
5 Ikkinchi maxluq ayiqqa o‘xshar edi. U og‘ziga uchta qovurg‘a suyaklarini tishlab olgan edi. U hamlaga shaylana boshlaganda, unga shunday buyruq berildi: — Qani, ol, to‘yguningcha go‘sht ye!
6 So‘ng qoplonga o‘xshagani paydo bo‘ldi. Bu maxluqning to‘rtta boshi va orqasida qush qanotiga o‘xshagan to‘rtta qanoti bor edi. Unga hukmronlik qilish huquqi berilgan edi.
7 Bundan keyin tundagi vahiyda men qo‘rqinchli, dahshatli va benihoya kuchli bo‘lgan to‘rtinchi maxluqni ko‘rdim. U o‘z qurbonlarini temir tishlari bilan g‘ajib, parchalab tashlardi. Qoldiqlarini esa oyoqlari bilan bosib ezardi. Uning o‘nta shoxi bo‘lgani uchun, u oldingi maxluqlardan ajralib turar edi.
8 Men maxluqning shoxlarini tomosha qilib turganimda, ularning orasidan o‘sib chiqayotgan yana bir shoxchani ko‘rdim. Unga joy berish uchun oldingi o‘nta shoxdan uchtasi tag– tugi bilan uzilib tushdi. Bu yangi o‘sib chiqqan shoxning inson ko‘zlariga o‘xshagan ko‘zlari va takabburona gapiradigan og‘zi bor edi.
9 Men taxtlarning joy–joyiga o‘rnatilganini tomosha qilib turdim, Azaliy Nuroniy o‘z joyiga o‘tirdi. Uning kiyimi qorday oq, sochlari esa oppoq momiqday edi. Uning taxti otashin alanga, taxtining g‘ildiraklari lovullagan olov edi.
10 Uning huzuridan olovli daryo oqib chiqdi. Minglar Unga xizmat qilar edi, million–millionlar amriga muntazir edi. Sud majlisi boshlandi, hamma kitoblar ochildi.
11 Kichkina shoxning kibrlanib shang‘illashi mening e’tiborimni tortgan edi. Men uni tomosha qilayotganimda o‘sha to‘rtinchi maxluq o‘ldirildi, uning jasadi olovga tashlanib, kuydirib yuborildi.
12 Qolgan maxluqlarga kelsak, ularning hukmronligi yo‘q qilindi, ammo hayotlari ma’lum bir vaqtgacha saqlab qolindi.
13 Tunda kelgan o‘sha vahiyda men osmon bulutlarida kelayotgan inson qiyofasidagi bittasini ko‘rdim. U Azaliy Nuroniy oldiga keldi.
14 Unga hukmronlik, ulug‘vorlik va shohlik berildi. Barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar unga bo‘ysunishdi. Uning hukmronligi bitmas–tuganmas, abadiy hukmronlikdir. Uning shohligi hech qachon buzilmasdir.
15 Men ko‘rgan bu vahiy yuragimga g‘ulg‘ula solib, allanechuk vahimaga tushirgan edi.
16 Men taxt yonida turganlarning bittasiga yaqinlashib, bularning hammasini tushuntirib berishini so‘radim. U menga vahiyning ma’nosini ochib, dedi:
17 — Sen ko‘rgan to‘rtta maxluq — bu yer yuzida hukmronlik qiladigan to‘rtta shohlikdir.
18 Ammo Xudoyi Taoloning aziz odamlari shohlikni qabul qilib, unga to abad ega bo‘ladilar.
19 Men to‘rtinchi maxluq haqida ko‘proq ma’lumot olishni xohlar edim, chunki u boshqa maxluqlardan ajralib turar edi. Temir tishlari va bronza changallari bo‘lgan bu badbashara maxluq qurbonlarini g‘ajib tilka–pora qilar, qoldiqlarini bosib ezardi.
20 Uning boshidagi o‘nta shoxi, ayniqsa yangi o‘sib chiqqan shox meni juda qiziqtirib qolgan edi. O‘sha shox o‘sib chiqayotganda o‘rnidagi uchta shoxni tushirib yuborgan edi. Ko‘zlari va kibrlanib gapiradigan og‘zi bo‘lgan bu shox boshqa shoxlarga qaraganda ko‘proq ahamiyatga egaday bo‘lib ko‘rinar edi.
21 Bundan tashqari, vahiyda men o‘sha shoxning Xudoning aziz odamlari bilan jang qilayotganini va ularni yengayotganini ko‘rgan edim.
22 Shu orada Azaliy Nuroniy kelib, O‘zining aziz odamlari foydasiga hukm chiqardi. Xudoning aziz odamlari uchun shohlikni o‘z tasarrufiga olish vaqti yetib kelgan edi.
23 Suhbatdoshim menga shunday dedi: — To‘rtinchi maxluq — bu yer yuzida hukmronlik qiladigan to‘rtinchi shohlikning timsolidir. Bu shohlik boshqa shohliklardan ajralib turadi. U butun dunyoni g‘ajib, ezib parcha–parcha qiladi.
24 Maxluqning o‘nta shoxi — shohlikni boshqaradigan o‘nta shohdir. Keyinchalik taxtga yangi bir shoh o‘tiradi. Bu shoh oldingi o‘nta shohdan ajralib turadi va uchta shohni taxtdan tushiradi.
25 U kufr ketib, Xudoyi Taoloning aziz odamlarini ayovsiz ezadi. Muqaddasbayramlar va qonunlarni o‘zgartirishga urinadi. Xudoning aziz odamlari uch yarim yil davomida, o‘sha shohning zulmi ostida bo‘ladilar.
26 Bu muddat tugagach, samoda sud majlisi boshlanadi. Zolim shoh taxtdan tushirilib, butunlay yo‘q qilinadi.
27 Xudoyi Taoloning aziz odamlariga esa shohlik, hukmronlik va yer yuzidagi barcha saltanatlarning ulug‘vorligi beriladi. Hamma hukmdorlar ularga bo‘ysunib, xizmat qiladilar, ularning shohligi abadiy shohlik bo‘ladi.
28 Ko‘rgan, eshitganlarim mana shudir. Bu tushimdan shu qadar vahimaga tushgan edimki, rangimda rang qolmagan edi. Ammo bular to‘g‘risida og‘iz ochmay, hammasini ichimga yutdim.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18