Doniyor 5 bob

1 Belshazarning ziyofati. 13 Doniyor yozuvni tushuntirib beradi.

1 Oradan yillar o‘tdi. Bir kuni shoh Belshazar mingta begi uchun katta bir ziyofat uyushtirib, ular bilan mayxo‘rlik qilayotgan edi.
2 Shirakayf bo‘lib qolgan shoh: “Katta bobom Navuxadnazar Quddusdagi Ma’baddan olib kelgan oltin va kumush qadahlar keltirilsin!” — deb buyurdi. Shoh beklari, xotinlari va kanizaklari bilan o‘sha qadahlardan sharob ichmoqchi edi.
3 Quddusdagi Ma’bad, ya’ni Xudoning uyidan olib kelingan oltin qadahlar bazmxonaga keltirildi. Shohning o‘zi, uning beklari, xotinlari va kanizaklari qadahlardan sharob ichishdi.
4 Ular ichib, oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och va toshlardan qilingan xudolarni olqishlar edilar.
5 To‘satdan odam qo‘lining panjasi paydo bo‘lib, shoh saroyining devorlaridagi suvoqning ustida yoza boshladi. Saroy chiroqlari devorning o‘sha qismini yaxshi yoritib turgani uchun, shoh yozayotgan qo‘l panjasini ko‘rib qoldi.
6 Shoh ko‘rgan bu narsadan dahshatga tushib, bo‘zarib ketdi. Uning qo‘llari bo‘shashib, tizzalari titray boshladi.
7 Shoh baqirib, munajjim, afsungar va rammollarni keltirishni buyurdi. Ular hozir bo‘lganlarida, shoh shunday dedi: “Kim bu yozuvni o‘qib, uning ma’nosini menga tushuntirib bersa, men o‘sha odamning ustiga shohona safsar to‘n kiygizaman, bo‘yniga oltin zanjir taqib, chap qo‘l vazirim qilib tayinlayman.”
8 Shohning bu maslahatchilari ichkariga kirganlaridan keyin ham yozuvni o‘qiy olmadilar, uning ma’nosini ham tushuntirib bera olmadilar.
9 Bundan qattiq vahimaga tushgan shoh Belshazarning rangida rang qolmadi, beklari esa talmovsirab qolishdi.
10 Ichkaridagi shovqin–suronni eshitib, bazmxonaga kirgan ona malika: “Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! — dedi. — Shohim, shunchalik ham qo‘rqasizmi, qarang, axir, rangingizda rang qolmadi–ku!
11 Sizning shohligingizda muqaddas xudolarning ruhiga to‘lgan bir odam bor. Katta bobongiz davrida bu odam idrokli, zehni o‘tkir va xudolar kabi dono deb tan olingan edi. Katta bobongiz — shoh Navuxadnazar uni folbin, munajjim, afsungar va rammollarning boshlig‘i qilib tayinlagan edilar.
12 Doniyor ismli bu odam tushlarni ta’birlashda, sirlarni ochishda va jumboqlarni yechishda g‘ayritabiiy qobiliyat, bilim va fahm–farosatga egadir. Katta bobongiz uni Beltashazar deb atagan edi. Shohim, buyuring, Doniyorni bu yerga keltirishsin, u sizga bu yozuvning ma’nosini tushuntirib bergay.”
13 Doniyor shoh huzuriga keltirildi. Shoh Doniyordan: — Katta bobom Yahudodan asir qilib olib kelgan Doniyor senmisan? — deb so‘radi. —
14 Seni xudolar ruhi bilan to‘lgan, idrokli, zehni o‘tkir va dono, deb eshitdim.
15 Men maslahatchilar va munajjimlarni huzurimga chaqirtirib, ularga mana bu yozuvni o‘qib, ma’nosini tushuntirib berishni buyurgan edim. Ammo ularning birontasi ham buning uddasidan chiqa olmadi.
16 Sen esa jumboqlarni yechib, ularni tushuntira olishingni eshitganman. Agar sen hozir bu yozuvni o‘qib, uning ma’nosini menga tushuntirib bersang, men sening ustingga shohona safsar to‘n kiygizaman, bo‘yningga oltin zanjir taqib, chap qo‘l vazirim qilib tayinlayman.
17 Doniyor shoh huzurida shunday javob berdi: — Ey, olampanoh, rahmat, sovg‘alaringiz o‘zingizda qolaversin yoki ularni boshqa birovga bera qoling. Men bu yozuvni shundoq ham o‘qib, uning ma’nosini tushuntirib beraman.
18 Ey, shoh hazratlari, Xudoyi Taolo katta bobongiz Navuxadnazarni buyuk bir saltanatning taxtiga o‘tqazib, shuhratini ro‘yi zaminga yoygandir.
19 Xudo unga bergan ulug‘vorligi tufayli hamma odamlar — qaysi xalq, elat va urug‘dan bo‘lishlaridan qat’iy nazar, katta bobongizdan qo‘rqib qaltirar edilar. U xohlagan odamni o‘ldirar, xohlaganini tirik qoldirar, yuksaltirmoqchi bo‘lganini yuksaltirar, xor qilmoqchi bo‘lganini oyoq osti qilar edi.
20 Ammo mag‘rurlanib, o‘jarligi ila ish tuta boshlaganda shohona taxtidan tushirilib, ulug‘vorligidan mahrum qilingan edi.
21 U insonlar jamiyatidan haydalib, ongsiz hayvonday bo‘lib qolgandi. Yovvoyi eshaklar bilan yashab, mol singari o‘t bilan oziqlangan va osmondan tushgan shudringga cho‘milgandi. Oxiri katta bobongiz Xudoyi Taolo — inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini tan olgan edi.
22 Ammo siz, ey, shoh Belshazar, katta bobongizning boshidan o‘tgan bu voqealardan xabardor bo‘la turib Xudoga bo‘ysunmadingiz!
23 Siz haddingizdan oshib, Samoviy Xudoga qarshi bosh ko‘tardingiz! Xudo Ma’badining qadahlarini huzuringizga keltirib, beklaringiz, xotinlaringiz va kanizaklaringiz bilan mayxo‘rlik qildingiz. Hech narsa ko‘rmaydigan, hech narsa eshitmaydigan, hech narsa bilmaydigan oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och va toshdan yasalgan xudolarni madh ayladingiz. Ammo sizga hayot beruvchi va oxiratingizni belgilovchi Xudoni ulug‘lamadingiz.
24 Shuning uchun Xudo qo‘l panjasini yuborib quyidagi so‘zlarni yozdirdi:
25 MENE, MENE, TEKEL va PARSIN.
26 Buning ma’nosi quyidagicha: MENE, ya’ni “hisob”, — Xudo hukmronlik vaqtingizni hisoblab chiqib, shohligingizga yakun yasadi.
27 TEKEL, ya’ni “tortilgan”, — siz tarozida tortilib, hukmronlik qilishga nomunosib bo‘lib chiqdingiz.
28 PERES, ya’ni “bo‘lingan”, — shohligingiz bo‘linib, Midiyaliklar va Forslarga berildi.
29 So‘ng Belshazar bergan amrga binoan, Doniyorga shohona safsar to‘n kiydirilib, bo‘yniga oltin zanjir taqildi va u shohning chap qo‘l vaziri deb e’lon qilindi.
30 Xuddi o‘sha kuni kechasi Bobil shohi Belshazar o‘ldirildi.
31 Taxtga esa oltmish ikki yoshli Midiyalik Doro o‘tirdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18