Sulaymonning hikmatlari 13 bob

1 Aqlli farzand otasining nasihatlarini qabul qiladi, mazax qiluvchi esa tanbehga quloq solmaydi.
2 Yaxshi odam so‘zlari bilan yaxshilikka erishadi, xoin esa zo‘ravonlikka.
3 Tilini tiygan jonini asraydi, tiliga erk bergan esa halokatga uchraydi.
4 Dangasaning ko‘ngli xohlaydi–yu, ammo hech narsaga erisha olmaydi, tirishqoq esa orzusiga yetishadi.
5 Solih yolg‘ondan nafratlanadi, fosiq esa uyatli va sharmandali ishlar qiladi.
6 Solihlik to‘g‘ri yuradiganni himoya qiladi, fosiqlik esa gunohkorni halok qiladi.
7 Shunday odam bor, hech narsasi yo‘g‘–u, o‘zini boy ko‘rsatadi. Yana shunday odam bor, boyligi ko‘p–u, o‘zini qashshoq ko‘rsatadi.
8 Jonning haqi — uning boyligi, kambag‘al esa do‘q–po‘pisadan qo‘rqmaydi.
9 Solihlarning chirog‘i doim charog‘on, fosiqniki esa o‘chib qoladi.
10 Mag‘rurlikdan faqat urush chiqadi, nasihatga quloq solgan odamda esa donolik bor.
11 Hiyla bilan topilgan davlat yo‘qoladi, mehnat bilan topilgani esa ko‘payadi.
12 Ro‘yobga chiqmagan umid yurakni ezadi, ushalgan orzu esa hayot daraxtidir.
13 Pand–nasihatlardan nafratlangan o‘ziga halokat keltiradi, amrga quloq solgan esa taqdirlanadi.
14 Dononing ta’limoti — hayot manbayi, odamni o‘lim tuzog‘idan xalos etadi.
15 Idrokli inson marhamatga erishadi, xoinning yo‘li esa mashaqqatlidir.
16 Zukko odam aql bilan ish qiladi, aqlsiz esa ahmoqligini ko‘rsatadi.
17 Yomon xabarchi kulfat olib keladi, sodiq xabarchi esa yurakka shifo keltiradi.
18 Nasihatga quloq solmaganlarga qashshoqlik va uyat, tanbehga quloq solganlarga esa hurmat–izzat.
19 Amalga oshgan tilak jonga rohat beradi, nodon odam yomonlikdan ayrilishni rad etadi.
20 Dono bilan yurgan dono bo‘ladi, ahmoqqa yo‘ldosh bo‘lgan esa halok bo‘ladi.
21 Baxtsizlik gunohkorning ketidan quvib yuradi, solihning mukofoti esa baxt–saodatdir.
22 Yaxshi odam bolalarining bolalariga ham meros qoldiradi, fosiqning boyligi esa solihga nasib etadi.
23 Kambag‘alning dalasida g‘alla mo‘l, lekin adolatsizlik tufayli vayron bo‘ladi.
24 Kaltakni ayagan odam o‘g‘lini yomon ko‘radi, o‘g‘lini sevgan esa yoshlikdan tartib–intizomga o‘rgatadi.
25 Solih qorni to‘yib ovqat yeydi, fosiq esa och qoladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18