Sulaymonning hikmatlari 15 bob

1 Yumshoq javob g‘azabni qaytaradi, qattiq so‘z esa jahl chiqaradi.
2 Donolar tilidan ilm–hikmat yog‘ilsa, nodonlardan ahmoqlik chiqadi.
3 Egamizning ko‘zlari hamma joyda, U yaxshiyu yomonni ko‘rib turadi.
4 Shirin so‘z — hayot daraxti, buzuq til — jonning halokati.
5 Ahmoq otasining nasihatini rad etadi, tanbehga quloq solgan esa idroklidir.
6 Solihning uyida boylik ko‘p, fosiqning hosili esa tashvish keltiradi.
7 Dononing tili bilim tarqatadi, ahmoqning qalbi esa unday emas.
8 Fosiqning qurbonligi Egamizga jirkanchdir, to‘g‘rining ibodati esa Uning quvonchi.
9 Fosiqning ishlari Egamizga jirkanchdir, solihlikka intilganni esa U sevadi.
10 To‘g‘ri yo‘lni tashlab ketgan qattiq jazo oladi, tanbehdan nafratlangan esa o‘ladi.
11 Hatto O‘lim va Halokat ham Egamiz nigohi ostida ekan, odamzodning qalbi Unga hech narsa emas.
12 Masxara qiluvchi tanbeh berganlarni yoqtirmaydi, u donolar oldiga ham bormaydi.
13 Yurak shod bo‘lsa, chehra ochiq, g‘amgin bo‘lsa, ruh tushkundir.
14 Zakovatli yurak ilm qidiradi, aqlsizning og‘zi ahmoqlik izlaydi.
15 Qiynalganlarga har kun tashvish, lekin yuragida shodlik bo‘lsa, doimo bayram.
16 Ko‘p boylikka ega bo‘lib vahima bilan yashagandan ko‘ra, Egamizdan qo‘rqib ozgina boylik bilan yashash yaxshiroq.
17 Go‘sht yeb nafrat bilan yashashdan, sabzavot yeb sevgi bilan yashagan afzalroq.
18 Badjahl janjal chiqaradi, jahlni tiyadigan esa tinchlantiradi.
19 Dangasaning yo‘li tikanli chetan devor kabi, to‘g‘rining so‘qmog‘i esa katta ravon yo‘ldir.
20 Aqlli farzand otasini quvontiradi, aqlsiz esa onasini xor qiladi.
21 Ahmoqlik vijdonsizga quvonchdir, aqlli esa to‘g‘ri yuradi.
22 Maslahat bo‘lmagan joyda ish yurishmaydi, maslahatchi ko‘p bo‘lsa, muvaffaqiyatli bo‘ladi.
23 Odam yaxshi javobi tufayli quvonadi, o‘z vaqtida aytilgan so‘z qanchalik yaxshi.
24 Donoga tepadagi hayot so‘qmog‘i pastdagi o‘liklar diyoridan uzoqlashish uchundir.
25 Egamiz takabburning uyini xonavayron qiladi, bevaning mol–mulkini saqlaydi.
26 Fosiqning niyatlari Egamizga jirkanch, yoqimli so‘zlar esa pokdir.
27 Ochko‘z o‘z uyiga tashvish keltiradi, poradan nafratlanadigan esa yashaydi.
28 Solih o‘ylab javob beradi, fosiqning og‘zidan esa yomonlik chiqaveradi.
29 Egamiz fosiqlardan uzoqda, lekin solihlarning ibodatini eshitadi.
30 Ko‘zdagi nur ko‘ngilni xushnud etadi, xushxabar esa tan–jonga oziq beradi.
31 Hayotbaxsh nasihatga quloq solgan donolarning orasida bo‘ladi.
32 Nasihatni rad qilgan o‘z jonini xor qiladi, tanbehga quloq solgan esa idrokli bo‘ladi.
33 Egamizdan qo‘rqish donolikni o‘rgatadi, kamtarlik izzatu ikromdan oldinda.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18