Sulaymonning hikmatlari 28 bob

1 Fosiqni hech kim quvmasa ham qochaveradi, solih esa sherday botir.
2 Yurtda isyon bo‘lganda boshliq ko‘payadi, aql–idrokli tufayli esa tinchlik bo‘ladi.
3 Ojizlarni ezadigan kambag‘al ovqat qoldirmaydigan seldaydir.
4 Qonunni tan olmaydiganlar fosiqlarni maqtaydi, qonunga amal qiladiganlar esa ular bilan kurashadi.
5 Fosiq adolatni tushunmaydi, Egamizga intilgan esa hamma narsani tushunadi.
6 Kambag‘al bo‘lib to‘g‘ri yurish, boy bo‘lib egri yurgandan yaxshiroq.
7 Dono farzand qonunga rioya qiladi, yaramasga ulfat bo‘lgan esa otasini sharmanda qiladi.
8 Sudxo‘r va ochko‘z qashshoqlarga achinadiganga boylik yiqqan bo‘ladi.
9 Qonundan yuz o‘girganning ibodati ham jirkanchlidir.
10 To‘g‘ri odamni yomon yo‘lga boshlagan odam qazigan chuquriga o‘zi tushadi, pokdil esa yaxshilik topadi.
11 Boy o‘zining nazarida dono, aqlli kambag‘al esa o‘zini tekshiradi.
12 Solih martabaga erishganda katta bayram, fosiq lavozimga kelsa odamlar yashirinadi.
13 O‘z gunohlarini yashirgan yutuqqa erishmaydi, ularni tan olib, voz kechgan marhamat topadi.
14 Doim Xudodan qo‘rqqan baxtlidir! Bag‘ri tosh odam esa baloga uchraydi.
15 Ojiz xalq ustidagi yovuz hukmdor irillayotgan sher va hujum qilayotgan ayiqdaydir.
16 Aqlsiz hukmdor juda zolim, adolatsiz foydadan nafratlanadigan uzoq yashaydi.
17 Agar birov odam o‘ldirgan bo‘lsa, o‘lguncha qochib yursin, unga hech kim yordam bermasin.
18 To‘g‘ri yuradigan najot topadi, egri yo‘ldan yuradigan esa yiqiladi.
19 O‘z yeriga ishlov berganning noni mo‘l bo‘ladi, orzu–xayollarga berilgan esa qashshoqlikka uchraydi.
20 Sodiq barakali bo‘ladi, boyishga shoshilgan jazosiz qolmaydi.
21 Tarafkashlik yaxshi emas, bir to‘g‘ram non deb odam vafosizlik qiladi.
22 Xasis odam boylik orqasidan quvib, boshiga qashshoqlik kelishini bilmaydi.
23 Tanqid qiladigan odam xushomadgo‘yga qaraganda ko‘proq marhamat topadi.
24 Ota–onasining mulkini o‘g‘irlab, “Bu gunoh emas” degan odam buzg‘unchiga sherikdir.
25 Ochko‘z janjal chiqaradi, Egamizga ishongan esa to‘q yashaydi.
26 O‘zigagina ishongan ahmoqdir, aql bilan yuradigan esa najot topadi.
27 Kambag‘alga bergan odam kam bo‘lmaydi, ko‘rib ko‘rmaslikka olgan esa ko‘p la’natga uchraydi.
28 Fosiqlar martabaga erishsa odamlar yashirinadi, halokatga yo‘liqqanda esa solihlar ko‘payadi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18