Zabur 118 bob

1 Baxtlidir yo‘llari pok bo‘lganlar, Ey Egam, Sening qonuning bo‘yicha yuradiganlar.
2 Baxtlidir Sening shartlaringga rioya qiladiganlar, Butun qalbi bilan Senga intiladiganlar.
3 Ular aslo nohaq ish qilmaydilar, Sening yo‘llaringdan yuradilar.
4 O‘zing bizga amr berib, Buyruqlarimga diqqat ila itoat eting, degansan.
5 Qani, endi farmonlaringni ado etishda barqaror bo‘lsam!
6 Men sharmanda bo‘lib qolmay, deya Hamma amrlaringga diqqat qilaman.
7 Sening odil qoidalaringni o‘rganganimda, Toza qalb ila hamdu sano aytaman Senga.
8 Sening qonunlaringni bajaraman, Meni butunlay tark etmagin.
9 Yigit qanday qilib yo‘llarini pok saqlaydi? Kaloming bo‘yicha yashab, shunga erishadi.
10 Butun qalbim bilan Senga intilaman, Amrlaringdan og‘ishimga yo‘l qo‘ymagin.
11 So‘zlaringni yuragimda asrayman, Toki Senga qarshi gunoh qilmayin.
12 Ey Egam, Senga olqishlar bo‘lsin, Farmonlaringni o‘rgatgin menga.
13 Og‘zingdan chiqqan barcha qoidalarni O‘z og‘zim bilan e’lon qilaman.
14 Shartlaringga ergashib, lazzat topaman, Go‘yo katta boylik topib xursand bo‘laman.
15 Buyruqlaring haqida chuqur fikr yuritaman, Sening yo‘llaringga diqqat qilaman.
16 Farmonlaringdan lazzat olaman, Kalomingni men unutmasman.
17 Men, O‘z qulingga yaxshilik qilgin, Toki yashab, kalomingga itoat etayin.
18 Ko‘zlarimni och, toki ko‘rayin Qonuningdagi ajoyibotlarni.
19 Yer yuzida musofirday yashayman, Amrlaringni mendan yashirma.
20 Jonim kuyayotir hasrat bilan, Qoidalaringni o‘rganishni doim istayman.
21 La’natlangan takabburlarga, Amrlaringdan og‘ib ketganlarga Sen tanbeh berasan.
22 Haqorat, xo‘rlikni mendan uzoqlashtir, Axir, shartlaringni doimo bajarganman.
23 Hatto shahzodalar to‘planib, menga bo‘hton qilsalar ham Men farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
24 Sening shartlaring menga lazzat bag‘ishlaydi, Shartlaring men uchun maslahatchidirlar.
25 Jonim chiqay deb turibdi, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqlagin.
26 Hayotim haqida Senga aytib berdim, Sen javob berding. Endi farmonlaringni menga o‘rgatgin.
27 Menga buyruqlaringni tushuntir, Toki mo‘jizalaring haqida chuqur fikr yuritay.
28 Jonim ado bo‘ldi g‘am–g‘ussadan, Quvvat bergin menga va’dangga binoan.
29 Soxta yo‘llardan meni saqlagin, Iltifot ila qonuningni menga o‘rgatgin.
30 Men sadoqat yo‘lini tanlaganman, Qoidalaringni yuragimga jo qilganman.
31 Ey Egam, shartlaringni mahkam ushlaganman, Endi sharmanda bo‘lishimga yo‘l qo‘ymagin.
32 Jonim bilan amrlaringni bajaraman, Zotan menga ko‘p zakovat ato qilasan.
33 Ey Egam, menga farmonlaringni o‘rgat, Toki men ularni oxirigacha bajarayin.
34 Zakovat ber menga, toki qonuningga rioya qilay, Chin qalbimdan qonuningni bajaray.
35 Amrlaring so‘qmog‘idan meni yetaklagin, Men undan lazzat topaman.
36 Yuragimni nohaq foyda tomon emas, O‘z shartlaring tomon burgin.
37 Ko‘zlarimni befoyda narsalardan qaytargin, Va’dangga binoan hayotimni saqlagin.
38 Men, O‘z qulingga bergan va’dangda turgin, Bu va’dang Sendan qo‘rqadiganlar uchundir.
39 Sharmandalikdan qo‘rqaman, mendan uzoq qil, Zotan qoidalaring ezgudir.
40 Buyruqlaringga naqadar talpinaman, Adolating bilan hayotimni saqlagin.
41 Sodiq sevgingni, ey Egam, menga ko‘rsat, Va’dangga ko‘ra, menga najot ber.
42 Shunda meni haqorat qilganlarga javob beraman, Sening kalomingga umid qilaman.
43 Og‘zimdan haqiqat kalomini tamom tortib olma, Sening qoidalaringga umidimni bog‘ladim.
44 Qonuningga doimo rioya qilaman, Abadulabad rioya qilaman.
45 Men ozod bo‘lib yuraveraman, Buyruqlaringni izlab topganman.
46 Shohlar oldida shartlaringdan so‘ylayman, Sharmanda bo‘lmasman.
47 Amrlaringdan lazzat topaman, Men amrlaringni sevaman.
48 Amrlaringga izzatu sevgi ko‘rsataman, Farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
49 Esla men, qulingga bergan va’dangni, Sen va’da berib, umidvor qilgansan meni.
50 Kulfatda qolganimda shu menga tasalli beradi, Sening va’dang mening hayotimni saqlaydi.
51 Takabbur meni tamom masxara qiladi, Shunda ham qonuningdan yuz o‘girmasman.
52 Azaliy qoidalaringni, ey Egam, eslayman, Bu qoidalaringdan men tasalli topaman.
53 Fosiq qonuningdan yuz o‘girgan, Shu bois men qattiq g‘azablanaman.
54 Qayerda boshpana qilgan bo‘lmayin, Sening farmonlaring qo‘shig‘im bo‘ldi.
55 Ey Egam, tunda ham Seni eslayman, Sening qonunlaringga rioya etaman.
56 Bu menga odat bo‘lgan edi, Buyruqlaringga rioya qildim.
57 Ey Egam, Sen mening xavfsizligim manbaisan, Kalomingga itoat etaman, deb va’da beraman.
58 Jamolingni izladim chin qalbimdan, Mehribon bo‘l menga va’dangga binoan.
59 Yo‘llarimga diqqat qildim, Shartlaring bo‘yicha qadam bosaman.
60 Men shoshilaman, kechikmasman Amrlaringga itoat etmoq uchun.
61 Fosiqlar meni arqonlar bilan bog‘laydi, Shunda ham Sening qonuningni unutmayman.
62 Yarim tunda uyg‘onib, odil qoidalaring uchun Senga hamdu sano aytaman.
63 Sendan qo‘rqqanlarga men do‘stman, Buyruqlaringga rioya qilganlarga sherikman.
64 Ey Egam, sodiq sevgingdan zamin to‘lgandir, Farmonlaringni menga o‘rgat.
65 Ey Egam, O‘zing bergan va’dangga muvofiq Men, O‘z qulingga yaxshilik qilding.
66 Menga donolik, zukkolik bergin, Sening amrlaringga ishondim.
67 Jazo olmasimdan oldin adashar edim, Endi Sening so‘zingga itoat etaman.
68 Naqadar yaxshisan, ezgulik qilasan, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.
69 Takabbur yolg‘on so‘ylab, meni qoraga chaplar, Men esa chin qalbdan buyruqlaringga itoat etaman.
70 Ularning qalbini yog‘ bog‘lagan, Men esa qonuningdan lazzat olaman.
71 Tortgan jazoim menga saboq bo‘ldi, Shu orqali farmonlaringni o‘rgandim.
72 Minglab kumush, oltin bo‘laklaridan ko‘ra, Yaxshidir men uchun og‘zingdan chiqqan qonun.
73 Qo‘llaring meni yaratgan, barpo qilgan, Amrlaringni o‘rganishga menga idrok bergin.
74 Sendan qo‘rqqanlar meni ko‘rib, sevinsinlar, Zotan, Sening kalomingga umid qilganman.
75 Ey Egam, hukmlaring adolatliligini bilaman, Menga jazo berganingda, Sen haq eding.
76 Men, O‘z qulingga bergan va’dangga ko‘ra, Sodiq sevging menga tasalli bo‘lsin.
77 Menga shafqat qilgin, toki yashayin, Axir, Sening qonuning men uchun lazzat.
78 Yolg‘on gapirib, menga zarar qilgani uchun Takabburlar sharmanda bo‘lsin. Men esa buyruqlaring haqida fikr yuritaman.
79 Men tomon kelsin Sendan qo‘rqqanlar, Sening shartlaringni biladiganlar.
80 Farmonlaringni bitta qolmay bajaray, Toki men sharmanda bo‘lib qolmay.
81 Najotingni kutib, jonim ado bo‘lmoqda, Sening kalomingdan umid qilmoqdaman.
82 Va’dalaringni kutib, ko‘zimning nuri so‘nadi, “Qachon menga tasalli berasan?” deya so‘rayman.
83 Tutunda qorayib, bujmaygan meshday bo‘lsam ham, Sening farmonlaringni men unutmaganman.
84 Men, Sening quling qachongacha kutishim kerak? Meni ta’qib qiluvchilarni qachon hukm qilasan?
85 Takabburlar menga chuqur qazirlar, Sening qonuningga ular qarshi chiqarlar.
86 Hamma amrlaring umidbaxshdir. Meni sababsiz ta’qib etarlar, yordam ber!
87 Ular meni yer yuzidan yo‘q qilay, dedi, Ammo buyruqlaringni men tark etmadim.
88 Sodiq sevging haqi saqla hayotimni, Toki og‘zingdan chiqqan shartlarga rioya qilay.
89 Kaloming, ey Egam, to abaddir, U samolarda mustahkam turadi.
90 Sening sadoqating nasllar osha davom etadi, Yerni barqaror qilgansan, u to abad turaveradi.
91 Qoidalaring tufayli Yeru osmon bugun ham mustahkamdir, Butun olam qo‘ling ostidadir.
92 Agar qonuning men uchun lazzat bo‘lmasaydi, Tortgan g‘amu kulfatlarimdan tamom bo‘lardim.
93 Men buyruqlaringni hech qachon unutmayman, Bular orqali Sen hayotimni saqlagansan.
94 Men Senikidirman, meni qutqargin, Zotan, men buyruqlaringni bajarishga intilganman.
95 Fosiqlar meni o‘ldirishga payt poylaydi, Men esa shartlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
96 Jamiki komillikning cheklanganini ko‘rdim, Sening amrlaring esa chegarasizdir.
97 O, naqadar sevaman qonuningni! Kun bo‘yi xayolimda tutaman uni.
98 Amrlaring meni g‘animlarimdan ko‘proq dono qildi, Amrlaring doimo men bilan birga.
99 Barcha ustozlarimdan ham ziyrakroq bo‘ldim, Sening shartlaring ustida fikr yuritaman.
100 Yoshi ulug‘lardan ham donoroq bo‘ldim, Chunki Sening buyruqlaringga itoat etdim.
101 Har qanday yomon yo‘ldan qadamimni tiydim, Toki Sening kalomingga itoat etay dedim.
102 Qoidalaringdan men qaytmadim, Menga O‘zing ta’lim bergansan.
103 So‘zlaring men uchun naqadar mazalidir, Asaldan ham shirin tuyular og‘zimga.
104 Buyruqlaring tufayli men dono bo‘laman, Har qanday yolg‘on yo‘ldan nafratlanaman.
105 Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir, Yo‘limga nur sochadigan yorug‘likdir.
106 Adolatli qoidalaringni bajaray, deb Ont ichib, ontimni mustahkam qildim.
107 Ey Egam, men ko‘p jafo chekdim, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqla.
108 Ey Egam, maqtov nazrlarimni qabul etgin, Menga qoidalaringni o‘rgatgin.
109 Hayotim har on xavfda bo‘lsa ham, Sening qonuningni men unutmayman.
110 Fosiqlar menga tuzoq qo‘ydilar, Shunda ham buyruqlaringdan og‘ib ketmadim.
111 Sening shartlaring to abad mening mulkimdir, Shartlaring qalbimning quvonchidir.
112 Farmonlaringni to abad ijro etmoqqa Yuragimni moyil qildim.
113 Ikkiyuzlamachilardan men nafratlanaman, Sening qonuningni sevaman.
114 Sen mening panohimsan, qalqonimsan, Sening kalomingga umid bog‘layman.
115 “Ey badkirdorlar, yo‘qoling ko‘z oldimdan, Men Xudoyimning amrlarini bajaray”, deb aytaman.
116 Va’dangga ko‘ra, menga tayanch bo‘l, toki yashayin, Umidim puchga chiqmasin, sharmanda bo‘lmayin.
117 Suyanchiq bo‘l menga, toki najot topayin, Farmonlaringga doim diqqat bilan boqayin.
118 Farmonlaringdan toyganlarni rad etding, Ularning hiylayu nayranglari behudadir.
119 Yer yuzidagi jamiki fosiqlarni Axlatday uloqtirib tashlaysan, Shu bois men shartlaringni sevaman.
120 Sendan qo‘rqqanimdan vujudim titraydi, Hukmlaringdan meni vahima bosadi.
121 Adolatli, to‘g‘ri ishlar qilganman, Meni zolimlar qo‘lida qoldirma.
122 Men, qulingning baxtiga kafolat bergin, Takabburlar meni ezishlariga yo‘l qo‘ymagin.
123 Najotingni qidirib, ko‘zlarim toldi, Va’da qilgan najoting uchun ko‘zim nuri to‘kildi.
124 Men, O‘z qulingga sodiq sevgingni ko‘rsatgin, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.
125 Sening qulingman, menga idrok bergin, Toki men shartlaringni bilib olayin.
126 Ey Egam, vaqti keldi, O‘z ishingni qil, Sening qonuning buzildi.
127 Chindan ham Sening amrlaringni Oltindan, eng sof oltindan ham ko‘proq sevaman.
128 Sening buyruqlaringga ko‘ra, qadam bosaman, Har qanday yolg‘on yo‘ldan nafrat etaman.
129 Sening shartlaring ajoyibdir, Shu bois ularga itoat etaman.
130 Kalomingning ta’limoti ziyo sochadi, Soddalarga aql–idrok beradi.
131 Og‘zim ochilib, og‘ir nafas olaman, Chunki Sening amrlaringga juda intilaman.
132 Seni sevguchilarga har doim qilganingdek Men tomon yuz bur, shafqat qilgin.
133 Va’dangga ko‘ra, qadamlarimni sobit qil, Hech qachon ustimdan gunoh hukmron bo‘lmasin.
134 Inson zulmidan meni qutqargin, Toki Sening buyruqlaringga itoat etayin.
135 Jamoling menga nurlarini sochsin, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.
136 Ko‘zlarimdan yoshlar daryo bo‘lib quyilar, Axir, odamlar qonuningga rioya qilmayapti.
137 Sen odilsan, ey Egam, Hukmlaring adolatlidir.
138 Adolat ila shartlaringni buyurgansan, Tamomila ishonchlidir shartlaring.
139 G‘azabim meni ado qilmoqda, Dushmanlarim kalomingni rad etmoqda.
140 Va’dalaring naqadar sofdir! Men va’dalaringni naqadar sevaman!
141 Men keraksizman, xo‘rlanganman, Buyruqlaringni unutmayman.
142 Sening adolating mangudir, Sening qonuning haqiqatdir.
143 Boshimga kulfatu azob keldi, Amrlaring menga zavq berar.
144 Shartlaring to abad adolatlidir, Idrok bergin menga, toki yashayin.
145 Ey Egam, chin ko‘ngildan yolvoraman, javob ber, Farmonlaringga rioya qilaman.
146 Senga faryod qilaman, meni qutqargin, Toki shartlaringga men rioya qilay.
147 Kun chiqmasdan Sendan madad so‘rab faryod qilaman, Sening kalomingga men umid bog‘layman.
148 Sening va’dangni chuqur anglay, deb Ko‘zlarimga tun bo‘yi uyqu kelmaydi.
149 Sodiq sevgingga ko‘ra, ovozimni eshitgin, Ey Egam, adolating bilan hayotimni saqlagin.
150 Qabih reja tuzadiganlar yaqin kelmoqda, Ular qonuningdan uzoqda yuradi.
151 Sen esa, ey Egam, yaqindasan, Hamma amrlaring haqiqatdir.
152 Shartlaringni to abad tayinlaganingni Azalda ularning o‘zidan bilib oldim.
153 Azoblarimga qaragin, meni qutqargin, Axir, men Sening qonuningni unutmadim.
154 Mening da’voimni isbot qil, meni qutqar, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqla.
155 Fosiqdan najot uzoqdadir, Sening farmonlaringni ular izlamaslar.
156 Ey Egam, shafqating buyukdir, Adolating bilan hayotimni saqla.
157 Meni ta’qib qiluvchi dushmanlarim ko‘p, Men shartlaringdan yuz o‘girmayman.
158 Makkorlarga nafrat ila qarayman, Ular Sening amrlaringga rioya qilmaydi.
159 Qaragin, naqadar sevaman buyruqlaringni, Sodiq sevgingga ko‘ra, saqlagin hayotimni.
160 Kaloming mohiyati haqiqatdir, Adolatli qoidalaring to abad davom etadi.
161 Hukmdorlar meni sababsiz ta’qib qilar, Yuragim kalomingdan qo‘rqib titrab turar.
162 Xuddi ulkan xazina topgan odamday, Sening so‘zingdan shod bo‘laman.
163 Yolg‘ondan nafratlanib, jirkanaman, Sening qonuningni esa sevaman.
164 Sening adolatli qoidalaring tufayli Yetti marta kuniga Seni madh qilaman.
165 Qonuningni sevganlar buyuk tinchlikka yetar, Hech narsa ularga to‘siq bo‘la olmaydi.
166 Ey Egam, men najotingga umid qilaman, Men Sening amrlaringni bajaraman.
167 Shartlaringga itoat etaman, Men ularni g‘oyatda sevaman.
168 Buyruq, shartlaringga rioya qilaman, Hamma yo‘llarim Senga ma’lumdir.
169 Ey Egam, ohu nolam yetsin Senga, Idrok bergin menga, kalomingga ko‘ra.
170 Iltijoim yetib borsin Senga, O‘zing bergan va’dangga ko‘ra, meni qutqar.
171 Lablarimdan hamdu sano to‘lib–toshsin, Menga o‘rgatasan farmonlaringni.
172 Tilim kuylaydi Sening va’dangni, Zotan, adolatlidir barcha amrlaring.
173 Menga yordamga tayyor turgin, Zotan tanlaganman men buyruqlaringni.
174 Ey Egam, najotingga talpinaman, Sening qonuningdan lazzat topaman.
175 Umr ber menga, hamdu sano aytayin Senga, Qoidalaring yordam bersin menga.
176 Adashgan qo‘yday yo‘ldan ozganman, Izlab top meni, O‘z qulingni. Zotan, men amrlaringni unutmaganman.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак