Zabur 67 bob

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qo‘shiq.
2 Qo‘zg‘alsin Xudo, tarqalib ketsin dushmanlari, Oldidan qochib ketsin Undan nafratlanganlar.
3 Tutunni shamol tarqatgani kabi Xudo ularni haydab yuborsin. Mum olovda erigani kabi Xudo oldida fosiq halok bo‘lsin.
4 Solihlar esa xursand bo‘lsin, Xudo oldida shod bo‘lsin, Ular xursandlikka to‘lib–toshsin.
5 Xudoga hamdu sanolar kuylang, Uning nomini tarannum eting. U bulutlarni minib boradi, Uni ulug‘lang. U Egamizdir! Huzurida shodlaning!
6 U Xudodir, makoni muqaddasdir, Yetimlarning otasi, bevalar himoyachisidir.
7 Xudo yolg‘izlarni xonadonga joylashtiradi, Asirlarni rohatga, erkinlikka olib chiqadi, Isyonkorlar esa qaqragan yerga ega bo‘ladi.
8 Ey Xudo, O‘z xalqingning oldida borganingda, Sahro bo‘ylab yurish qilganingda, Zamin titradi, osmon yomg‘irini quydi.
9 Ey Sinay tog‘ining Xudosi, Sening huzuringda, Ey Isroil xalqining Xudosi, Sening oldingda, Zamin titradi, osmon yomg‘irini quydi.
10 Sen, ey Xudo, mo‘l yomg‘ir berding, Toliqqan yeringga qaytadan kuch ato etding.
11 Xalqing o‘sha yerda boshpana topdi, Ey Xudo, himmatingdan muhtojlarni bahramand qilding.
12 Rabbiydan amr keladi, Ayollarning katta jamoasi xushxabarni eltadi:
13 “Shohlaru lashkarlar shosha–pisha qochadi!” Isroil ayollari chodirlarda o‘ljani bo‘lishib oladi!
14 Hatto uyda qolganlar uchun ham Bordir kumush bilan qoplangan kaptar qanotlari, Yaltiroq oltin bilan qoplangan kaptar patlari.
15 Qodir Xudo shohlarni to‘zg‘itganda, Zalmon tog‘iga qor yoqqanday bo‘ldi.
16 Ey Bashanning tog‘i, ulug‘vor tog‘, Ey cho‘qqilari ko‘p tog‘, Bashanning tog‘i!
17 Ey cho‘qqilari ko‘p tog‘! Xudo makon qilib tanlagan toqqa Nega hasad bilan qaraysan? Egamiz to abad u yerda istiqomat qiladi.
18 Xudoning jang aravalari son–sanoqsizdir, Rabbiy Sinaydan muqaddas makoniga keladi.
19 Yuksaklarga chiqdi U, Asirlarni ortidan ergashtirdi. Xalqlardan hadyalar oldi, Hatto gunohkor isyonchilardan ham oldi. Axir, Parvardigor Egamiz u yerda yashaydi!
20 Rabbiyga olqishlar bo‘lsin, U har kun og‘irligimizni ko‘taradi. Xudo bizning najotimizdir.
21 Xudoyimiz — najot berguvchi Xudo, Egamiz Rabbiy o‘limdan qutqaradi.
22 Xudo shubhasiz dushmanlar boshini yanchadi, Gunoh yo‘lidan yurgan odamning Bosh suyaklarini ham ezadi.
23 Rabbiy shunday deydi: “Dushmanlaringni Bashandan qaytarib kelaman, Ularni dengiz tubidan olib kelaman.
24 Oyog‘ingni dushmanlaring qoniga botirasan, Itlaring ham dushman qonini yalab, O‘z ulushini oladi.”
25 Ey Xudo, zafarli karvoning ko‘rinmoqda! Mening Shohim, Xudoyimning karvoni Muqaddas makoningga borayotgani ko‘rinmoqda!
26 Oldinda qo‘shiqchilar, orqada sozandalar, Ularning o‘rtasida childirma chalgan qizlar kuylar:
27 “Olqishlar ayting Xudoga buyuk jamoa ichra, Hamdu sanolar o‘qing Egamizga, Ey Isroilning manbaidan paydo bo‘lganlar!”
28 Ularning eng kichigi Benyamin qabilasi oldinda keladi, Ortidan to‘p bo‘lib Yahudo shahzodalari keladi, Zabulun, Naftali shahzodalari ularga ergashadi.
29 Ey Xudo, ko‘rsatgin qudratingni! Ey Xudo, ilgarigiday namoyon qil kuchingni!
30 Quddusdagi Ma’bading haqi–hurmati Shohlar Senga hadyalar keltiradi.
31 Misrga, qamishzor orasidagi o‘sha yovvoyi hayvonga tanbeh ber, Xalqlarga, o‘sha buqalar podasiga, buzoqlariga tanbeh bergin. Senga ta’zim qilib, kumushlarini nazr qilishsin. Urushdan lazzatlanuvchi bu xalqlarni to‘zg‘itgin.
32 Misrdan bronza keltiriladi, Habashiston Senga qo‘llarin cho‘zib, ey Xudo, O‘lpon to‘lashga shoshilib qoladi.
33 Xudoni tarannum eting, ey yer yuzi shohliklari,
34 Samolar — azaliy samolar uzra chiqqan, Haybatli ovozi gulduragan Rabbiyga hamdu sanolar kuylang.
35 Hammaga e’lon qiling Xudoning qudratini, Uning ulug‘vorligi Isroil ustidadir, Uning qudrati samolardadir.
36 Xudo qo‘rqinchlidir O‘zining Muqaddas maskanida, Isroil xalqining Xudosi kuch–qudrat berar O‘z xalqiga. Xudoga olqishlar bo‘lsin!


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18