Zabur 36 bob

1 Dovud sanosi. Fosiqlarga g‘ayirlik qilmagin, Badkirdorlarga hasad qilmagin.
2 Ular maysaday tezda qurib qoladi, Yam–yashil o‘tday tezda so‘lib qoladi.
3 Egamizga umid bog‘lab, yaxshilik qilgin, Shu yurtda yashab, halovat topgin.
4 Egamizni o‘zingning shodliging deb bil, Ko‘nglingdagi orzularingga U yetkazadi.
5 Yo‘llaringni topshirgin Egamizga, Ishon Unga, U madad beradi.
6 Solihligingni U tong kabi porlatadi, Haqligingni kunduzgi quyosh kabi qiladi.
7 Sabrli bo‘l, muntazir bo‘l Egamizga, G‘ayirlik qilmagin yo‘llarini topganlarga, Fosiq niyatlarin amalga oshirganlarga.
8 G‘azabdan o‘zingni tiy, qahrdan qaytgin, Ich–etingni yema, bu faqatgina zararga olib boradi.
9 Yovuzlar yo‘q qilib tashlanadi, Egamizdan umidvorlar yurtga egalik qiladi.
10 Tez orada fosiqlarning kuni bitadi, Sen har qancha qidirmagin, Ularni bu yerdan topa olmaysan.
11 Beozorlar esa yurtga egalik qiladi, Mo‘l baxt–saodatdan bahramand bo‘ladi.
12 Fosiq solihlarga qarshi fitna qiladi, Ularga qarshi tishlarini g‘ijirlatadi.
13 Rabbiy fosiqlarni masxara qiladi, Ularning kuni bitayotir, buni Rabbiy biladi.
14 Fosiq qilichini sug‘urib, kamonini bog‘laydi, Bechora, mazlumni yiqitishga shaylanadi, To‘g‘ri odamlarni o‘ldirmoq istaydi.
15 Ammo qilichlari o‘zlarining boshini yeydi, Kamonlari ham parcha–parcha bo‘lib ketadi.
16 Solihning qo‘lidagi oz narsa afzal, Jamiki fosiqning boyligidan ko‘ra.
17 Fosiqning kuchi qirqilib ketadi, Solihni esa Egamiz qo‘llab–quvvatlaydi.
18 Aybsizlarning ehtiyoji Egamiz e’tiborida, Ularning mulki to abad davom etadi.
19 Qaro kunlarda ham ular zavol topmaydi, Qahatchilik kunlarda ham farovon yashaydi.
20 Fosiqlar esa albatta halok bo‘ladi, Egamiz g‘animlari qirdagi gullarday quriydi, Ular tutun kabi tarqalib, yo‘q bo‘lib ketadi.
21 Fosiq qarz oladi–yu, qaytarib bermaydi, Solih esa himmat ila in’om qiladi.
22 Egamiz baraka bergan insonlar yurtni egallaydi, Egamiz la’natlagan odamlar esa yo‘q bo‘lib ketadi.
23 Egamiz insonning yo‘lidan mamnun bo‘lsa, Uning qadamlarini sobit qiladi.
24 Hatto qoqilsa ham yiqilib tushmaydi, Egamiz madad berib, qo‘lidan ushlaydi.
25 Men ham yosh edim, endi keksaydim, Solihlarning tark etilganini, Ularning zurriyoti non tilaganini ko‘rmadim.
26 Ular doim himmat ila qarz beradi, Farzandlari ham baraka topadi.
27 Fosiqlikni tashla, yaxshilik qilgin, Toki yurtda to abad maskan qilgin.
28 Zotan, Egamiz yaxshi ko‘radi adolatni, Tark etmaydi taqvodorlarni, Ularni to abad himoya qiladi, Fosiqlar naslini qirib tashlaydi.
29 Solih yurtga egalik qiladi, Bu yurtda to abad istiqomat qiladi.
30 Solihning og‘zi donolikdan so‘zlaydi, Uning tili adolatni so‘ylaydi.
31 Yuragida Xudosining qonuni joy olgan, Shuning uchun qadamida adashmaydi.
32 Fosiq solihni doim kuzatadi, Uni o‘ldirmoqni mo‘ljallab yuradi.
33 Egamiz solihni fosiqning ixtiyoriga topshirmaydi, Hukmga olib kelinganda, solih mahkum bo‘lmaydi.
34 Egamizdan umid qil, Uning yo‘llarini tutgin, U seni yuksaltiradi, bu yurtni egallaysan, Fosiqning qirilib ketishini sen ko‘rasan.
35 Ko‘rganman fosiq, zolim odamning O‘z yurtida yam–yashil daraxtday unganini.
36 Ko‘p o‘tmay u o‘tib ketdi, yo‘q bo‘ldi, Qancha qidirsam ham, topa olmadim.
37 Aybsizga e’tibor ber, sofdilni kuzat, Tinchlikparvarning istiqboli yorqin.
38 Gunohkorlarning hammasi qirilib bitadi, Fosiqning kelajagi barham topadi.
39 Solih kishi Egamiz tufayli najot topgaydir, Kulfat chog‘i Egamiz solihning qal’asidir.
40 Egamizdan panoh topgani uchun Solihga Egamiz madad beradi, uni qutqaradi, Fosiqdan omon saqlaydi, unga najot beradi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18