Ester 8 bob

1 Shoh yahudiylarni himoya qiladi.

1 O‘sha kuni shoh Axashverashyahudiylar dushmani Xomonning mol–mulkini malika Esterga in’om qildi. Mordaxay shoh huzuriga kirib chiqadigan bo‘ldi. Chunki malika Mordaxayning o‘ziga qarindosh ekanini aytgan edi.
2 Shoh Xomondan qaytarib olgan muhr uzugini barmog‘idan chiqarib Mordaxayga berdi. Ester esa Mordaxayni Xomonning mol–mulki ustidan boshqaruvchi qilib tayinladi.
3 Ester shoh bilan yana gaplashdi. Shohning oyog‘iga yiqilib “O‘gax naslidan bo‘lgan Xomonning yahudiylarga qarshi o‘ylagan xusumatini va rejasini daf qiling”, deb yig‘lab yolvordi.
4 Shoh saltanatning oltin hassasini Esterga tomon uzatgan edi, Ester o‘rnidan turib, shohning qarshisiga keldi
5 va aytdi: — Agar shohimiz ma’qul ko‘rib, mendan mamnun bo‘lsalar, bu ishni o‘rinli deb bilsalar, o‘zlariga yoqqan bo‘lsam, O‘gax naslidan Xamadoto o‘g‘li Xomonning shohlik hududidagi hamma yahudiylarni qirib tashlash to‘g‘risida qasddan yozgan maktubini qaytarish uchun maktub yozilsin.
6 Axir, xalqimning boshiga tushadigan kulfatni tomosha qilib chidab tura olamanmi?! Qabiladoshlarim o‘ldirilayotganda, guvoh bo‘lib tura olamanmi?!
7 Shunda shoh Axashverash malika Esterga va yahudiy Mordaxayga aytdi: — Xomonning mol–mulkini Esterga berdim. Xomon esa yahudiylarni qirib tashlamoqchi bo‘lgani uchun, uni dorga ostirdim.
8 Endi shoh nomidan yahudiylar to‘g‘risidagi maktubni o‘zlaringizga ma’qul keladigan tarzda yozib, shohning uzugi bilan muhrlanglar. Shoh nomidan yozilib, shohning uzugi bilan muhrlangan maktubni hech kim o‘zgartirishi mumkin emas.
9 Shundan so‘ng uchinchi oyda — Shavon oyining yigirma uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Hindistondan Habashistongacha bo‘lgan bir yuz yigirma yetti viloyatdagi yahudiylarga, noiblarga, hokimlarga, viloyatlarning beklariga xuddi Mordaxay buyurganiday maktub yozildi. Maktub har bir viloyat xalqining yozuvi va tilida, yahudiylarga ham o‘zlarining yozuvida va tilida yozildi.
10 Mordaxay shoh Axashverash nomidan maktubni yozdirgach, shohning uzugi bilan muhrladi va shohning yilqisidagi uchqur otlarga choparlarni o‘tqazib jo‘natdi.
11 Shoh maktubda yahudiylarga hamma shaharlarda to‘planib, o‘zlarini himoya qilishlariga huquq berdi. Bundan tashqari, hujum qiladigan har qanday dushman xalqning yoki yurtning qurolli kuchlarini, bolalarini va ayollarini yo‘q qilishga, o‘ldirishga, mol–mulkini talon–taroj qilishga, qirishga ijozat berdi.
12 Shoh Axashverashning qo‘l ostidagi hamma yurtlarda bir kun — o‘n ikkinchi oyning, ya’ni Adar oyining o‘n uchinchi kuni uchun ijozat berilgandi.
13 Ushbu farmon matni har bir viloyatga, barcha xalqlarga qonun o‘rnida e’lon qilindi. Shunday qilib, yahudiylar o‘sha kuni o‘z dushmanlaridan qasos olishga tayyor turishlari kerak edi.
14 Choparlar shohning uchqur otlariga mindilaru uning farmoniga ko‘ra, to‘rt tomonga yelib ketdilar. Shushandagi qal’ada ham farmon e’lon qilindi.
15 Mordaxay ko‘k va oq rangli shohona liboslarga burkanib, katta oltin tojni kiyib, safsar rangli zig‘ir ridoga o‘ranib, shoh huzuridan chiqdi. Shushanda xursandchilik, shodu xurramlik hukm surardi.
16 Bundan yahudiylarning qalbi umidga to‘ldi, shodu xurram, vaqti chog‘ bo‘ldi, ular uchun sharafli kunlar boshlangan edi.
17 Hamma viloyatlarda, har bir shaharda, shohning amru farmoni yetib borgan har qanday joyda yahudiylar shodu xurram bo‘lib, o‘ynab–kuldilar, ziyofatlar uyushtirdilar, bayram qildilar. Shohlikdagi ko‘p xalqlar yahudiy bo‘ldi, chunki hammani yahudiylardan qo‘rquv tuyg‘usi qamrab olgan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18