Ester 3 bob

1 Xomon yahudiylarga qarshi chiqadi.

1 Bu hodisalardan keyin shoh Axashverash O‘gax naslidan bo‘lgan Xamadoto o‘g‘li Xomonni ko‘klarga ko‘tarib, yuksak martabaga tayinladi. Boshqa hamma a’yonlar ustidan Xomonni nozir etib tayinladi.
2 Shohning saroydagi boshqa a’yonlari Xomonga tiz cho‘kib ta’zim qilardilar. Chunki shohning amri shunday edi. Mordaxay esa na egilardi, na ta’zim qilardi.
3 Shohning saroydagi a’yonlari Mordaxayga: “Nimaga sen shohning amriga itoat etmayapsan–a?!” deb aytardilar.
4 Ular Mordaxayga bu gapni har kuni aytsalar ham, Mordaxay ularning gapiga quloq solmasdi. A’yonlar, Mordaxayning bu qilig‘iga Xomon toqat qila olarmikan, deb uni bu ahvoldan xabardor qildilar. Chunki Mordaxay ularga: “Men yahudiyman”, deb aytgan edi.
5 Xomon Mordaxayning tiz cho‘kib ta’zim qilmayotganini ko‘rganda, g‘azabdan tutoqardi.
6 Xomon birgina Mordaxayni o‘ldirishni arzimas ish deb o‘yladi. Mordaxayning qaysi xalqdan ekanini bilgani uchun, Xomon Axashverashning butun shohligi hududidagi mordaxaylarni — jamiki yahudiy xalqini qirib tashlashga qasd qilib qo‘ydi.
7 Axashverash shohligining o‘n ikkinchi yili, birinchi oyida — Nison oyida bu fitna amalga oshiriladigan kun va oy uchun Xomon oldida pur — qur’a tashladilar. Qur’a o‘n ikkinchi oyning — Adar oyining o‘n uchinchi kuniga tushdi.
8 Shundan keyin Xomon shoh Axashverashga aytdi: — Shohligingiz viloyatlaridagi boshqa xalqlarning orasiga sochilib–tarqalib ketgan bir xalq bor. Ularning qonunlari hamma xalqlar qonunidan farq qiladi. Shohimiz qonunlariga ular bo‘ysunmaydilar. Ularga sabr–toqat qilish — shohimizning manfaatlariga ziddir.
9 Agar shohimiz ma’qul ko‘rsalar, bu xalqni qirib tashlash uchun farmon bersinlar. Men o‘n ming talant kumushimni a’yonlar qo‘liga olib borib beraman. Ular bu kumushni shohimiz xazinasiga topshiradilar.
10 Shundan keyin shoh barmog‘idagi muhr uzugini yechib, farmonini tasdiqlash uchun yahudiylar dushmani O‘gax naslidan Xamadoto o‘g‘li Xomonga berdi.
11 — Bu pullar o‘zingda qolsin, xalqni ham senga berdim, — dedi shoh Xomonga. — Anavi xalqqa nimani ma’qul ko‘rsang, shuni qil.
12 Birinchi oyning o‘n uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Xomonning hamma buyruqlari har bir viloyat xalqining o‘z yozuvida va o‘z tilida shohning noiblariga, har bir viloyat hokimiga va har bir xalqning bekiga yozildi. Maktublar shoh Axashverash nomidan yozilib, shohning muhr uzugi bilan tasdiqlandi.
13 Maktublar choparlar orqali shohning qo‘li ostidagi hamma viloyatlarga jo‘natildi. “Yahudiylarning hammasi — yoshu qarisi, bolalaru ayollari bir kunda — o‘n ikkinchi oyning, ya’ni Adar oyining o‘n uchinchi kuni yo‘q qilinsin, o‘ldirilsin, qirilsin, mol–mulki talon–taroj qilinsin,
14 hamma o‘sha kunga tayyor bo‘lsin”, deb farmon e’lon qilindi. Shuning uchun har bir viloyatga ular uchun qonun sifatida farmondan ko‘chirma berildi.
15 Choparlar shohning aytganiga muvofiq tezlik bilan yo‘lga chiqdilar. Farmon Shushan qal’asida ham e’lon qilingach, shahar besaranjom bo‘lib qoldi. Shoh bilan Xomon esa o‘tirishib kayfu safo qilishardi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18