Ester 2 bob

1 Ester malika bo‘ladi. 19 Mordaxay shohning hayotini saqlab qoladi.

1 Axashverash g‘azabidan tushgandan keyin, Vashti va uning qilmishi, Vashtining ustidan chiqarilgan hukm esiga tushib qoldi.
2 Shohning a’yonlari aytdilar: “Shohimiz uchun yosh, chiroyli qizlar qidirilsin.
3 Buning uchun shohimiz qo‘li ostidagi viloyatlarda nazoratchilar tayin qilinsin, ular chiroyli barno qizlarni shohimizning xizmatkori, haram og‘asi Xegay nazorati ostida Shushan qal’asidagi haramga to‘plasinlar, qizlarga pardoz bersinlar.
4 Shohimizga yoqqan qiz Vashtining o‘rniga malika bo‘lsin.” Bu gap shohga ma’qul keldi va u aytilganlarni qildi.
5 Shushan qal’asida bir yahudiy yashardi. Uning ismi Yovir o‘g‘li Mordaxay bo‘lib, Benyamin qabilasidan edi. Yovir, Shimax va Kish nasliga borib taqalardi.
6 Bobil shohi Navuxadnazar Yahudo shohi Yohayixinni asir qilib olib kelganda, Mordaxay ham Quddusdan keltirilgan edi.
7 Ota–onasidan yetim qolgan Hadassani Mordaxay asrab olib tarbiya qildi. Hadassa Mordaxayning jiyani edi. Uning boshqa ismi Ester bo‘lib, kelishgan, go‘zal qiz edi.
8 Shohning amru farmoni e’lon qilingach, Shushan qal’asiga ko‘p qizlarni to‘plab, Xegay nazoratiga topshirildi. Ester ham shoh saroyiga keltirilib, haram og‘asi Xegay nazoratiga topshirildi.
9 Xegayga Ester yoqdi, Xegay unga iltifot ko‘rsatdi. Xegay darrov: “Bu qizga pardoz berib, parvarishlanglar, unga ulushini berib turinglar, saroydan yettita kanizak tanlab olinib, unga cho‘ri qilib berilsin”, deb buyurdi. Shoh haramining eng yaxshi bo‘lmasiga qizni va uning kanizlarini joylashtirdi.
10 Lekin Ester o‘z xalqi, urug‘– aymog‘i to‘g‘risida hech narsa aytmadi. Chunki Mordaxay unga bu to‘g‘rida og‘iz ochmasligini buyurgan edi.
11 Mordaxay har kuni Esterning sog‘ligidan xabar olgani, unga qanday muomala qilishyapti ekan, deb bilgani haram hovlisi atrofida yurardi.
12 Har bir yosh qizga, Axashverash huzuriga kirish uchun navbati kelganda, o‘n ikki oy davomida pardoz berilardi. Ayollar uchun chiqarilgan qoida shunaqa edi. Olti oy mirra moyi bilan, olti oy xushbo‘y narsalar va upa–eliklar bilan pardoz qilardilar.
13 Shundan keyin qiz shoh huzuriga kirardi: qiz saroyga kirayotganda, haramdan nima talab qilsa, hammasi berilardi.
14 Kechqurun shoh huzuriga kirgan qiz, ertasiga ertalab shohning mulozimi, kanizaklar soqchisi Shashagaz nazorati ostidagi boshqa haramga qaytardi. Faqat shohga xush yoqqan, shoh nomini aytib chaqirgan qiz qaytadan uning huzuriga kirardi.
15 Mordaxayning asrandisi, uning amakisi Abuhayilning qizi Ester shoh huzuriga kiradigan payt ham keldi. Ester shohning mulozimi, haram og‘asi Xegay nima taklif qilgan bo‘lsa, shuni oldi va boshqa hech narsa so‘ramadi. Esterni ko‘rganlarning ko‘zlarida quvonch porladi.
16 Shunday qilib, Axashverash shohligining yettinchi yili, o‘ninchi oyi — Tabat oyida, Ester shoh Axashverash saroyiga keltirildi.
17 Shoh Esterni hamma qizlardan ortiq sevib qoldi. Ester shohning muruvvatiga va iltifotiga barcha qizlardan ko‘proq sazovor bo‘ldi: Axashverash malikalik tojini Esterning boshiga kiygizib, uni Vashtining o‘rniga malika qildi.
18 So‘ngra shoh hamma a’yonlari va xizmatkorlari uchun Ester sharafiga ziyofat berdi, hamma viloyatlarda bayram e’lon qildi. Oliyhimmatlik bilan hadyalar ulashdi.
19 Barno qizlar keyingi safar haramga to‘planishganda, Mordaxay saroyda o‘z vazifasini bajarayotgan edi.
20 Ester Mordaxayning buyrug‘iga itoat etib, urug‘–aymog‘i va xalqi to‘g‘risida hali gapirmagan edi. Ester Mordaxayning tarbiyasida bo‘lgan paytda unga qanday itoat qilgan bo‘lsa, hozir ham shunday itoat etardi.
21 O‘sha kunlarda — Mordaxay saroyda o‘z vazifasini bajarayotganda, shohning Bixtan va Tarash degan ikkita darvozaboni quturib, shoh Axashverashning joniga suiqasd qilishni rejalashtirdilar.
22 Mordaxay bu fitnani bilib qolib, malika Esterni ogohlantirdi. Ester esa fitna to‘g‘risidagi xabarni Mordaxay nomidan shohga yetkazdi.
23 Bu voqea tekshirilgach, to‘g‘ri deb topildi va ikkala xizmatkor dorga osildi. Bu voqea shohning “Kundalik xotiralar kitobi”ga yozib qo‘yildi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18