Ester 4 bob

1 Mordaxay Esterdan yordam so‘raydi.

1 Mordaxay yuz bergan voqeadan xabardor bo‘lgach, kiyimlarini yirtdi, qanorga o‘ranib, ustiga kul sochdi. Keyin qattiq alamli faryod ko‘tarib, shahar bo‘ylab yurdi.
2 O‘sha holatda saroy darvozasiga bordi, lekin qanor kiyib saroy darvozasidan ichkariga kirish mumkin emasdi.
3 Shuningdek, har bir viloyatda — shohning amru farmoni yetib borgan joylarda yahudiylar chuqur qayg‘uga botdilar, ro‘za tutib, yig‘lab nola qildilar. Ko‘pchilik qanorga o‘ranib va kulga belanib yotdi.
4 Esterning kanizlari va xizmatkorlari kelib, bu haqda xabar berishganda, malika qattiq tashvishga tushdi. “Mordaxay ustidagi qanorni yechib, mana bu kiyimlarni kiyib olsin”, deb malika kiyim berib yuborgan edi, Mordaxay olmadi.
5 Esterning xizmatiga tayinlangan Xatax ismli shohning mulozimi bor edi. Ester Xataxni chaqirib, unga: “Bu nimasi, Mordaxay nimaga bunday qilyapti ekan, bilib kel–chi”, deb buyurdi.
6 Xatax shoh saroyi darvozasi oldidagi shahar maydoniga — Mordaxayning yoniga ketdi.
7 Mordaxay o‘zining boshiga tushgan hamma kulfatni, Xomon yahudiylarga qirg‘in keltirish uchun shoh xazinasiga qancha miqdorda kumush berishga va’da qilganini Xataxga aytib berdi.
8 Keyin Mordaxay Xataxga yahudiylarni qirish to‘g‘risida Shushanda e’lon qilingan farmondan bir nusxasini berib: “Esterga buni ko‘rsat, u hamma narsani tushunib olsin”, dedi. “Ester shoh huzuriga kirib, o‘z xalqiga rahm etishini iltijo qilib so‘rasin”, deb tayinladi.
9 Xatax qaytib kelib, Mordaxayning gaplarini Esterga aytib berdi.
10 Ester “Mordaxayga shu gaplarni yetkaz”, deb Xataxni yana jo‘natdi:
11 “Shoh saroyida hamma xizmat qilayotganlar va shohning qo‘li ostidagi viloyatlar xalqi shuni biladilarki, kimki ichki hovliga — shoh huzuriga chaqirilmasdan kirsa, erkakmi, ayolmi, baribir, hukm bitta — uni o‘lim kutadi. Shoh saltanatning oltin hassasini kimga tomon uzatsagina, o‘sha tirik qoladi. Lekin o‘ttiz kundan buyon shoh meni chaqirgani yo‘q.”
12 Esterning bu gaplarini Mordaxayga aytishgach,
13 u Esterga shu javobni yetkazishni so‘radi: “Saroyda yashaganim uchun yahudiylardan yolg‘iz o‘zim omon qolaman deb o‘ylamagin.
14 Agar shu damlarda sen sukut saqlasang, yahudiylarga boshqa joydan najot keladi, ular ozod bo‘ladilar. Sen va otang xonadoni esa halok bo‘lasizlar. Kim bilsin, balki shunaqa kunlar uchun sen malikalik martabasiga erishgandirsan.”
15 Ester ham Mordaxayga quyidagicha javob jo‘natdi:
16 “Boring, Shushandagi hamma yahudiylarni to‘plab, men uchun ro‘za tutinglar. Uch kechayu, uch kunduz hech narsa yemanglar ham, ichmanglar ham. Men ham kanizaklarim bilan ro‘za tutaman, so‘ngra qonunga xilof bo‘lsa ham, shoh huzuriga boraman. Mayli, o‘lsam, o‘lay.”
17 Mordaxay ketdi va Ester nima buyurgan bo‘lsa, hammasini qildi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18