6. IBROHIMNING IMONI
Ibtido 10-20

Bo'yash uchun rasm. chizish 6 (skachat) | PDF kitob va RUS
To'fondan so’ng Nuhning o’g’illari farzandli bo’ldilar va yer yuzida yana odamlar ko’payib bordi. Ularning hammasi bir hil tilda so’zlashardilar. Ulardan ko’plari Xudoga sajda qilmadilar.
Kunlardan bir kuni ular shunday deyishdi: “Kelinglar, o’zimiz uchun shahar quraylik, shahar minirasining cho’qqilari osmonga tegib tursin. Biz buyuk insonlar ekanligimizni hamma bilsin”.
Qurilish ishlarini boshlab yuborishdi. Ammo Xudo bundan norozi edi. U shunday qildiki, odamlar turli hil tillarda gapira boshladilar va bir birlarini tushunmay qoldilar. Minoraning qurilish ishlari to’xtab qoldi va odamlar turli joylarga tarqab ketdi.
Shundan bir qancha vaqt o'tgach, Xudo Ibrom ismli bir kishiga shunday dedi: “Men ko'rsatgan yurtga borishingni hohlayman. Sening oilangni barakalayman, butun yer yuzida nomingni ulug’ qilaman, sen orqali yer yuzidagi jamiki xalqlar baraka topadi. Bir kun kelib sening naslingdan Najotkor dunyoga keladi”.
Ibrom Xudoga ishondi. U oilasini olib Xudo aytganidek, Kan'on yurtiga ko'chib o'tdi. Ular bilan Ibromning jiyani Lut ham bordi. Kan'on yurtida Ibrom qurbongoh qurib, Xudoga sajda qildi. Xudo Ibromga va'da berdi: “Men bu yerni sening avlodinga beraman”. Bu yer juda yaxshi edi va shu yurtda Xudo Ibromga baraka berdi.
Ammo Ibrom va uning xotinida farzand yo’q edi. shuning uchun u Xudodan oilasini marhamatlashini so’rardi. Xudo Ibromga: “Tunda osmonga qara. Sen barcha yulduzlarni sanay olasizmi? Sening nasling ham shu yulduzlarday ko’p bo’ladi”.
Ibrom allaqachon keksayib qolgan edi, Xudo Ibromning ismini Ibrohimga o'zgartirdi. Ibrohimning xotinini ismi esa Sora bo’ldi. Xudo yana Ibrohimga ko’p baraka berdi.
Bu vaqt davomida Ibrohim farzandsiz bo’lishiga qaramay Xudoga ishondi.
Va nihoyat Xudo Ibrohim va Soraga o'g'il farzandli bo'lasizlar, deb aytdi.
Xudo va'dasini bajardi. Ibrohim yuz yoshga kirganda uning o’g’li Ishoq dunyoga keldi. Bu voqea Ibrohim va Sorani juda xursand qildi. Ular Ishoqga juda yaxshi g'amxo'rlik qilishdi va unga Xudoni sevish hamda Unga sajda qilishni o’rgatdilar.
SAVOL JAVOB:
1. Kim Ibrohimga ota-bolalari yurtidan ko’chib o’tishni ytdi?
(Xudo Ibrohimga ko’chib o’tishni aytdi)
2. Kim Xudoning barcha va’dalariga ishondi?
(Ibrohim Xudoning barcha va’dalariga ishondi)
3. Ibrohim keksayib qolganda kim dunyoga keldi?
(Ibrohim keksayib qolganda Ishoq dunyoga keldi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Ibrohim Xudoga ishondi”. (Rimliklar 4:3)
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































