4. QOBIL VA HOBIL
Ibtido 4,5
Bo'yash uchun rasm. chizish 4 (skachat) | PDF kitob va RUS
Xudo Odam Ato bilan Momo Havoga o’g’il farzand berdi. Ular unga Qobil deb ism qo'yishdi. Momo Havo baxtli edi. Biroz vaqt o'tgach Qobilning ukasi dunyoga keldi, uning ismi Hobil edi. Qobil ulg'ayib dehqon bo’ldi. U yerga ishlov berib, hosillarni parvarish qilar va yetilganda yig'ib olar edi.
Hobil ulg'aygach esa, qo'ychivon bo'ldi va ularni har kuni boqib, sug'orardi.
Bir kuni Qobil va Hobil Xudoga nazrlar olib kelishdi: Qobil Xudoga o’z dalalaridagi hosildan olib keldi, Hobil esa suruvidagi eng yaxshi qo’ylaridan birini nazr qildi.
Xudoga Hobilning nazri manzur bo'ldi, lekin Qobilning nazri Unga yoqmaydi. Bundan Qobilning jahli chiqdi.
Xudo Qobilga: “Agar menga itoat etsang, nazringni qabul qilaman", - dedi.
Lekin Qobil Xudoga itoat qilmadi. Unda Hobilga nisbatan nafrat paydo bo’ldi.
Bir kuni ular dalada yurganlarida, Qobil juda g’azablanib, ukasi Hobilni o’ldirdi.
Bir oz vaqt o’tgach, Xudo Qobildan: “Ukang Hobil qayerda?”, - deb so'radi.
Qobil yolg’on gapirdi. U Xudoga: “Men bilmayman. Ukam qayerga borsa, men uning qadamini o’lchab yurishim kerakmi?”- deb e'tiroz bildirdi.
Qobil nima qilganini Xudo bilardi. Shunda Egamiz dedi: “Ukang vafot etdi. Chunki sen uni o’ldirning, sening jazoying og’ir bo’ladi. Yerga qanchalik jon kuydirib ishlov bermagin, yer sen uchun boshqa mo’l hosil yetishtirmas. Hozirdan boshlab sen yer yuzida doimo bir joydan boshqa joyga qochib, boshpanasiz daydib yurasan”.
Endi Qobilning na uyi, na hosili bor edi. U shikoyat qildi: “Mening jazom juda og’ir.
Meni ko’rgan odam o’ldirmoqchi bo’ladi”.
Shunda Xudo:
-Yo’q, hech kim seni o’ldirmaydi, seni o’ldirganni jazolayman, - deb javob berdi.
Xudo Hobilning o’rniga Odam Ato va Momo Havoga yana bir o’g’il berdi.
Ular bu chaqaloqqa Shis deb ism qo’yishdi.
Odam Ato juda uzoq umr ko'rdi. U to’qqiz yuz o’ttiz yil yashab olamdan o’tdi. Uning ko'p farzandlari bor edi. Xudo Odam Ato va Momo Havoni hamda ularning bolalarini yer yuzida barakaladi.
SAVOL JAVOB:
Ulg’aygach Hobil nima ish qildi?
(Hobil qoychivon bo’ldi)
Bolalarning qay biri Xudoga itoatsizlik qildi?
(Qobil Xudoga itoatsizlik qildi)
Hobil qanday vafot etdi?
(Hobilni akasi Qobil o’ldirdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Bir biringizni seving” (Yuhanno 15:12)
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар