24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
3 Shohlar 1-11
Bo'yash uchun rasm. chizish 24 (skachat) | PDF kitob va RUS
Xudo Shoh Dovudga o'g'li Sulaymon keyingi shoh bo'lishini aytdi. O'limidan oldin Shoh Dovud o'g'li Sulaymondan har doim Xudoga itoat etishini so'radi, shundagina Xudo u bilan bo’lishini aytdi. Shoh Sulaymon yaxshi shoh bo'lishni xohlardi. U Xudoni sevar va unga itoat qilar edi.
Bir kuni kechasi Xudo Sulaymondan so’radi: “Senga nima berishimni xohlaysan?”. Sulaymon javob berdi: “Men dono shoh bo'lishni va Isroil xalqini odilona boshqarishni xohlayman”. Xudo Sulaymonning tanlovidan mamnun bo'lib, unga buyuk donolik, boylik, shon-sharaf va uzoq umr berdi.
Shoh Sulaymon Xudoning uyini qurishni boshladi. Ko'p odamlar qurilishda yordam berishdi. Ular katta toshlar va chiroyli sadr yog'ochlaridan foydalandilar. Ular butun uyni oltin bilan qopladilar. Ma'bad shovqinlarsiz qurildi, chunki toshlar yerdan olib chiqilgan joyda kesilgandi. Ma'bad qurilishi uchun yetti yil kerak bo'ldi. Va nihoyat, chiroyli Ma'bad qurib bitkazildi.
Keyin Shoh Sulaymon barcha odamlar bilan Xudoning uyini muqaddas qilish uchun katta bayram qildi. Ko'plab hayvonlar qurbon qilindi. Sulaymon Xudo O'z xalqi bilan bo'lishini va ularga baraka berishini so'rab ibodat qildi. Xudo mamnun edi. Uning shuhrati yangi ma'badni bulut bilan to'ldirdi.
Xudo Shoh Sulaymonga ko'plab ajoyib ishlarni bajarishda yordam berdi. Uning donoligi, adolati, hukmronligi shuhrati uzoq o’lkalarga yetib bordi. Shava malikasi bu mo’jizalarning barchasi haqiqat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun keldi. U ko’p sovg'alar olib keldi va Sulaymon bilan gaplashib, unga turli xil qiyin savollar berdi. Sulayminning donolik bilan bergan javoblarini eshitib, barcha ajoyib ishlarini ko'rib, u shunday dedi: “Men eshitganlarimga ishonmadim. Ammo endi men aytilganidan ancha ajoyibroq narsani ko'rmoqdaman. Sizning xalqingiz baxtli va Xudo sizni sevadi, Sulaymon”.
Biroq, Shoh Sulaymonning xalqi har doim ham baxtli emas edi va Sulaymon har doim ham yordami uchun Xudoga minnatdorchilik bildirmasdi. Sulaymon xalqini tobora ko'proq ishlashga majbur qildi, chunki u tobora ko'proq ajoyib joylari bo’lishini xohladi. Bundan tashqari, Sulaymon ko'plab ayollarni sevib qoldi. U xotinlarini rozi qilish uchun butlarga sig'inishni boshladi. Xudo Sulaymondan norozi edi va u itoatsizlik qilganida unga baraka bermadi.
SAVOL JAVOB:
1. Sulaymon qanday bo'lishni xohladi: dono yoki boy?
(Sulaymon dono bo'lishni xohladi)
2. Isroil xalqi ma'badni qoplash uchun nimadan foydalanganlar?
(Ular ma'badni oltin bilan qoplashdi)
3. Sulaymon har doim Xudoga itoat qilganmi?
(Yo'q, Sulaymon har doim ham Xudoga ma'qul kelmagan)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
"Egamizga sajda qiling" (Zabur 95:9).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар