10. Yusuf
Bo'yash uchun rasm. chizish 10 (skachat) | PDF kitob va RUS
Yoqubning o'n ikki o'g'li bor edi, lekin Yusufni boshqa o'g'illardan ko'ra ko'proq yaxshi ko’rardi. Yoqub Yusufga chiroyli beqasam cho’pon olib berdi. Shu sababli, katta aka-ukalar Yusufdan nafratlanishdi.
Bir kuni Yusuf akalariga: “Men bir tush ko’rdim, dalada ishlayotganimizda, mening bug'doy bog’lamim o'rnidan turdi va sizning bog’lamlaringiz mening bog’lamimga ta'zim qildi,”- deb aytib berdi. Yusufning akalari unga ta’zim qilishni xohlamasdilar. Ular undan yanada ko’proq nafratlana boshlashdi.
Biroz vaqt o'tgach, Yusuf yana tush ko'rdi va u yana akalari va otasiga aytib berdi: “Bu safar quyosh, oy va o'n bir yulduz menga ta'zim qilishdi”. Uning akalari bu haqda eshitishni ham xohlamadilar, lekin otasi bu tushlar bir kun kelib amalga oshishi mumkinligini haqida o'yladi.
Bir kuni Yoqub Yusufga: “Katta akalaringning oldiga bor. Ulardan xabar olib, keyin qaytib kelib va menga ayt,”- dedi.
Yusuf otasiga itoat qilib yo’lga tushdi. Uning akalari uydan uzoqda qo'y boqishardi va Yusuf ularni uzoq vaqt izladi. Yusufning ularga qarab yurib kelayotganini ko'rib, aka-ukalar jahl bilan qaror qilishdi: “Ana bu yerga tush ko'ruvchi kelyapti. Keling, uni o'ldiraylik”. Ammo eng katta akasi Ruben: “Uni o'ldirishning hojati yo'q. Uni chuqur sardobaga tashlaylik,”- dedi. Aka-uka bo'lmagan payt Ruben Yusufni qutqarib, uni uyiga jo'natmoqchi edi. Ular shunday qilishdi.
Akalari Yusufning kiyimlarini yechishdi. Ular uni chuqur sardobaga tashladilar. Shundan keyin ular ovqatlanib o'tirishgan edi, uzoqdan shu tomonga kelayotgan tuyalar karvonini ko’rib qolishdi. Bu odamlar juda ko'p turli xil narsalarni sotib olib va sotishardi. Yahudoda bir fikr paydo bo’ldi. U: “Keling, Yusufni bu odamlarga sotaylik,”- dedi. Akalari Yusufdan shunchalik nafratlanishardiki, uning taqdiri qanday bo'lishiga befarq edilar. Shundan keyin ular Yusufni yigirma kumush tangaga sotdilar.
Bu vaqtda Ruben ular bilan birga emasdi. U qaytib kelgach, juda xafa bo'ldi. Akalari Yusufning choponini qonga botirib, otasiga olib kelishdi. Ular: “Mana, biz buni topib oldik,”- deyishdi. Otasi achchiq yig'lab yubordi va yovvoyi hayvon o'g'li Yusufni yeb ketgan, deb o’yladi. Yoqubning qayg'usi cheksiz edi.
Bu vaqtda esa Yusufni tobora uzoqroqqa olib ketishardi. Ammo Xudo Yusuf bilan birga edi va unga g'amxo'rlik qildi.
SAVOL JAVOB:
1. Tushlari haqida kim gapirdi?
(Yusuf tushlari haqida gapirdi)
2. Yovvoyi hayvon Yusufni yeb ketganmidi?
(Yo'q, Yusufni yovvoyi hayvon yemadi)
3. Yusuf qaytib kelmaganidan kimning qayg'usi cheksiz edi?
(Yusufning otasi Yoqubni qayg'usi cheksiz edi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“U hamisha sizlarga g’amxo’rlik qiladi” (1 Butrus 5:7).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар