Malaki 2 bob

10 Yahudo xalqining Xudoga bo‘lgan bevafoligi. 17 Qiyomat kuni yaqinlashib qoldi.

1 Sarvari Olam shunday deydi: “Ey ruhoniylar, endi sizlarga amrim shudir: Menga quloq soling.
2 Chin yurakdan nomimni ulug‘lang. Aks holda ustingizga la’natlar yog‘diraman, barakalaringni la’nati qilaman. Darvoqe, barakalaringni la’natlab bo‘ldim ham, chunki birontangiz ogohimga e’tibor bermadingiz.
3 Men farzandlaringizni jazolayman. Qurbonliklaringiz axlatini betlaringizga sochaman, sizlarni huzurimdan chiqarib yuboraman.
4 Shunda bu amrni sizlarga Men berganimni bilib olasizlar. Men bu amr orqali ota–bobongiz Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdimni mustahkam qilmoqchi edim, — deydi Sarvari Olam.
5 — Levi qabilasi bilan qilgan o‘sha ahdim farovon hayot ahdi edi. Men levilarning qalbiga qo‘rquvni solib qo‘ydim, ular Mendan qo‘rqishardi, nomimni benihoya izzat etishardi.
6 Ular ko‘rsatmalarimni buzmasdan yetkazishardi, adolatli hukm chiqarishardi. Sofdillik va to‘g‘rilik yo‘llarida Menga hamroh edilar, ko‘plarni gunohdan qaytardilar.
7 Ruhoniyning vazifasi odamlarga to‘g‘ri ta’lim berishdir. Odamlar uning oldiga maslahat so‘rab borishlari kerak, axir, u Men, Sarvari Olamning elchisidir.
8 Ammo, ey ruhoniylar, sizlar yo‘limdan og‘dingizlar, o‘z ko‘rsatmalaringiz bilan ko‘plarni yo‘ldan urdingizlar. Levi qavmi bilan tuzgan ahdimni barbod qildingizlar, — deydi Sarvari Olam.
9 — Men esa sizlarni xo‘rladim, barcha xalqlardan pastroq qildim. Sizlar Mening yo‘limdan yurmayapsiz, qonun masalasida tarafkashlik qilyapsiz.”
10 Hammamizning otamiz bir emasmi?! Hammamizni bir Xudo yaratgan emasmi?! Nega endi biz bir–birimizga sadoqatsiz bo‘lishimiz kerak? Nega Xudo ota–bobolarimiz bilan tuzgan ahdni bulg‘ashimiz kerak?
11 Ey Yahudo xalqi, sizlar sadoqatsizlik qildingiz. Quddus va Isroilda jirkanch ishlarga qo‘l urdingiz. Ha, Egamiz yaxshi ko‘radigan Ma’badni bulg‘ab, begona xudolarga topinadigan qizlarga uylandingiz.
12 Egamiz bunday qilmishlarga qo‘l urgan har bir odamni, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Yoqub chodirlaridan yo‘q qilsin. Unday odamlar Sarvari Olamga nazrlar keltirmasin.
13 Sizlar yana shunday qilyapsiz: Egamizning qurbongohini ko‘z yoshlar bilan yuvyapsiz, faryod qilib fig‘on chekyapsiz, chunki Xudo nazrlaringizni qabul qilmayapti, U ulardan mamnun emas.
14 “Nima uchun?” deb so‘raysiz. Chunki sizlar yoshlik chog‘ingizda uylangan xotiningizga bevafolik qildingiz. Axir, u sizning umr yo‘ldoshingiz, nikoh ahdingizdagi xotiningiz–ku! Egamizning O‘zi sizlarning orangizda guvohdir.
15 Ehtiyot bo‘ling, orangizda hech kim o‘z xotiniga xiyonat qilmasin. Xudo sizlarni bir tan bir jon qilgan–ku! Endi Xudo sizlardan nimani kutyapti? Haqiqiy xudojo‘y farzandlarni kutyapti.
16 “Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak o‘z himoyasi ostida bo‘lgan xotiniga shafqatsizlik qilgan bo‘ladi”, — deydi Isroil xalqining Xudosi — Egamiz. “Shu bois hushyor bo‘linglar, xiyonat qilmanglar”, — deydi Sarvari Olam.
17 Sizlar gaplaringiz bilan Egamizni charchatib yubordilaring–ku, yana: “Qanday qilib Uni charchatibmiz?” deb so‘raysizlar. Sizlar: “Yomonlik qilgan hammani Egamiz yaxshi ko‘radi, ulardan mamnun bo‘ladi. Qani, adolat Xudosi bormi o‘zi?!” deb aytasizlar. Bu gaplaring bilan Egamizni charchatyapsizlar.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18