Malaki 3 bob

6 Ushrlarning to‘lovi. 13 Xudoning mehr–shafqat to‘g‘risidagi va’dasi.

1 Sarvari Olam shunday deydi: “Mana, Men O‘z elchimni yuboryapman. U Men uchun yo‘lni hozirlaydi. U to‘satdan O‘z Ma’badiga keladi. Sizlar izlayotgan Rabbiy O‘shadir. Ahd elchisi Uning O‘zidir. Sizlar Undan g‘oyat mamnun bo‘lasiz.”
2 Ammo U kelganda kim bardosh bera oladi?! Paydo bo‘lganda kimning joni saqlanib qoladi?! Ha, U o‘yadigan ishqor, tozalaydigan olov kabidir.
3 U o‘tirib, Levi avlodini tozalaydi, kumush va oltinni olovda soflaganday ularni soflaydi. Shunda ular Egamizga manzur keladigan nazrlar taqdim qilishadi.
4 Keyin Yahudo xalqi va Quddus aholisi keltirgan nazrlarEgamizga oldingiday ma’qul bo‘ladi.
5 Sarvari Olam shunday deydi: “Shundagina Men hukm qilgani oldingizga boraman. Mendan qo‘rqmaydigan hammaga — sehrgar, zinokor, yolg‘on qasam ichganlar, mardikorlarning ish haqini ushlab qoladiganlar, yetim va bevalarni ezuvchilarga va musofirlarni turtkilaganlarga qarshi tezda guvohlik beraman.”
6 Sarvari Olam shunday deydi: — Ey Yoqub o‘g‘lonlari, Men Egangizman. Men hech qachon o‘zgarmayman! Shuning uchungina sizlar yo‘q bo‘lib ketmadingizlar.
7 Ota– bobolaringiz qonun–qoidalarimdan yuz o‘girdilar. Sizlar ham ular singari qonunlarimga rioya qilmadingizlar. Endi tavba qilinglar. Ha, Mening oldimga qaytib kelinglar. Shunda Men ham oldingizga qaytib boraman. Ammo sizlar: “Nega tavba qilishimiz kerak?” deb so‘raysizlar.
8 Inson Xudodan narsa o‘g‘irlashga jur’at qiladimi?! Ammo Sizlar Mening narsamni o‘g‘irlayapsizlar! Yana “Nimangni o‘g‘irlabmiz?” deb so‘raysizlar. Ushr va ehsonlarimni o‘g‘irladingiz!
9 E, la’nati bo‘lib ketinglar! Mening narsamni o‘g‘irlabsiz–a! Sizlar, butun xalq, la’natisizlar!
10 Qani, omborxonaga ushrni bekami–ko‘st qilib olib kelinglar. Xonadonimga ozuqa keltiringlar. Shu yo‘l bilan Meni sinab ko‘ringlar, — deydi Sarvari Olam. — Shunda ko‘rasizlar, Men osmon qopqalarini ochaman. Sizlarga marhamatimni serob qilib yog‘diraman.
11 Men chigirtkalarga man etaman. Ular ekinlaringizni nobud qilmaydi. Uzumzorlaringiz hosiliga tegmaydi, — deydi Sarvari Olam.
12 — Shunda barcha xalqlar sizlarni baxtli deb ataydi. Ha, yurtingiz orombaxsh bir joy bo‘ladi, — deydi Sarvari Olam.
13 Egamiz shunday dedi: — Sizlar Men haqimda yomon gapirdingiz. Yana: “Qachon sen haqingda yomon gapiribmiz?” deysizlar–a.
14 Sizlar aytasiz: “Xudoga xizmat qilish behuda. Sarvari Olamning talablarini ado etishdan hech foyda yo‘q. Uning huzurida azador kabi yurishning nima keragi bor?!
15 Takabburlar baxtli–ku. Yovuzlar ham gullab–yashnaydilar. Mana, qarang, ular Xudoni sinab turib jazodan ham qochib qutuldilar.”
16 Egamizdan qo‘rqqanlar bular haqida gaplashdilar. Egamiz esa ularning gaplariga e’tibor berib quloq soldi. Uning huzurida Egamizdan qo‘rqqan, Uning nomini e’zozlaganlar haqida Xotira kitobi yozildi.
17 Sarvari Olam shunday deydi: “Ular Meniki bo‘ladilar. Men belgilagan kunda xazinamning gavharlari bo‘ladilar. Mehribon ota–ona o‘z itoatkor bolasini xalos etganday, Men ham ularni xalos etaman.
18 Shunda, ey xalqim, sizlar solihu fosiqning farqini yana ko‘rasiz. Ha, Menga xizmat qiladiganu Menga xizmat qilmaydiganning holini bilasiz.”


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18