Voiz 5 bob

7 Hayot behudadir.

1 Hech qachon gapirishga shoshilma, qalbingda Xudoga va’da berishga xovliqma. Xudo jannatda, sen esa yerdasan, shuning uchun kamgap bo‘lgin.
2 Tashvish ko‘p bo‘lganda, puch niyatlar ham ko‘payadi, Ko‘p gapirganda, og‘izdan ahmoqona so‘zlar chiqadi.
3 Xudoga nazr ataganingdan keyin uni bajarishni orqaga surmagin. U nodonlarni yoqtirmaydi. Albatta va’dangda turgin.
4 Va’da berib, uni bajarmaslikdan ko‘ra, umuman va’da bermaslik yaxshiroqdir.
5 Shunday paytda tiling seni gunohga yetaklamasin. Ruhoniyga: “Nazr atab, xato qildim”, — deb aytmagin. Shunday deb Xudoning qahrini keltirsang, o‘z qo‘llaring bilan qilgan ishlaringni Xudo buzib tashlashi mumkin.
6 Puch niyatlaru ko‘p gapirish behuda oqibatlarga olib boradi. Shunday qilish o‘rniga Xudodan qo‘rqqin.
7 Agar kambag‘allarga zulm qilinayotganini, adolat va haqiqat yo‘qligini ko‘rsang, hayron bo‘lmagin, har bir amaldorning ustidan undan ham kattarog‘i bor, ularning ustidan yana ham kattarog‘i bordir.
8 Hammasi, hatto shoh ham, dalaning hosiliga ko‘z tikib, ulush talab qilib oladi.
9 Pulga ruju qo‘ygan hech qachon pulga, boylikni yaxshi ko‘rgan esa boylikka to‘ymaydi. Bu ham behudadir.
10 Buyum, narsalar ko‘payganda, ularni ishlatib yuboradiganlar ham ko‘payadi. Boylikning egasi faqat o‘z boyligiga termulib qarashdan boshqa yana qanday foyda topadi?!
11 Mehnatkashlar kam yesa ham, ko‘p yesa ham tinch uxlaydi, boylar esa boyligi ko‘pligidan xavotirlanib uxlay olmaydi.
12 Bu dunyoda shunday bir qayg‘uli fojia ko‘rdim: yig‘ilgan boylik egasiga zarar keltiradi,
13 ya’ni o‘sha boylik qandaydir omadsizlik tufayli yo‘qoladi. O‘z bolalariga qoldirish uchun esa boy odamning hech narsasi bo‘lmaydi.
14 Onadan qanday tug‘ilgan bo‘lsa, shundayligicha bu dunyodan ketadi, qilgan mehnatlarining mevalaridan birortasini qo‘llarida olib keta olmaydi.
15 Bu ham qayg‘uli fojiadir: inson qanday kelgan bo‘lsa, shundayligicha ketadi, shamol uchun mehnat qilib qanday foyda topadi?
16 Butun umrini qorong‘ilikda o‘tkazadi, qayg‘u–alam, g‘azab va xastaliklar bilan yashaydi.
17 Mana, men bir narsani tushundim: inson uchun Xudo bergan qisqa umri davomida yeyish, ichish va bu dunyoda qilgan o‘z mehnatidan zavqlanish yaxshi ekan, chunki bu insonning taqdiridir.
18 Xudo kimga boylik va mulk berib, unga mana shu narsalardan rohatlanishga imkoniyat ham bersa, insonga o‘z qilgan mehnatidan mamnun bo‘lib, undan zavqlanishiga yo‘l bersa, mana shu Xudoning in’omidir.
19 Bunday inson hayoti haqida qayg‘urmaydi ham, chunki Xudo uning qalbini zavqlanish bilan band qiladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18