Voiz 10 bob

1 O‘lik pashshalar xushbo‘y moyni sasitib yuboradi, shuningdek, ozgina ahmoqlik ko‘p donolikdan og‘irroq chiqadi.
2 Dononing yuragi o‘ngga — to‘g‘ri ishlarni qilishga, nodonniki esa chapga — fosiqlikka tortadi.
3 Ahmoqlarning aqli yetmay, qilgan qiliqlari bilan ham hammaga ahmoqligini ko‘rsatadi.
4 Agar hukmdorning sendan jahli chiqsa, joyingni tashlab ketmagin, chunki vazminlik tufayli xafagarchiliklar ham bosilib ketadi.
5 Mana men bu dunyoda ko‘rgan fojia, hukmdordan boshlangan katta xato:
6 ahmoqlar baland lavozimga ko‘tariladi, boylar esa pastda o‘tirishadi.
7 Men yana shuni ko‘rdim: zodagonlar xuddi qullarday piyoda yurganda, qullar otda yurardi.
8 Chuqur qaziganning o‘zi unga tushishi, devorni buzganni esa ilon chaqishi mumkin.
9 Tosh kesgan o‘ziga zarar yetkazishi, xoda yorgan esa og‘riqqa duchor bo‘lishi mumkin.
10 Agar bolta o‘tmas bo‘lsa–yu, uni o‘tkirlamasang, uni ishlatish uchun ko‘proq kuch kerak bo‘ladi. Mana, donolikdan qanday foyda bor ekan.
11 Ammo ilon o‘ynatilmasdan oldin chaqib olsa, ilon o‘ynatuvchiga donishmandlikning nima foydasi bor?!
12 Donolarning so‘zlari ularga hurmat keltiradi, nodonlarning so‘zlari esa o‘zlarini halok qiladi.
13 Ularning so‘zlari ahmoqlik bilan boshlanib, g‘irt telbalik bilan tugaydi,
14 shunda ham ahmoqlar gapiraveradilar. Hech kim nima bo‘lishini bilmaydi, kim bizga kelajakni aytib bera oladi?!
15 Nodonning harakatlari uni juda charchatadi, chunki u shunchalik ahmoqki, shaharga boradigan yo‘lni ham qayta topa olmaydi.
16 Ey, shohi yosh bo‘lgan, hukmdorlari ertalabdan ziyofat qiladigan yurt, senga afsus– nadomatlar bo‘lsin.
17 Shohi asilzoda bo‘lgan, hukmdorlari mastlik uchun emas, kuch to‘plash uchun o‘z vaqtida ziyofat qiladigan yurt baxtlidir.
18 Dangasalikdan uyning tomi cho‘kadi, Yalqovlik tufayli tomdan chakki o‘tadi.
19 Ziyofat berilganda ko‘ngil shodlikka to‘ladi, Sharob insonni xushnud etadi. Lekin ikkalasi uchun ham pul kerak.
20 Hatto sirdosh do‘stlaring orasida ham shohni la’natlama, o‘z yotoqxonangda ham boylarni yomonlama. Yaxshi gapning ham, yomon gapning ham qanoti bordir. Osmondagi qush so‘zlaringni yetkazib borishi mumkin.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18