Voiz 2 bob

1 Men, Voiz, o‘zimga: “Qani, rohatlanib, bir maza qilay–chi”, — dedim, lekin bu ham behuda ekan.
2 “Kulgi telbalik ekan, rohat qanday foyda keltiradi?” — dedim.
3 Donolik meni boshqarar ekan, ko‘nglimni sharob bilan chog‘ qilib ko‘ray– chi, deb ahmoqlikka o‘z bag‘rimni ochdim. Bu dunyoda odamlar o‘z qisqa hayotlari davomida qanday ish qilsalar ularga foyda kelishini bilmoqchi bo‘ldim.
4 Buyuk ishlar qildim: o‘zimga uylar qurdim, uzumzorlar barpo qildim,
5 polizlar va bog‘lar yaratdim, u yerlarga har xil mevali daraxtlar ekdim.
6 O‘sayotgan daraxtlarni sug‘orish uchun hovuzlar qazdirdim.
7 O‘zim uchun qullar va cho‘rilar sotib oldim, uyimda qul–cho‘rilar tug‘ilib, ularning soni ortib boraverdi. Podalarim shunchalik ko‘p ediki, Quddusda mendan oldin yashagan hech kimda bunchalik ko‘p mol–qo‘y bo‘lmagan.
8 O‘zim uchun kumushu oltin, shohlarga loyiq ajoyib boyliklardan yig‘dim, juda ko‘p yerlarga ega bo‘ldim. Ayol va erkak qo‘shiqchilar menga xizmat qilishar edi, menga zavq keltiradigan haramim ham katta edi.
9 Men buyuk bo‘lib, buyuklikda Quddusda mendan oldin yashaganlarning hammasidan o‘tdim. Donoligim menga pand bermadi.
10 O‘zim xohlagan hamma narsani oldim, ko‘nglim istaganini qildim. Qilgan har bir ishimdan jonim rohatlandi, bu qilgan mehnatlarim evaziga kelgan mukofot edi.
11 Ammo qarasam, o‘z qo‘llarim bilan qilgan ishlarim, qilgan hamma mehnatim — bularning hammasi behuda ekan, shamolning orqasidan quvishday ekan. Bu dunyoda birorta foydali narsa topilmasligini bildim.
12 Shundan keyin yana donolik, telbalik va ahmoqlikni solishtirishga qaror qildim. Vorisim menikidan ham yaxshiroq xulosaga kela olarmidi?!
13 Yorug‘lik qorong‘ilikdan yaxshiroq bo‘lganiday, donolik ham ahmoqlikdan yaxshiroqligini tushundim:
14 Dononing ko‘zi bor, Nodon esa qorong‘ilikda yuradi. Ammo hammaning taqdiri bir ekanligini ham tushundim.
15 O‘zimcha: “Nodonning boshiga tushgan narsa, mening ham boshimga tushar ekan. Shunday ekan, dono bo‘lishning nima foydasi bor?!” — deb o‘yladim. “Bu ham behuda!” — dedim.
16 Donolar ham, nodonlar unutilgani kabi, unutiladi, kelajakda hamma birday unutiladi. Nima uchun donolar nodonlarday o‘lishi kerak?!
17 Shuning uchun ham men hayotdan nafratlandim, chunki bu dunyoda qilingan har bir ish menga qayg‘u keltirdi. Hammasi behuda, shamolning orqasidan quvishdaydir.
18 Bu dunyoda mehnat qilib topgan hamma narsamdan nafratlandim, chunki hammasi baribir mendan keyin keladiganlarga qolishini bilardim.
19 Ular dono bo‘ladimi yoki ahmoqmi, kim biladi? Men bu dunyoda mehnat qilib, donolik bilan topganlarimga baribir o‘shalar egalik qilishadi. Bu ham behudadir.
20 Shunda bu dunyoda qilgan barcha mehnatim uchun yuragim achib, qayg‘ura boshladim.
21 Axir, baribir donolik, bilim va mohirlik bilan topilgan narsalar mana shu narsalar uchun ishlamaganlarga qolar ekan. Bu ham behuda, qanday falokat!
22 Bu dunyoda qilgan mehnati va tirishqoqligi uchun odam qanday foyda olarkan–a?!
23 Axir, uning kunlari dardga to‘la bo‘lsa, qayg‘udan boshi chiqmasa, hattoki kechalari ham dam ololmasa. Eh, bu ham behuda!
24 Odam uchun yeyish, ichish va qilgan mehnatidan rohatlanishdan yaxshiroq narsa yo‘q. Bu ham Xudodan ekanligini tushundim,
25 axir, Xudosiz kim ovqat yeya oladi, kim rohat topadi?!
26 Xudoga ma’qul bo‘lganlarga Xudoning O‘zi donolik, bilim va quvonch beradi. Gunohkorlarga esa boylik yig‘ish ishtiyoqini beradi–yu, ularning ishlab topganlarini olib, Xudo O‘ziga ma’qul bo‘lganlarga ato etadi. Gunohkorlarning bu ishlari ham behuda va shamolning orqasidan quvishdaydir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18