1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Ahmoqlar o‘z ko‘nglida: “Xudo yo‘q”, deydi. Ular buzuqlardir, qilmishi jirkanch ishlardir, Yaxshilik qiluvchi biron zot yo‘qdir.
2 “Idrokli biron zot bormikan? Bormikan Menga yuz burgan?” deya Insonga Egamiz osmondan boqar.
3 Hammasi adashgan, birday buzilgan, Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q!
4 Ular idroksiz, badkirdor, Xalqimni bir luqma nonday yeb yuborar, Hech qachon Egamizga sajda qilmaydi.
5 Ana, bosayotir ularni qattiq vahima, Xudo solihlar bilandir birga.
6 Badkirdorlar mazlumning niyatini puchga chiqarsa ham, Egamiz mazlumlarning panohidir.
7 Eh, Quddusdan Isroilga najot kelsaydi! Egamiz O‘z xalqini yana farovonlikka erishtirsa, Yoqub nasli shod bo‘lgay, Isroil sevingay!