Solnomalar (ikkinchi kitob) 32 bob

1 Ossuriyaliklar Quddusga xavf soladi. 24 Shoh Hizqiyoning xastaligi. 27 Shoh Hizqiyoning boyligi va hashamati.

1 Shoh Hizqiyo sadoqat bilan bajargan bu ishlaridan keyin, Ossuriya shohi Sanxariv Yahudoga bostirib keldi. U mustahkam shaharlarni egallab olish maqsadida ularni qamal qildi.
2 Sanxariv Quddusga jang qilmoqchi bo‘lganini Hizqiyo ko‘rgach,
3 lashkarboshilari va jangchilariga maslahat soldi. Ular shahar tashqarisidagi buloqlar oqimini to‘xtatishga qaror qildilar.
4 Ko‘p sonli xaloyq to‘planib: “Nimaga endi Ossuriya shohlari kelib, mo‘l–ko‘l suvga ega bo‘lar ekan”, deya hamma buloqlarni va hududdan oqib o‘tgan irmoqni to‘xtatishdi.
5 Hizqiyo qat’iyat bilan ishga kirishib, buzilgan devorni qurdirdi, devor ustiga minora o‘rnatdi. Shahar devorining tashqarisidan yana bir devor ko‘tartirdi. Shuningdek, Dovud qal’asining sharqidagi to‘ldirilgan pastlik ustidagi istehkomlarni tuzattirdi, ko‘plab qurol–aslaha va qalqonlar yasattirdi.
6 Shahardagi hamma erkaklar ustidan lashkarboshilar tayinlab, ularni shahar darvozasi oldidagi maydonga to‘pladi. Hammalariga dalda berib, shunday dedi:
7 “Dadil va botir bo‘linglar, qo‘rqmanglar. Ossuriya shohi va uning to‘dalari oldida vahimaga tushmanglar, chunki buyuk kuch biz tomonda, ular tomonda emas.
8 Ular tomonda insoniy qudrat bo‘lsa, biz tomonda Egamiz Xudodir. U bizga yordam beradi, biz uchun jang qiladi.” Yahudo shohi Hizqiyoning so‘zlaridan xalq ruhlanib ketdi.
9 Ossuriya shohi Sanxariv jamiki lashkari bilan Laxish shahrini qamal qilgan paytda, o‘z a’yonlarini Quddusga — Yahudo shohi Hizqiyo va Quddus aholisi oldiga quyidagi xabar bilan jo‘natdi:
10 “Ossuriya shohi Sanxariv shunday demoqda: — Sizlar o‘zi nimangizga ishonyapsizlar, qamalda qolgan Quddusda hanuz o‘tiribsizlar?
11 Ossuriya shohi qo‘lidan Egamiz Xudo bizni qutqaradi, deb Hizqiyo sizlarni aldamasin. U sizlarni ochligu tashnalikdan halok qilmoqchi!
12 Egangizning sajdagohlarini va qurbongohlarini yo‘q qilgan Hizqiyoning o‘zi emasmi?! U Yahudo xalqi va Quddusliklarga: “Faqat bitta qurbongoh oldida sajda qilinglar, yolg‘iz o‘shaning ustida qurbonliklar keltiringlar”, deb aytgan.
13 Nahotki men va otalarim boshqa yurtlarning xalqlariga nimalar qilganini bilmasangiz?! O‘sha xalqlarning xudolari qani?! Birortasi o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqara oldimi?!
14 Mening ota– bobolarim yer yuzidan supurib tashlagan qaysi bir xalqning xudosi o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqara olibdiki, Xudoyingiz sizni qutqara olsa?!
15 Endi Hizqiyoning aldovlariga uchmanglar, u sizlarni yo‘ldan urmasin. Unga ishonmanglar, biror xalqning yoki shohlikning xudosi o‘z xalqini mening qo‘limdan yoki otalarimning qo‘lidan qutqara olmagan. Xudoyingiz kim bo‘libdiki, sizlarni mening qo‘limdan qutqara olsa.”
16 Sanxarivning a’yonlari gapida davom etib, Parvardigor Egamiz va Uning quli Hizqiyoni haqoratladilar.
17 Shoh Sanxariv yozgan maktubida ham Isroil xalqining Xudosi — Egamizni tahqirlab, Uni shunday so‘zlar bilan masxara qilgan edi: “Boshqa yurtlarning xudolari o‘z xalqlarini mening qo‘limdan qutqara olmagani singari Hizqiyoning xudosi ham o‘z xalqini mening qo‘limdan qutqara olmaydi.”
18 A’yonlar bu gaplarini ibroniy tilida devor ustida turgan Quddus xalqiga baqirib aytdilar. Ular Quddusni qo‘lga kiritish niyatida aholini vahimaga solib, qo‘rqitib qo‘ymoqchi edilar.
19 Quddus Xudosini boshqa xalqlarning xudolari qatorida ko‘rdilar, U to‘g‘risida xuddi inson qo‘li bilan yaratilgan butlar haqida gapirganday gapirdilar.
20 Shoh Hizqiyo va Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar Xudoga iltijo qilib yordam so‘radilar.
21 Egamiz farishtasini jo‘natgan edi, farishta Ossuriya shohi qarorgohidagi hamma bahodir jangchilarni, lashkarboshilarni va a’yonlarni qirib tashladi. Sanxariv sharmandalarcha o‘z yurtiga qaytib ketdi. U o‘z xudosining uyiga kirganda, o‘g‘illarining ba’zilari unga qilich urib o‘ldirdilar.
22 Shunday qilib, Egamiz shoh Hizqiyoni va Quddus aholisini Ossuriya shohi Sanxarivning qo‘lidan va butun g‘animlari qo‘lidan qutqardi. Hizqiyoga Egamiz har tarafdan osoyishtalik ato qildi.
23 Ko‘p odamlar Quddusga kelib, Egamizga nazrlar, Yahudo shohi Hizqiyoga qimmatbaho tortiqlar olib keldilar. O‘sha paytdan boshlab hamma xalqlar Hizqiyoni yuksak darajada hurmat qiladigan bo‘ldilar.
24 O‘sha kunlarda Hizqiyo tuzalmas xastalikka yo‘liqib, o‘lim to‘shagiga yotib qoldi. U Egamizga ibodat qilgan edi, Egamiz unga javob berib, xastaligidan tuzalishini tasdiqlaydigan bir alomat ko‘rsatdi.
25 Ammo Hizqiyo noshukurchilik qilib, o‘zini mag‘rur tutgani uchun o‘z boshiga hamda Yahudo va Quddus ustiga Egamizning g‘azabini keltirdi.
26 Nihoyat, Hizqiyo va Quddus aholisi yuragidagi mag‘rurlikni tashladi. Shu sababdan Egamiz shoh Hizqiyo davrida xalqqa g‘azabini sochmadi.
27 Hizqiyo boy–badavlat bo‘lib, yuksak obro‘ga erishdi. U o‘zining kumushlari, oltin, qimmatbaho toshlari, ziravorlari, qalqonlari va hamma qimmatli buyumlari uchun xazinalar qurdirdi.
28 Bug‘doy, sharob va zaytunmoylari uchun omborxonalar, barcha turdagi mollari uchun og‘ilxonalar, qo‘ylari uchun qo‘tonlar qurdirdi.
29 Ko‘plab shaharlar bunyod etib, poda va suruvlarini ko‘paytirdi, chunki Xudo unga behad boylik bergan edi.
30 Hizqiyo Gixo‘n bulog‘ining yuqori qismini berkitib, qazdirgan quvur orqali suvni Quddus ichiga olib kirdi. U hamma ishlarida muvaffaqiyatga erishdi.
31 Biroq Bobil shahzodalari Yahudo yurtida yuz bergan mo‘jizali alomat to‘g‘risida so‘rash uchun o‘z elchilarini Hizqiyo huzuriga jo‘natganlarida, Xudo Hizqiyoni o‘z holiga qo‘yib qo‘ygandi. Xudo Hizqiyoni sinab, uning dilidagi asl niyatlarini bilmoqchi edi.
32 Hizqiyoning boshqa ishlari, qilgan yaxshiliklari Yahudo va Isroil shohlari kitobidagi Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambarning vahiysida yozilgan.
33 Hizqiyo olamdan o‘tib, Dovud nasli xilxonasining to‘riga dafn qilindi. Hizqiyo vafot etganda, butun Yahudo xalqi va Quddus aholisi unga izzat–hurmat ko‘rsatdi. Uning o‘rniga o‘g‘li Manashe shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18