Solnomalar (ikkinchi kitob) 31 bob

1 Shoh Hizqiyoning islohotlari.

1 Bayram tugagandan keyin, o‘sha yerdagi butun xaloyiq Yahudo, Benyamin, Efrayim va Manashe hududidagi shaharlarga borib, butsimon toshlarni parchalab tashladilar, Asheraning ustunlarini kesdilar, cajdagohlar va qurbongohlarni vayron qildilar. Bittasini ham qoldirmadilar. Shundan keyin hammasi o‘z shaharlariga, o‘zlarining mulkiga qaytdilar.
2 Hizqiyo ruhoniylarni va levilarni guruhlarga bo‘ldi. Har bir guruhga quyidagi vazifalarini taqsimlab berdi: EgamizningMa’badi hovlisida quydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini nazr qilish, u yerda xizmat qilib, hamdu sano va madhiyalar aytish.
3 Egamizning qonuniga ko‘ra, har kuni ertalab va kechqurun, Shabbat kunlari, yangi oy shodiyonalari va tayinlangan bayram kunlari kuydiriladigan qurbonliklar keltirilishi lozim edi. Shoh Hizqiyo o‘zining shaxsiy mulkidan bu qurbonliklar uchun hayvonlarni berdi.
4 U Quddusda yashagan xalqqa: “Ruhoniylar va levilarga tegishli ulushni beringlar, toki ular o‘zlarini to‘liq Egamizning qonunlarini bajarishga bag‘ishlasinlar”, deb farmon berdi.
5 Farmon berilgach, xalq bug‘doyning, sharob, zaytun moyi, asal va dalada yetishitirilgan donlarning birinchi hosilidan mo‘l qilib, olib keldilar. Ular olib kelgan hamma narsaning ushri nihoyatda mo‘l edi.
6 Yahudo shaharlarida yashagan Isroil va Yahudo xalqi mol–qo‘ylarining ushrini hamda Egasi Xudoga atab bag‘ishlangan in’omlarning ushrini olib kelib, uyum–uyum qildilar.
7 Xalq in’omlar olib kelishni uchinchi oyda boshlab, yettinchi oyda tugatdi.
8 Hizqiyo va uning a’yonlari kelib uyum–uyum in’omlarni ko‘rishgach, Egamizga hamdu sano aytib, Isroil xalqini duo qilishdi.
9 Hizqiyo ruhoniylar va levilardan bu in’omlar haqida so‘raganda,
10 Zodo‘x xonadonidan bo‘lgan oliy ruhoniy Ozariyo Hizqiyoga shunday javob berdi: “Xalq in’omlarni Egamizning uyiga olib kela boshlaganidan beri, yetarlicha ozuqamiz bor. Juda ko‘p ortib qolgani ham bor. Ha, Egamiz O‘z xalqiga baraka berdi, ortganning ko‘pligini bir ko‘rib qo‘ying.”
11 Shunda Hizqiyoning buyrug‘i bilan Egamiz uyining hovlisida omborxonalar qurildi.
12 Bu omborxonalarga hamma hadyalar, ushrlar va bag‘ishlangan in’omlar qo‘yildi. Bularga nazoratchi qilib levi Xonaniyo, uning yordamchisi qilib ukasi Shimax tayinlandi.
13 Ularning qo‘li ostida quyidagi o‘nta levi ishlaydigan bo‘ldi: Yoxiyol, Ozaziyo, Naxat, Osoyil, Yarimo‘t, Yo‘zabad, Eliel, Yismaxiyo, Maxat va Binayo. Bularning hammasi shoh Hizqiyo va oliy ruhoniy Ozariyo tomonidan tayinlangan edilar.
14 Ma’badning sharqiy darvozasi darvozaboni Kori Xudoga ko‘ngildan qilingan nazrlar uchun mas’ul edi. Kori levi Yimnaxning o‘g‘li edi. Uning vazifasi Egamizga atalgan in’omlarni va eng muqaddas nazrlarni ruhoniylar va levilarga bo‘lib berish edi.
15 Uning sodiq yordamchilari Eden, Minyomin, Yeshuva, Shamayo, Emoriyo va Shaxaniyo edilar. Ular ruhoniylarga qarashli shaharlarda xizmat qilib, u yerdagi ruhoniylarning oilalariga guruhlari bo‘yicha ulush taqsimlab berishar edi. Yoshu qariga bir xil ulush ajratishardi:
16 Egamizning uyidagi xizmatni guruhlari bo‘yicha bajaradigan hamma erkaklarga, shuningdek, nasabnomada nomlari qayd etilgan uch va undan yuqori yoshdagi o‘g‘il bolalarga ulush berishardi.
17 Ular xonadonlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan ruhoniylarga, shuningdek yigirma va undan yuqori yoshdagi levilarga ulush ajratishardi. Levilarning ro‘yxati bajaradigan vazifalari va guruhlari asosida tuzilgan edi.
18 Nasabnomada nomilari qayd etilgan hamma erkaklarning oilalariga — chaqaloq, xotin, o‘g‘il–qizlariga ham ulush berilardi. Zotan ular o‘zlarini sadoqat bilan poklar edilar.
19 Shaharlarning chetlarida istiqomat qilgan, Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarga kelsak, ularga ham ulush tarqatadigan odamlar tayinlangan edi. Bu odamlar ruhoniy urug‘idan bo‘lgan har bir erkak zotiga va ro‘yxatga olingan har bir leviga ulush berishar edi.
20 Shu yo‘sin, Hizqiyo butun Yahudo bo‘ylab ulush tarqatish vazifasini uddaladi. U Egasi Xudo oldida yaxshi, to‘g‘ri va halol ishlar qildi.
21 Ma’bad xizmatiga, Xudoning qonunlari va amrlariga oid qilgan har bir ishini Xudoga intilgan holda, chin yurakdan qilgani uchun, ko‘p muvaffaqiyatga erishdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18