Solnomalar (ikkinchi kitob) 26 bob

1 Yahudo shohi Uzziyo. 16 Shoh Uzziyo takabburligi uchun jazolanadi.

1 Shundan keyin Yahudo xalqi o‘n olti yoshli Uzziyoni otasi Emoziyoning o‘rniga shoh qildi.
2 Emoziyoning vafotidan so‘ng, Uzziyo ilgarilari Yahudoga qarashli bo‘lgan Elet shahrini qo‘lga kiritib, qaytadan qurdi.
3 Uzziyo shoh bo‘lganda, o‘n olti yoshda edi. U Quddusda ellik ikki yil hukmdorlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yoxoliyo edi.
4 Uzziyo ham, otasi Emoziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
5 Xudoning vahiylarini ta’bir qiluvchi Zakariyoning hayot davrida Uzziyo Xudoga intilardi. U Egamizga intilgan paytda, Xudo unga huzur–halovat bag‘ishladi.
6 Uzziyo Filistlarga qarshi urush boshlab, Gat, Yobnax va Ashdod shaharlarining devorlarini buzib tashladi. U Ashdod hududida va Filistlarga qarashli boshqa joylarda shaharlar qurdi.
7 U Filistlarga, Gur–Baalda yashaydigan Arablarga va Mavunlarga qarshi urush qilganda, Xudo unga madad berdi.
8 Ommonliklar Uzziyoga o‘lpon to‘laydigan bo‘ldi. U nihoyatda kuchayib ketganidan, shuhrati Misr chegerasigacha yoyildi.
9 Bundan tashqari, Uzziyo Quddusdagi Burchak darvozasi, Soylik darvozasi va devorning qayrilgan joyida minoralar qurib, bu minoralarni mustahkamladi.
10 U sahroda mudofaa qo‘rg‘onlarini qurdirdi. Yahudo qir etaklarida va tekisliklarda boqilgan podalari ko‘p bo‘lgani uchun, ko‘plab sardobalar qazdirdi. Dehqonchilikka ixlos qo‘ygani uchun, adirlaru unumdor yerlarda ekinlar ekdirib, uzumzorlar barpo qildi. U yerda ishlaydigan dehqonu bog‘bonlari bor edi.
11 Uzziyoning mohir jangchilardan tashkil topgan lashkarlari bor edi. Bu jangchilarni kotib Yaviyol va uning yordamchisi Masiyo safarbar qilib, ularni bo‘linmalarga bo‘lgan edi. Kotib Yaviyol bilan Masiyo Xanoniyoning qo‘li ostida ish olib borar edilar. Xanoniyo shohning a’yoni edi.
12 Bu saralangan jangchilarga 2.600 urug‘boshi qo‘mondonlik qilardi.
13 Ularning qo‘li ostida jami 307.500 bahodir jangchi bo‘lib, bu katta lashkar shohni dushmanlaridan himoya qilar edi.
14 Uzziyo butun lashkarni qalqonlar, nayzalar, dubulg‘alar, sovutlar, kamonlar va sopqon toshlari bilan ta’minlagan edi.
15 U Quddusdagi minoralar ustiga va shahar devori burchaklariga olimlari kashf etgan o‘q otadigan va katta toshlarni uloqtiradigan qurollarni o‘rnatdi. Xudo unga yordam bergani uchun, u nihoyatda qudratli bo‘lib, shuhrati har yoqqa taraldi.
16 Uzziyo kuchayib ketgandan keyin, halokatga olib boradigan kiborlikka berildi. U Egamizning Ma’badiga kirib, tutatqi qurbongohida tutatqi tutatdi, shu yo‘sin o‘zining Egasi Xudoga itoatsizlik qildi.
17 Ruhoniy Ozariyo Egamizning saksonta jasur ruhoniysi bilan birga Uzziyoning ketidan bordi.
18 Ular shoh Uzziyoga tanbeh berib deyishdi: “Ey shohimiz! Egamizga tutatqi tutatish sizning ishingiz emas. Bu Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarning ishidir. Tutatqi tutatishga ular bag‘ishlanganlar. Qani bo‘ling, bu muqaddas joydan chiqib keting! Siz Parvardigor Egamizga itoatsizlik qildingiz. Bu qilmishingiz uchun Xudo sizni yuksaltirarmidi?!”
19 Uzziyo o‘sha paytda qo‘lidagi otashkuragi bilan tutatqi tutatishga tayyor bo‘lib turgan edi. U ruhoniylarning tanbehidan qattiq g‘azablandi, shu zahotiyoq peshanasiga yara toshdi. Bu hodisa Egamizning uyidagi tutatqi qurbongohi oldida, ruhoniylarning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi.
20 Oliy ruhoniy Ozariyo bilan boshqa ruhoniylar shoh peshanasidagi qo‘rqinchli yaralarni ko‘rishgach, shohni tashqariga olib chiqishga shoshildilar. Shohning o‘zi ham tashqariga otlandi, chunki Egamiz uni jazolagan edi.
21 Uzziyo umrining oxirigacha teri kasalligidan tuzalmadi. U alohida bir uyda yolg‘iz yashadi. Egamizning uyiga kirish unga man etilgan edi. Yurtdagi xalqni ham, shoh saroyini ham o‘g‘li Yo‘tom boshqarardi.
22 Uzziyoning boshqa ishlari boshdan oxirgacha Omiz o‘g‘li payg‘ambar Ishayo yozib qoldirgan.
23 Uzziyo olamdan o‘tib, shohlar qabristoning bir chetiga dafn qilindi. Biroq teri kasalligiga chalingani uchun uni shohlar xilxonasiga qo‘ymadilar. Uning o‘rniga o‘g‘li Yo‘tom shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак