59. PAVLUSNING MAKTUBLARI

Bo'yash uchun rasm. chizish 59 (skachat) | PDF kitob va RUS
Pavlus yangi jamoatlarga borib, odamlarga va'z qildi va ularga yordam berdi.
Ammo Pavlus barcha jamoatlarni doimiy ravishda ziyorat qila olmasdi, shuning uchun ba'zida u o'z o'rniga boshqa hizmatchilarni yuborardi. Ba'zan Pavlus jamoatlarga nima qilishlari kerakligi haqida maktub yozardi.
Xudoning Ruhi Pavlusga jamoatlarga maktublar yozish kerakligini aytdi. Shuning uchun biz bilamizki: Pavlus yozgan narsa haqiqatdir.
Pavlus ko'p narsalar haqida yozgan. Pavlus Iso va Uning ishlari haqida yozgan. Iso odamlarni gunohlardan qutqarish uchun xochda vafot etdi! Endi Iso osmonda. Iso yerga qaytib keladigan kun keladi. O'lgan odamlar qabrlaridan chiqishadi. Isoni sevgan va Uni qabul qilgan barcha odamlar U bilan osmonda uchrashadilar hamda U bilan samoda abadiy yashaydilar.
Pavlus jamoatlar haqida yozgan. Bosh hizmatchilar yaxshi namuna bo'lishlari kerak. Jamoat a'zolari bir-birlariga yordam berishlari va hizmatchilarga bo'ysunishlari kerak. Va'zxonlar odamlar tushinishlari uchun, ular tushinadigan tilda va’z qilishlari kerak.
Pavlus oilalar haqida ham yozgan. Xudo odamlarning oilalari baxtli bo'lishini xohlaydi. Turmush qurgan erkak va ayol bir-birlarini sevishlari va o'limigacha birga yashashlari kerak. Ota-onalar o’z bolalari sevishlari va yaxshilikka o'rgatishlari kerak, farzandlar esa ota-onalarini sevishlari va ularga bo'ysunishlari kerak.
Erkaklar uyda va jamoatda boshliq bo'lishlari kerak. Ayollar erlariga itoat qilishlari kerak.
Ba'zan Pavlus jamoatlardagi muammolar haqida yozgan. Ba'zi masihiylar boshqalarni noto'g'ri ish qilganliklari uchun qoralardilar. Ular bir birlarini hukm qilishardi. Ammo Pavlus ular bir-birlarini kechirishlari va yarashishlari kerakligini aytdi.
Pavlus har hil vazirlar uchun xat yozgan. Pavlus Timo'tiy va Titusga haqiqatni va'z qilishlarini va jamoatlardagi tartibni saqlashlarini aytdi.
Pavlus quli qochib ketgan Filimo’n ismli bir odamga maktub yozgan. Pavlus qulga masihiy bo'lishiga yordam berdi va xo'jayinidan qulini kechirishini va qulga o’z birodari kabi munosabatda bo'lishini so'radi.
Pavlus erkaklar, ayollar va bolalar Isoni yaxshi ko'rishlarini va to'g'ri ish qilishlarini xohlardi. Bu Xudoga ma'qul. Bu bizni ham xursand qiladi.
SAVOL JAVOB:
1. Kim Pavlusga xatlarda nima yozish kerakligini aytdi?
(Xudoning ruhi Pavlusga nima yozish kerakligini aytdi)
2. Bolalar o'z uylarida nima qilishlari kerak?
(Bolalar ota-onalarini sevishlari va itoat qilishlari kerak)
3. Uyda kim boshliq bo'lishi kerak: erkaklar yoki ayollar?
(Erkaklar boshliq bo'lishi kerak)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Xudoning so’zini eshitib, unga amal qiluvchilar Mening onam va ukalarimdir” (Luqo 8:21).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































