58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
Havoriylar 9:1-31; 13:1-20:12

Bo'yash uchun rasm. chizish 58 (skachat) | PDF kitob va RUS
Shoul ismli bir yigit nasroniylardan nafratlanib, ularni qamoqqa tashlardi va ularni masxara qilardi. Ko'p masihiylar Shouldan qo'rqishardi.
Bir kuni Shoul Damashqqa yo'l oldi. To'satdan yorqin nur porladi va Shoul Isoning ovozini eshitdi. Shundan so'ng Shoul ko'r bo'lib qoldi va uni shaharga olib kelishdi.
Xudo Shoulning ko'zlarini davolash uni Xanoniyoning oldiga yubordi. Shoul masihiy bo'lib, suvga cho'mdirildi. Shoul Iso haqida va'z qila boshladi. Odamlar hayron qolishdi. Ba'zi masihiylar hali ham Shouldan qo'rqishardi, lekin u endi ularga zarar yetkazmasdi. Aksincha, Shoul endi masihiylarga yordam berishni xohlardi.
Shoulning eski do'stlari uning o'zgarishini va uni o'ldirilishini xohlamadilar. Masihiy do'stlari Shoulni savatda devordan pastga tushirib, dushmanlardan qochishga yordam berishdi.
Bir kuni Shoul Antioxiyadagi jamoat bilan ibodat qildi. Muqaddas Ruh: “Barnabo va Shoulni men chaqirgan ishni bajarishga yuboring,”- dedi. Xudo ularning boshqa yurtlarga borishlarini va Iso haqida va'z qilishlarini xohlardi. Keyin hizmatchilarlar Barnabo va Shoulni Xudo aytganidek boshqa shaharlarga yuborishdi.
Shoulning ismi o'zgartirildi, u Pavlusga aylandi. Pavlus va Barnabo ko'plab shaharlarda bordilar va hamma joyda odamlarga Iso haqida gapirisharardilar. Ular odamlar haqiqatni bilishlarini xohlashardi.
Pavlus boshqa odamlarga Masihni haqida aytib berishni va ular Uni qabul qilishlarini xohlardi. Bir safardan qaytgach, u boshqa safarga yo’l olardi. U yangi jamoatlarga tashrif buyurdi va ularga yordam berdi.
Ba'zida odamlar Pavlusdan g'azablanishardi. Shaharlardan birida Pavlus va Silas kaltaklanib qamoqqa tashlandi. Yarim tunda ular Xudoni ulug’lab hamdu sano aytishdi. To'satdan kuchli zilzila yuz berdi. Qamoqxonaning barcha eshiklari ochildi. Qamoqxona qo'riqchisi qo'rqib ketdi, lekin Pavlus: “Qo'rqma,”- dedi. Pavlus qo'riqchi va uning oilasiga masihiy bo'lishga yordam berdi.
Troasda Pavlus yarim tungacha va'z qildi.
Derazada o'tirgan bir yigit uxlab qoldi va derazadan yiqilib, yerga qulab vafot etdi. Xudo Pavlusga yigitni tiriltirishga yordam berdi. Xudo Pavlusga ko'p yordam berardi.
SAVOL JAVOB:
1. Pavlus har doim masihiylarga yordam berganmi?
(Yo'q, Pavlus yoshligida ularga zarar yetkazgan)
2. Pavlus har doim bir joyda qoladimi?
(Yo'q, Pavlus ko'p joylarga sayohat qilgan)
3. Pavlus va Silas yarim tunda qamoqda nima qilishdi?
(Ular Xudoni ulug’lab hamdu sano aytishdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Pavlus odamlarga yarim kechasigacha gapirdi” (Havoriylar 20:7).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































