5. NUH VA TO’FON
Ibtido 6-9

Bo'yash uchun rasm. chizish 5 (skachat) | PDF kitob va RUS
Yillar o’tgani sari yer yuzida insonlar ko’payib borardi. Lekin ko’plari juda yomon bo'lib ketgan edi. Ular kundan kunga ko'p gunoh ishlar qilishdi.
Xudo insoniyatni yaratganidan afsuslandi va dedi: “Men barcha yovuz odamlarni jazolayman”.
Ammo Nuh ismli bir kishi Xudoni sevardj, shuning uchun Xudo Nuh va uning oilasini qutqarishga qaror qildi.
Xudo Nuhga dedi: “Yer yuzidan insoniyatni qirib tashlayman, sen ulkan bir kema qur, chunki men yer yuziga to’fon yubormoqchiman. Barcha yomon odamlar o'ladi va Sen va sening oilang kemada xavfsizlikda bo’lasizlar. Qushlar va hayvonlarni har bir turidan juft juft qilib o’zing bilan kemaga ol. Shu bilan birga oilang va hayvonlrga uzoq vaqtga yetadigan yegulik ol’’.
Nuh Xudoga ishondi va shuning uchun hamma narsani xuddi U aytganday qildi. Nuh va uning uch o'g'liga ulkan kemani qurish uchun ko’p yillar kerak bo’ldi. Kemani qurib bo’lishgach, oziq-ovqatlar olib kirishdi.
Qushlar va hayvonlar ham kemaga kirdilar. Ba’zi hayvonlar ikki juft bo’lib, ba’zilari esa yetti juft bo’lib kemaga kirdilar, chunki Xudo shunday amr qilgan edi. Nuhning oilasi va hamma hayvonlar kemaga kirib bo’lishgach, Xudo eshikni yopdi.
Sekin asta yomg’ir yog’a boshladi va to’htovsiz qirq kechayu qirq kunduz yog’di.
Tog' cho'qqilarini qoplaguncha suv sadhi ko’tarilib boraverdi.
Hamma yomon odamlar cho'kib ketishdi. Faqat Nuhning oilasi kemada xavfsizlikda edi.
Kunlardan o’tib suv pasaya boshladi va nihoyat yerda quruqlik paydo bo’ldi. Nuh va uning oilasi hamda barcha hayvonlar kemadan chiqishdi.
Nuh qurbongoh qurib, Xudoga sajda qildi. Parvardigor Egamiz Nuhga va'da berdi: “Men boshqa hech qachon odamlarni qirib tashlash uchun yerga to’fon yubormayman”.
Xudo osmonda go'zal kamalak yaratdi va Nuhga dedi: “Har safar osmonda
kamalakni ko'rganingizda, mening bergan va’damni eslashingni istayman”. Xudo O'z va'dasini bajardi.
SAVOL JAVOB:
Kim Xudoni sevar edi?
(Nuh Xudoni sevar edi)
Xudo Nuhga nima yasashni buyurdi?
(Xudo Nuhga kema yasashni buyurdi)
Xudo osmonda nima yaratdi?
(Xudo osmonda kamalakni yaratdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Imoni tufayli Nuh…kema qurdi” (Ibroniylar 11:7)
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































