47. MEHRIBON SAMARIYALIK
Luqo 10:25-37
Bo'yash uchun rasm. chizish 47 (skachat) | PDF kitob va RUS
Bir kuni Tavrot tafsirchilaridan biri Isoga savol bilan murojaat qildi: “Ustoz, abadiy hayotga ega bo’lishim uchun nima qilishim kerak?”.
Iso tafsirchidan so'radi: “Tavrotda bu haqida nima yozilgan?”.
U odam javob berdi: “Egangiz Xudoni butun qalbingiz, butun kuchingiz va butun ongingiz bilan seving, yana “O’zgani o’zingizni sevgandek seving”.
Iso: “Siz to'g'ri javob berdingiz. Siz ham shunday qiling, ana shunda Xudoga ma'qul bo'lasiz.
Keyin tafsirchi so'radi: “Mening yaqinim kim?”. Bu savolga javob berish uchun Iso bir voqeani aytib berdi.
Bir kuni bir kishi Quddusdan Yerixoga ketayotgan edi. Bir joyda unga qaroqchilar hujum qilishdi. Ular uning kiyimlarini olib, kaltaklab, chala jon qilib tashlab ketibdilar. Keyin ular tezda qochib ketishibdi. Bir kishi yo'l chetida yotgan bu insonni ko’rib yana yo’lida davom etibdi. U shunchalik xafa bo'libdiki, qimirlay olmabdi.
Tez orada ruhoniy o'tib qoolibti. U ojiz odamni ko'rib, lekin unga yaqinlashmabdi. U yo’lida davom etibdi.
Keyin bir levi bu baxtsiz odamga yaqinlashibdi, unga qarab, lekin u ham yordam bermabdi. Levilar ham shunday o'tib ketishdi.
Nihoyat, Samariyalik bir kishi bu joydan o'tib ketayotgan edi. Samariyalik bechora, yarador odamni ko'rib va unga achinibdi. U yaralarini yog’ va sharob bilan artib, ularni bog'lab qo'yibdi. Keyin u yaradorni eshagiga o’tkazib va uni mehmonxonaga olib boribdi. Samariyalik unga tun bo'yi g'amxo'rlik qilibdi.
Ertasi kuni ertalab samariyalik mehmonxona egasining oldiga borib, unga pul berib va shunday debti: “Bu yarador odamga g'amxo'rlik qiling. Agar yan pul kerak bo'lsa, men yana kelganimda sizga to'layman”.
Hikoyani tugatgandan so'ng, Iso tafsirchidan so'radi: “Bu uch kishidan qaysi biri jabrlanuvchiga yaqin odamdek harakat qildi?”.
Tafsirchi javob berdi: “Unga yordam bergan odam”.
Iso: “Boring, siz ham shunday qiling,”- dedi. Iso hammaning bir-biriga mehribon bo'lishini xohlardi. Bu Xudoga ma'qul edi.
SAVOL JAVOB:
1. U odam nima uchun azob chekdi?
(Qaroqchilar uni qattiq jarohatlashdi)
2. Odamlardan qaysi biri to'xtadi va baxtsiz odamga yordam berdi?
(Samariyalik to'xtab va unga yordam berdi)
3. Iso aytgan hikoyalarni siz ham o'qiy va tinglay olasizmi?
(Ha, biz bu hikoyalarni Muqaddas Kitobdan topishimiz mumkin)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“O’zgani o’zingizni sevgandek seving” (Mark 12:31).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар