41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
Luqo 5:1-11, 27, 28; 6:12-19

Bo'yash uchun rasm. chizish 41 (skachat) | PDF kitob va RUS
Iso odamlarning Xudodan kelgan xushxabarni eshitishlarini xohlardi. Xudo har bir insonni sevadi va hamma unga ishonishini, itoat etishini xohlaydi. U o'g'li Isoni odamlarni gunohlaridan qutqarish uchun yubordi.
Bir kuni Iso qirg'oq yaqinda Butrusning qayig'ida o'tirib, odamlarga dars berardi.
Odamlar quruqlikda, ko'l yonida edilar. Iso gapini tugatdi va Butrusga dedi: “Qayiqda ko’l o’rtasiga suzib borib, baliq ovlash uchun to'rlaringni tashla”.
Butrus javob berdi: “Biz tun bo'yi baliq ovladik va hech qanday baliq tutolmadik. Lekin men siz aytganingizdek qilaman”.
Ko'p o'tmay, to'r baliqlarga to'ldi, shuning uchun baliqchilarni boshqa qayiq bilan yordamga chaqirish kerak bo’ldi. Ular aka uka Yoqub va Yuhanno edi.
Butrus hayratda qoldi va qo'rqib ketdi. Ammo Iso uni tinchlantirdi: “Qo'rqma. Bundan buyon sen odamlarni ovlaysan”. Iso Butrus va uning do'stlari odamlarni najot topishi uchun Xudoga olib kelishni xohlardilar.
Ikkala qayiq ham qirg'oqqa yaqinlashganda, baliqchilar o'z ishlarini tashlab, Isoga ergashdilar. Ular ajoyib do'stlaridan o'rganishni xohlashardi.
Ertasi kuni Iso o'z ishi bilan o'tirgan Matto ko'rdi. Odamlar Mattoga soliq to'lashardi.
Iso unga: “Menga ergash,”- dedi. Matto o'rnidan turib, Isoga ergashdi.
Isoning ko'plab do'stlari bor edi, lekin u o'ziga yordam beradigan sodiq do'stlarni saylamoqchi edi. Iso toqqa chiqdi va tun bo'yi Xudoga ibodat qildi.
Ertasi kuni Iso uning yordamchisi bo'lgan o'n ikki kishini tanladi. Ular to'rtta Baliqchi edi: Butrus, Endryus, Yoqub va Yuhanno. U soliq yig'uvchi Matto va akasi Endryusni, Butrus bilan bir shaharda yashagan Filippni tanladi. Boshqa yordamchilar: Filipning do'sti Bartolomey, Tomas, yana bir Yoqub, Yahudo, Shimon va Yahudo Ishkariot edilar.
Bu odamlarning hammasi Isoning o'n ikki shogirdi deb atalgan. Iso odamlarga ta'lim berib, shifo berganida, ular Iso bilan birga yurishgan.
SAVOL JAVOB:
1. Baliqchilar to'rlari bilan nimani ushladilar?
(Baliqchilar ko'p baliq tutishdi)
2. Odamlar Mattoga nima to'lashdi?
(Odamlar Matto soliq to'lagan)
3. Iso o'zi uchun nechta shogird tanladi?
(Iso o'n ikki shogirdni sayladi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Hammaga yaxshilik qilishga intiling” (1 Salonikaliklar 5:15).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































