34. DONIYOR IMONINING SINOVI
Doniyor kitobidan

Bo'yash uchun rasm. chizish 34 (skachat) | PDF kitob va RUS
Xudoning xalqi Kan'ondan uzoqda, begona yurtda yashardi. Yangi shoh Doniyorning dono va yaxshi odam ekanligini, boshqalarga mehribon ekanligini ko'rdi. Shuning uchun shoh Doniyorni mamlakatni boshqarishda yordam beradigan yaqin yordamchisi etib tayinladi.
Ammo ba'zi odamlar Doniyorning ularni boshqarishini yoqtirmadilar. Ular Doniyorning har bir harakatini kuzatib, u yomon ish qilyaptimi yoki yo'qligini bilib olishdi, keyin bu haqda shohga xabar berishdi va Doniyorga muammo tug'dirishdi.
Ammo Doniyor har doim to'g'ri ish qilardi. Keyin bu odamlar Doniyorga zarar yetkazishning boshqa usulini izlay boshladilar. Ular Doniyor har kuni Xudoga ibodat qilishini bilishardi. Ular shohga: “Ey shohimiz, abadiy yashang. Biz sizdan yangi farmon chiqarishingizni so’raymiz. O'ttiz kun davomida hamma faqat sizga ibodat qilishini buyuring. Kim boshqa birovga ibodat qilsa, och sherlarga tashlanishi kerak”.
Shoh maslahat oldi va shunday farmon chiqardi. Bu odamlar esa Doniyorni kuzatishda davom etishdi. Ular uning xonasiga borib, har kuni uch marta haqiqiy Xudoga ibodat qilishini ko'rib qolishdi.
Ular bu haqda shohga xabar berishga shoshilishdi: “Ey Shoh, Doniyor sizning yangi farmoningizga bo'ysunmadi. Uni sherlarga tashlash kerak”.
Shoh bu haqda eshitgach, bunday ahmoqona farmon chiqarganidan afsuslandi. U Doniyorni qutqarish yo'lini topishga harakat qildi. Afsuski, kechqurun u xizmatkorlariga Doniyorni sherlarga tashlashni buyurishi kerak edi. Kechasi shoh uxlay olmadi.
Erta tongda shoh sherning xandaqiga shoshildi. U afsus va qo’rquv bilan chaqirdi: “Doniyor, Doniyor, Xudo seni qutqardimi?”.
Doniyor butun tunni shafqatsiz sherlar bilan o'tkazdi. U javob berdi: “Ey shoh, Xudo sherlarning og'zini yopgani O’z farishtasini yubordi. She’rlar menga zarar yetkazmadilar”.
Shoh qanchalik xursand edi! U xizmatkorlarga Doniyorni xandaqdan olib chiqishni va uning o’rniga fitna qilgan odamlarni tashlashni buyurdi. Sherlar darhol ularni o'ldirishdi va barcha suyaklarini sindirishdi yeb qo’yishdi.
Shoh shunday dedi: “Hamma Doniyorni qutqargan Xudodan qo'rqishi kerak. U haqiqiy Xudo”.
SAVOL JAVOB:
1. Doniyor kuniga uch marta nima qildi?
(Doniyor kuniga uch marta Xudoga ibodat qildi)
2. Shoh sherlar Doniyorga zarar yetkazishini xohlarmidi?
(Yo'q, shoh Doniyorni qutqarishga urindi)
3. Nega sherlar Doniyorni yeb tashlamadilar?
(Xudo sherlarning og'zini yopgan farishtasini yubordi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Xudoyim farishtasini yubordi” (Doniyor 6:22).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































