29. ELISHAYNING XIZMATI
4 Shohlar 2-13

Bo'yash uchun rasm. chizish 29 (skachat) | PDF kitob va RUS
Elishay Xudoning payg'ambari edi. Odamlar muammoga duch kelganlarida, ular tez-tez Elishaydan maslahat olish uchun kelishardi.
Bir kuni odamlar Elishayga buloqdagi yomon suv haqida shikoyat qilishdi. Elishay ularning bulog’iga tuz tashladi va Xudo suvni ichish va yerni sug'orish uchun toza qildi.
Jangdan oldin shoh Elishay bilan maslahatlashish uchun keldi va payg'ambar shohga Xudo aytganlarini yetkazdi. Keyin Xudoning xalqi jangda g'alaba qozondi.
Bir beva ayolning ikkita o'g'li bor edi. Bir kishi o'g'illarini undan olib qo’ymoqchi bo’ldi, chunki ayol unga pul berolmagandi. Beva ayolda ozgina yog ' bor edi va Elishay unga qo'shnilaridan juda ko'p idishlarni qarzga olishni, keyin eshikni yopishni va har bir idishga ozginadan yog' quyishni maslahat berdi. Xudo shunday qildiki, barcha idishlarni to'ldirish uchun yetarli yog ' berdi. Ayol moyni sotib qarzlarini to'ladi. Unda yana pul ham qoldi. Elishayga itoat qilgani uchun, Xudo unga yordam berdi.
Boshqa bir ayol tez-tez Elishayga ovqat yuborardi. Elishay o'z shahriga kelganida dam olish uchun eri bilan xona tayyorladi. U yerda: to'shak, stol, stul va sham bor edi. Bu odamlar Ilyos payg'ambarga mehribon edilar, shuning uchun Xudo ularga o’g’il berdi, chunki ular uzoq vaqt farzandli bo'lmagan edilar. Bola kasal bo'lib vafot etganida, ular bu haqda Elishayga habar berishdi. Elishay ibodat qildi va Xudo bolani yana tiriltirdi.
Oziq-ovqat yetishmaganda va odamlarning ovqatlari yeyishga yaroqsiz bo’lib qolganda, Elishay yegulikka ozgina un tashladi va Xudo bu taomni mazali qildi.
Boshqa mamlakatda moxov bilan kasallangan No’mon ismli taniqli odam yashardi. Xotinining xizmatkori unga Xudoning payg'ambari haqida gapirib berdi va No’mon Elishayning oldiga keldi. Elishay unga Iordan daryosida yetti marta yuvinishi kerakligini aytdi. No’mon itoat qildi va shifo topdi. U payg'ambarga sovg'alar bermoqchi edi, lekin Elishay ulardan voz kechdi, chunki Xudo moxovni No’monning tanasidan olib tashlaganini bilar edi.
Elishay shunday qildiki, temir bolta tasodifan daryoga qulab tushganda, suv yuzida paydo bo'ldi. U ko'p marta odamlarga yordam berdi va ajoyib ishla qildi, chunki Xudo u bilan birga edi. U Xudoni sevdi va butun umri davomida unga xizmat qildi.
SAVOL JAVOB:
1. Elishay qanday ajoyib ishlarni qildi?
(To'g'ri javob ko’p)
2. Bir kishi beva ayolning ikki o'g'lini olib ketdimi?
(Yo'q, Xudo unga pul to'lashga yordam berdi)
3. No’mon qaysi daryoda yuvindi?
(No’mon Iordan daryosida yuvindi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Egangiz Xudoni ulug’lang” (Yeremiyo 13:16).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































