20. SHOMUILNING YOSHLIGI

Bo'yash uchun rasm. chizish 20 (skachat) | PDF kitob va RUS
Elax Isroilda ruhoniy bo'lib, Shilo’dagi Xudoning uyida yashardi. Odamlar u yerga ibodat qilish uchun kelishardi.
Bir kuni Elax Xanna ismli ibodat qilayotgan ayolni ko'rib qoldi. U farzand ko'rmayotganidan qayg’uda edi. Xanna, agar Xudo unga farzand bersa, uni Xudoga bag’ishlayman, deb va'da berdi.
Elax Xannaning yig'layotganini ko'rib, uning qayg'usi nima ekanligini so'radi. U javob berdi: “Men barcha qayg'ularimni Xudoga aytdim”.
Elax: “Eson-omon bor. Xudo sening ibodatinga javob beradi,”- dedi.
Xanna eri bilan uyiga ketdi va Xudo uning ibodatiga javob berdi. Xudo ularga farzand ato etdi, uning ismini Shomuil deb qo’yishdi.
Xanna va'dasini bajardi va Shomuil katta bo'lganida, ota-onasi uni Elaxning oldiga olib kelishdi. Xanna: “Xudo mening ibodatlarimga javob berdi va Shomuil Xudoga tegishli,”- dedi. Shomuil Elax bilan qoldi. Har yili Xanna Shomuilga yangi kiyim tikib, ibodat qilish uchun kelganida uni olib kelardi.
Elax keksayim qolgandi, Shomuil esa unga yaxshi yordamchi bo'ldi.
Bir kuni Shomuil uxlab yotganida, uni bir ovoz: “Shomuil,”- deb chaqirdi. U Elax uni chaqirdi deb o'yladi va uning oldiga kelib: “Men shu yerdaman,”- dedi. Ammo Elax: “Men seni chaqirmadim. Borib yot,”- dedi.
Shomuil yana yotog'iga borib yotdi. Shomuil yana ikki marta kimdir uning ismini aytib chaqirganini eshitdi. Va har safar u Elaxning oldiga bordi, lekin Elax uni chaqirmagandi. Keyin Elax dedi: “Agar sen yana shu ovozni eshitsang, javob berib: “Gapiraver, ey Egam quling tinglayotir,”- degin.
Shomuil Elax aytganday qildi. Shunda Xudo Shomuilga gapirdi. Xudo Shomuilga Elax va uning o'g'illarini jazolashini aytdi, chunki Elax o'g'illarini yomonlik qilganda to'xtatmadi.
Ertalab Shomuil o'rnidan turib, Xudon uyining eshiklarini ochdi. Elax Shomuildan Xudo nima deganini so'raganda, Shomuil unga eshitgan hamma narsani aytib berdi.
Tez orada urush boshlandi va Elax ikki o'g'li o'ldirildi. Elax o'z o'limi haqida eshitib, yiqilib, bo'ynini sindirib oldi va vafot etdi.
Shomuil esa Isroilda yangi hakam bo'ldi. U odamlarni Xudoga itoat qilishga o’rgatdi, Xudo esa u bilan birga edi.
SAVOL JAVOB:
1. Xudo Xannaning ibodatiga javob berdimi?
(Ha, Xudo unga farzand berdi)
2. Xanna Xudoga bergan va'dasini bajardimi?
(Ha, Xanna Shomuilni Xudoning uyiga olib borib, u erda qoldirdi)
3. Bir kuni kechasi Shomuilni kim chaqirdi?
(Xudo Shomuilni chaqirdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Gapiraver, ey Egam quling tinglayotir” (1 Shohlar 3:9).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар



































































































































































