2. DUNYONING YARALISHI
Ibtido 1,2
Bo'yash uchun rasm. chizish 2 (skachat) | PDF kitob va RUS
Qadimda, ko’p yillar avval, bunday go’zal olam, odamlar yo'q edi. Yer yuzini zulmat qoplagan edi.
Xudo osmonda edi. U yer va osmonni yaratishga qaror qildi. Bularning barchasini yo'qdan bor qildi. U hamma narsani olti kunda yaratdi.
Xudo amr qildi va bu so'zdagi barchasi paydo bo'ldi. U: “Yorug'lik bo'lsin,”- dedi va yorug'lik paydo bo’ldi. Xudo yorug'likni kun, qorong'ulikni esa tun deb atadi. Bu birinchi kuni sodir bo'ldi.
Ertasi kuni Xudo bir so’z bilan go'zal moviy osmonni, osmonda esa oppoq bulutlarni yaratdi.
Uchinchi kun esa suvlarga bir joyga yig'ilishni buyurdi. Shunday qilib daryolar, dengizlar va okeanlar orasida quruq yer hosil bo’ldi. Ammo yerda hech narsa o’smas edi. Shunung uchun Xudo o'simliklarni yaratdi. Yashil o’tlar, chiroyli gullar, mevali daraxtlar va har xil o’simliklar o’sib chiqdi. Hammasi yaxshi edi, lekin Xudo O’z ishini tugatmagan edi.
Keyingi kuni Uning amri bilan musaffo osmonda quyosh charaqladi. Kechasi esa oy va yulduzlar porladi. Yer va osmon kechayu kunduz go’zal edi.
Beshinchi kuni Xudo baliq va qushlarni yaratdi. Ulkan nahanglar va mayda oltin baliqlar suvda suzishni boshladi. Atrofda ulkan qushlardan tortib mayda qushlargacha uchib yurardi. Boyqushlar, tovuslar, kaptarlar paydo bo’ldi.
Nihoyat, oltinchi kuni, Xudo hayvonlarni yaratdi. Katta kulrang fillar va kichik hayvonlar paydo bo’ldi. Turli xil hayvonlar juda ko’p edi, lekin hali odam yo’q edi.
Shunday qilib, Xudo yerdan bir oz tuproq olib, odamni yaratdi. Uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Xudo insonga Odam Ato deb nom berdi. U odamga yordamchi kerakligini bilar edi. Keyin Xudo
Odamni uxlatib, uning bir qovurg’asidan olib, unga yordamchi bo'lish uchun ayolni yaratdi.
Xudo yaratgan hamma narsaga qaradi. Hamma narsa ajoyib edi. Yettinchi kuni Xudo dam oldi. U go'zal dunyoning yaratilishini tugatdi.
SAVOL JAVOB:
1. Xudo amr qilganda nima sodir bo’ldi?
(Nimani amr qilgan bo’lsa, paydo bo’ldi)
2. Tunda yorug’lik bo’lishi uchun Xudo nimani yaratdi?
(Tunda yoritib turishi uchun Xudo oy va yulduzlarni yaratdi)
3. Xudo tuproqdan nimani yaratdi?
(Xudo tuproqdan Odam Atoni yaratdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi” (Ibtido 1:1).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар