19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
Bo'yash uchun rasm. chizish 19 (skachat) | PDF kitob va RUS
Hakamlar hukmronligi davrida Isroilda ocharchilik boshlandi, chunki yer yomon hosil berdi. Elimalek ismli bir kishi xotini Naima va ikki o'g'li bilan hosil yetishmasligi sababli o’z uyini tark etib, boshqa yerga yo'l oldi.
Bu erda Naimaning eri vafot etdi va uning ikki o'g'li Rut va O’rpa ismli xotinlarini olib ketishdi. Biroq, bir necha yil o'tgach, o'g'illari ham vafot etdilar. Bundan Naima juda qattiq qayg’uga botdi. U Baytlahmga uyga qaytishga qaror qildi, chunki Xudo yaxshi hosil yuborgani va odamlar allaqachon ko'proq ovqatga ega bo'lganligi haqida xabar keldi.
O’rpa va Rut Naimani yaxshi ko'rishardi, u bilan birga borishga qaror qilishdi. Ammo Naima: “Siz ota-onangiz bilan o'z yeringizda qolganingiz ma'qul,”- dedi. Keyin O’rpa oilasi bilan qoldi.
Ammo Rut Naimani juda yaxshi ko'rardi va so'radi: “Iltimos, meni siz bilan borishimga ijozat bering. Men siz yashaydigan joyda yashashni xohlayman. Sizning xalqingiz mening xalqimga aylanadi. Sizning Xudoyingiz mening Xudoyim bo'ladi”. Naima unga ruxsat berdi.
Ular Baytlahmga arpa yig'im-terimiga kelishdi. Rut Naimaga yordam bermoqchi edi. U so'radi: “Dalalardan bug’doy boshoqlarini terib kelsam maylimi?”. Naima rozi bo'ldi.
Rut Bo’az ismli yaxshi bir odamning dalasiga keldi. Bo’az Rutni ko'rib, xizmatkoridan u haqida so'radi. Xizmatkor javob berdi: “Bu Naima bilan birga kelgan ayol. U yaxshi ishchi”.
Boaz Rut bilan uchrashdi va: “Siz mening dalalarimda qolishingiz va har kuni ishlashingiz mumkin,”- dedi. Bo’az o'z xizmatkorlariga Rutni hurmat qilishni buyurdi, chunki Rut Naimaga qanchalik yaxshi munosabatda bo'lganini ko'rdi. U Rutga yordam berdi va unga ozuqa berdi. Rut buning uchun minnatdorchilik bildirdi, endi Naimaga ko'proq ovqat olib ketayotgandi.
Shundan so’ng Bo’az Rutni sevib qoldi va unga uylandi. Xudo ularga o’g’il berdi, uning ismini Obid qo’ydilar. Naima Rutning o’g’lini boqib, uni tarbiyalashdan xursand edi.
Obid o'sib ulg'ayganida, u oxir-oqibat Shoh Dovudning otasi bo'lgan Essay ismli o'g'ilni ko'rdi. Xudo: “Najotkor Shoh Dovudning oilasidan tug'iladi,”- dedi.
SAVOL JAVOB:
1. Naima nimadan qayg’uga botdi?
(Uning eri va ikki o'g'li vafot etdi)
2. Rut qanday ishchi edi?
(Rut yaxshi ishchi edi)
3. Bo’azning rafiqasi kim bo'ldi?
(Rut Bo’azning rafiqasi bo'ldi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“Sendan umid qilaman…” (Zabur 55:12).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар