18. SHIMSHO'N
Hakamlar 13-16
Bo'yash uchun rasm. chizish 18 (skachat) | PDF kitob va RUS
Bir paytlar Xudoning xalqi yomonlik qilganlarida, Xudo Filistlarga ularni jazolashiga qo’yib berdi. Ammo Xudo hali ham o'z xalqini sevardi. U bir ayolga va uning eriga O’z farishtasini yubordi. Farishta shunday dedi: “Siz o'g'il farzandli bo’lasizlar. Siz hech qachon o'g'lingizning sochlarini kesmasligingiz kerak, chunki uning uzun sochlari uning Xudoga tegishli ekanligidan dalolat beradi. U Isroil xalqini filistlardan qutqaradi”.
Bu odam va uning rafiqasi farishtaga ishonishdi. Xudo ularga Shimsho'n ismli o’g’il berdi. Shimsho'n ulg'aygach, Isroil xalqiga hakam bo'ldi.
Bir kuni sher, bo'kirib, Shimsho'nga yaqinlashdi. Xudo unga kuch berdi-Shimsho'n sherni o'z qo'li bilan o'ldirdi.
Kunlardan bir kuni Shimsho'n uch yuzta tulkini ushladi. U yonayotgan mash'alalarni dumlariga bog'lab qo'ydi va tulkilarni Filistlar dalalariga qo'yib yubordi, keyin esa tulkilarning dumlarida yonayotgan olov dalalardagi hosilni yoqib yubordi.
Bir kuni Shimsho'n eshakning jag'ini topib oldi. Xudo shu jag’ bilan mingta Filistni o'ldirishiga yordam berdi. Keyin u jag'ni tashlab yubordi. G'alabasidan keyin Shimsho'n shunday chanqaganki, u tashnalikdan o'lay dedi. Xudo Shimsho'nni tashnalikdan qondirish uchun bir buloq hosil qildi.
Bir kuni Shimsho'n Filistlar shaharlaridan birida edi. Shahar darvozalarida uni ertalab qo'lga olish uchun pistirma kutib turardi. Ammo yarim tunda Shimsho'n shahar darvozalariini yondonlari bilan sug’urib oldi-da, tog’ cho’qqisiga olib chiqdi. Xudo unga kuch berdi.
Shundan so'ng, Shimsho'n nima uchun bunchalik kuchli ekanligini aniqlashga harakat qilgan ayolni sevib qoldi. Oxir-oqibat u unga kuch sochlarida ekanligini aytdi. Keyin, Shimsho'n uxlab yotganida, bu ayol bir kishiga Shimsho'nning sochlarini qirqishini aytdi. Shimsho'n uyg'onganida, u endi kuchli emas edi. Shimsho'n Xudoga itoatsizlik qildi, Filistlar uning ko'zlarini o’yib, qamoqqa tashladilar.
Keyin Filistlar Shimsho'nning ustidan kulmoqchi bo’lib va uni odamlar bilan to'la uyga olib kelishdi. Shimsho'nning esa bu vaqtga kelib sochlari yana o'sib, uzun bo'lib qolgan edi. U uy ustunlarni ushlab turardi va Xudodan yordam so'rab iltijo qildi. Keyin u ustunlarni o’rnidan siljitib yubordi va uy qulab tushdi. Shimsho'n Xudoga itoat qilganidagina kuchli edi.
SAVOL JAVOB:
1. Xudo Shimsho'nning sochlarini qirqishini xohlarmidi?
(Yo'q, Xudo Shimsho'nning itoat etishini xohlardi)
2. Shimsho'n kimning jag'I bilan jang qildi: tulki yoki eshakmi?
(Shimsho'n eshakning jag'i bilan jang qildi)
3. Shimsho'n qaysi payt katta shahar darvozasini olib ketdi?
(Shimsho'n yarim tunda darvozani olib ketdi)
ESLAB QOLISH UCHUN MUQADDAS KITOBDAN OYAT:
“…Uning buyuk qudrati sizni baquvvat qilsin” (Efesliklar 6:10).
“MUQADDAS KITOB HIKOYALARI” VA
“MUQADDAS KITOB RASMLARI” DAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?
Bola jim o'tirishni va tinglashni o'rganishi kerak, ota-onalardan biri unga Muqaddas Kitob hikoyasini o'qib bersin. Bolaga rasmlarni bo’yashga berishdan oldin, o'qilgan hikoya haqida savollar bering va rasmga tegishli bo’lgan voqeani birga muhokama qiling.
Har bir hikoyadan keyin bir nechta savollar berilgan, lekin biz ota-onalarga voqeani batafsilroq muhokama qilishni maslahat beramiz, o'z savollaringizni ham qo'shing. Agar kerak bo'lsa, bolaga yordam berish uchun hikoyaning alohida qismlarini qayta o'qing va javoblarni toping. "Kim", "nima", "qachon","qayerda","nima uchun" va "qanday qilib" so'zlari bilan boshlanadigan savollar bolaning dunyoqarashini kengaytirishga va so'z boyligini oshirishga yordam beradi. Bola har bir rasmda kim yoki nima tasvirlanganligini tushuntirishni o'rganish kerak.
Muqaddas Kitob oyatini kun davomida o'rganishi va takrorlashi mumkin. Takrorlash-bu ta'limotning boshidir.
* * * * *
MUNDARIJA
ESKI AHD
1. MUQADDAS KITOB - XUDONING TUHFASI
2. DUNYONING YARALISHI
3. GUNOHNING KIRIB KELISHI.
4. QOBIL VA HOBIL
5. NUH VA TO’FON
6. IBROHIMNING IMONI
7. LUTNING TANLOVI
8. IS'HOQNI QURBONLIKKA OLIB KELINISHI
9. YOQUB VA ESOV
10. YUSUF
11. YUSUFNING YUKSALISHI
12. AYUB
13. SAVATDAGI CHAQALOQ MUSOg
14. MUSO O'Z XALQINING YO’LBOSHCHISI
15. XUDO XALQINING SAYOHATI
16. YOSHUA
17. GIDO’N
18. SHIMSHO'N
19. RUTNING NAIMAGA BO'LGAN SEVGISI
20. SHOMUILNING YOSHLIGI
21. SHOUL-BIRINCHI SHOH
22. CHO'PON DOVUD
23. DOVUD SHOH TAXTIDA
24. SULAYMON TOMONIDAN MA'BAD QURILISHI
25. IKKI SHOH
26. ILYOS-XUDONING ODAMI
27. XUDO SHOH AXABNI JAZOLAYDI
28. ILYOSNING KO'TARILISHI
29. ELISHAYNING XIZMATI
30. YUNUSNING CHAQIRUVI
31. XUDOGA ITOATKOR IKKI SHOH
32. YEREMIYO PAYG'AMBAR VA VOIZ
33. TO'RT SODIQ INSON
34. DONIYOR IMONINING SINOVI
35. QIROLICHA ESTER VA UNING XALQI
36. XUDONING XALQINI QAYTISHI
YANGI AHD
37. IKKI CHAQALOQ
38. BAYTLAHM YULDUZI
39. MA'BADDAGI ISO
40. ISO XIZMATINING BOSHLANISHI
41. SHOGIRDLARNING TANLANISHI
42. SHOLNING SOG’AYISHI
43. HOVUZ YONIDAGI MO’JIZA
44. ISO BO'RONNI TINCHLANTIRADI
45. YAIRNING QIZI
46. SHOGIRDLAR IMONINING SINALISHI
47. MEHRIBON SAMARIYALIK
48. MARIYA, MARTA VA LAZAR
49. XUDO HAR BIR INSONNI SEVADI
50. O'N MOXOV
51. ISO BOLALARNI DUO QILADI
52. ZAKKAYNING ISO BILAN UCHRASHUVI
53. OXIRGI KECHLIK
54. ISONING XOCHDAGI O'LIMI
55. ISONING OSMONGA QAYTISHI
56. BUTRUS ODAMLARGA SHIFO BERADI
57. BUTRUSNING MO’JIZAVIY OZOD BO’LISHI
58. PAVLUSNING VA'ZLARI VA SAYOHATLARI
59. PAVLUSNING MAKTUBLARI
60. SAMODAGI BAXTLI UYIMIZ
Bo'yash uchun rasmlar. (60 Rasm) Muqaddas kitob hikoyalari. Matn va rasmlar muallifi – (Marta Rorer)
Bolalar uchun rasm, bolalar bo'yash uchun rasmlar, rasmini chizish, rasm chizish, rasmlar chizish, yangi yil chizish, rasmlari chizish, qorbobo chizish, chizish uchun rasmlar, chiroyli chizish, chizish uchun rasm, bo'yash uchun rasmlar skachat, o'g'il bolalar uchun glavniga rasmlar, chizish uchun chiroyli va oson rasmlar, bolalar uchun oson rasm chizish, bog'cha uchun rasmlar, bolalar uchun rasmlar chizish, Bolalar uchun rasm chizish to'plami, болалар учун расмлар