Мукаддас Китобдан болалар учун хикоялар 2 bob

Муқаддас Китобнинг Ойдин Ҳикоялари ўзбек тилида.

 

2. Дунёда гуноҳ пайдо булмоқда



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #1

1.) Одам Ато ва унинг хотини Худо улар учун яратган гўзал боғда яшардилар. Улар кийим киймасдилар ва бундан уялмасдилар, чунки у даврда дунёда гуноҳ йуқ эди. Улар боғ бўйлаб сайр қилардилар ва Худо билан мулоқот қилиб яшардилар.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #2

2.) Лекин боғда Худо яратган ҳайвонлар орасида илон ҳам бўлиб, у анча айёр эди. Бир куни у аёлдан: “Ҳақиқатан ҳам Худо сизларга боғдаги барча дарахтларнинг меваларидан ейишни тақиқладими?” — деб сўради.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #3

3.) Аёл жавобан: “Худо бизларга яхшилик ва ёмонликни билиш дарахти меваларидан ташқари барча дарахтларнинг меваларини ейишга ижозат берди. Худо биз у дарахтнинг мевасини есак ёки ҳатто унга тегинсак, дарҳол ўлишимизни айтди” — деди.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #4

4.) Илон аёлга жавоб қайтарди: “Ёлғон! Ўлмайсизлар. Сизлар бу мевани еганингиздан сўнг Худо каби бўлишингизни, яхшилик ва ёмонликни тушуна олишингизни У билади”.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #5

5.) Аёл бу мева чиройли ва ёқимли эканлигини кўриб, уни узди ва еди. Кейин мевани эрига берди, у ҳам еди.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #6

6.) Шу заҳоти Одам Ато ва унинг хотини ҳамма нарсани ўзгача кўришни бошладилар ва яланғоч эканликларини тушундилар. Шунда улар ўзларини баргдан ясалган ёпинчиқ билан ёпишга ҳаракат қилдилар.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #7

7.) Майин шабада пайтда Одам Ато хотини билан Худонинг боғда юрганини эшитиб, беркиниб олишди. Худо Одам Атони чақирди: “Одам, сен қаердасан?” Одам Ато деди: “мен Сени боғда юрганингни эшитиб, қўрқиб кетдим ва яланғоч бўлганим учун яшириниб олдим”.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #8

8.) Шунда Худо сўради: “Ким сенга яланғочсан деб айтди? Ёки Мен сенга тақиқлаган дарахтнинг мевасидан едингми?” Одам эса: “Сен берган хотин менга бу мевани берди”, деди. Шунда Худо аёлдан сўради: “Нима учун сен бундай қилдинг?” “Мени илон алдади”, деб жавоб берди аёл.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #9

9.) Худо илонга деди: “Сен энди лаънатисан — сен ерда судралиб юриб тупроқ ейсан. Сен ва хотин душман бўласизлар. Авлодларингиз ҳам бир бирига душман бўлади. Сен аёл авлодини товонидан чақасан, у эса сенинг бошингни янчади”.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #10

10.) Сўнг Худо аёлга деди: “Сенинг ҳомиладорлигингни азобли, туғишингни жуда оғриқли қиламан. Сен эрингни бошқаришга интиласан, лекин у сенга бош бўлади”.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #11

11.) Кейин Худо эркакка деди: “Сен хотинингнинг гапига қулоқ солдинг, Менга эса қулоқ солмадинг. Энди ер сен туфайли лаънатланади, ундан ҳосил олиш учун машаққат билан меҳнат қилишинг керак. Сўнг ўласан ва сенинг тананг ерга қайтади”. Эркак ўз хотинига Момо Ҳаво деб исм берди, бу исм “ҳаёт берувчи” маъносини англатади, чунки у барча одамларнинг онаси бўлиши керак эди. Худо Одам Ато ва Момо Ҳавони ҳайвон терисидан ясалган кийимлар билан кийинтирди.



OBS Bible. Bolalar uchun kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil #12

12.) Сўнг Худо деди: “Энди инсонлар биз каби яхшилик ва ёмонликни биладиган бўлдилар. Улар ҳаёт дарахти мевасинидан ҳам еб, абадий яшамасинлар”. Шунинг учун Худо Одам Ато ва Момо Ҳавони боғдан ҳайдаб, кираверишга қудратли фаришталарни қўйди, токи ҳеч ким ҳаёт дарахти меваларидан ея олмасин.


Муқаддас Китоб ҳикояси Ибтидо 3 дан олинган


 

Муқаддас Китобнинг Ойдин Ҳикоялари ўзбек тилида.
Ҳикоялар китоби: 1. Таврот - Одам Ато, Нуҳ, Иброҳим, Исҳоқ, Исмоил, Мусо. 2. Забур - Довуд. 3. Инжил - Исо.

Muqaddas Kitobning Oydin Hikoyalari o‘zbek tilida.
Hikoyalar kitobi: 1. Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. 2. Zabur - Dovud. 3. Injil - Iso.


 

2:4 Osmon bilan yer — 1:1 izohiga qarang.
2:6 …suv chiqib… — yoki …bug‘ ko‘tarilib….
2:7 odam — ibroniycha matndagi odam (adam) va tuproq (adama) so‘zlari ohangdoshdir.
2:12 marvarid — yoki xushbo‘y yelim.
2:13 Kush — ibroniycha matnda Kush so‘zi odatda Misrdan janubda joylashgan yerlarni bildiradi. Bu yerlar hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi. Biroq bu oyatda hozirgi Eronning g‘arbidagi yerlar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
2:23 …Xotin…erkakdan… — ibroniycha matndagi xotin (isha) va erkak (ish) so‘zlari

1 Shunday qilib, osmon bilan yer hamda ulardagi jamiki narsalar yaratildi.
2 Yettinchi kuni Xudo barcha yaratish ishlarini bitirib, dam oldi.
3 Xudo yettinchi kuni hamma ishlaridan dam olgani uchun bu kunni muborak qildi, uni muqaddas deb boshqa kunlardan ajratdi.
4 Osmon bilan yerning* yaratilishi ana shulardan iboratdir. Parvardigor Egamiz osmon bilan yerni yaratgan paytda
5 yer yuzida na biron o‘t, na biron giyoh ungan edi. Chunki Parvardigor Egamiz hali yerga yomg‘ir yog‘dirmagan, yerga ishlov beradigan biron kimsa yaratmagan edi.
6 Lekin yer ostidan suv chiqib*, butun yer yuzini sug‘orardi.
7 Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprog‘idan odamni* yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik jon bo‘ldi.
8 Parvardigor Egamiz sharqda — Adan degan joyda bog‘ barpo qilib, O‘zi yaratgan odamni o‘sha boqqa qo‘ydi.
9 Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o‘stirdi. Bog‘ning o‘rtasida esa hayot daraxtini va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini o‘stirdi.
10 Adandan bir daryo oqib kelib, bog‘ni sug‘oradi va o‘sha yerda to‘rt irmoqqa bo‘linadi.
11 Birinchi irmoqning nomi Pishon bo‘lib, butun Xavila yeri bo‘ylab oqadi. Bu joyda oltin bor.
12 O‘sha yerning oltini juda ham tozadir. U yerda marvarid* va aqiq toshlar ham bor.
13 Ikkinchi irmoqning nomi Gixo‘n bo‘lib, butun Kush* yeri bo‘ylab oqadi.
14 Uchinchi irmoqning nomi Dajla bo‘lib, Ossuriya shahrining sharqidan oqib o‘tadi. To‘rtinchi irmoqning nomi Furotdir.
15 Shunday qilib, Parvardigor Egamiz, bu odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin deb, uni Adan bog‘iga joylashtirdi.
16 Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: “Sen bog‘dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol yeyaver.
17 Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, o‘lasan.”
18 So‘ngra Parvardigor Egamiz: “Odamning yolg‘iz bo‘lishi yaxshi emas, unga munosib sherik yarataman”, dedi.
19 Shunday qilib, U tuproqdan har xil hayvonlarni va har xil qushlarni yaratdi. “Bu jonivorlarni odam ko‘rib qanaqa nom berarkin”, deya ularni odamning oldiga olib keldi. Odam har bir jonivor uchun nom tanladi.
20 Odam hamma chorvaga, qushlarga va yovvoyi hayvonlarga nom berdi. Lekin hamon odamga munosib sherik yo‘q edi.
21 Shu boisdan Parvardigor Egamiz uni qattiq uxlatib qo‘ydi. Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurg‘asidan bittasini olib, o‘rnini berkitib qo‘ydi.
22 Parvardigor Egamiz odamning qovurg‘asidan xotin kishini yaratdi va uni odamning oldiga olib keldi.
23 Shunda odam aytdi: “Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo bo‘lgan suyakdir, Mening etimdan yaralgan etdir. U Xotin deb atalgay, Chunki u erkakdan* yaratilgandir.”
24 Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar.
25 Odam bilan xotini qip–yalang‘och yurardilar, bir–birlaridan uyalish hissini sezmasdilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18