Muqaddas Kitob

Filimo‘nga maktub

1. Iso Masihga qilgan xizmatim tufayli qamoqda bo‘lgan men — Pavlusdan hamda birodarimiz Timo‘tiydan sevikli hamkorimiz Filimo‘nga salom!
2. Singlimiz Affiya bilan safdoshimiz Arxippga, shuningdek, xonadoningda yig‘ilib turadigan imonlilar jamoatiga ham salom yo‘llaymiz.
3. Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
4. Ey Filimo‘n, men ibodat qilganimda seni eslab, har doim Xudoyimga shukr aytaman.
5. Chunki sening Rabbimiz Isoga bo‘lgan imoning va barcha aziz birodarlarga bo‘lgan muhabbating haqida eshitib turibman.
6. Ibodatim shuki, bizniki bilan bir bo‘lgan imoning Iso Masih nomi uchun qilishimiz kerak bo‘lgan yaxshiliklarni chuqurroq tushunishingga olib kelsin.
7. Birodarim, sen tufayli birodarlarning ko‘ngli tinch. Sening mehr-muhabbating menga katta sevinch va tasalli berdi.
8. Filimo‘n, sen ham, men ham Masihga ishonamiz. Shuning uchun men jasorat bilan senga o‘z burchingni bajargin, deb buyursam bo‘lardi.
9. Ammo sen meni yaxshi ko‘rganing uchun iltimos qilishni afzal ko‘rdim. Iso Masih tufayli qamoqda bo‘lgan, yoshi o‘tib qolgan, men, Pavlus,
10. mahbusligimda imon orqali menga o‘g‘il bo‘lib qolgan O‘nisim uchun sendan iltimos qilyapman.
11. O‘nisim bir vaqtlar senga foydasiz edi. Endi esa u senga ham, menga ham foydalidir.
12. Ko‘zimning oqu qorasiday bo‘lib qolgan O‘nisimni sening oldingga qaytarib yubordim.
13. Men Xushxabarni targ‘ib qilganim uchun qamoqda yotibman. O‘nisimning yonimda qolishini, sening o‘rningga menga xizmat qilishini xohlar edim.
14. Ammo sening roziligingsiz hech bir ish qilishni xohlamadim, chunki sening iltifotingni majburiy emas, balki ixtiyoriy bo‘lishini istadim.
15. Balki, sen O‘nisimni abadiy qaytarib olishing uchun u sendan vaqtinchalik ajralgandir.
16. Endi u senga faqatgina qul emas, balki quldan yuqori, sevikli birodaringdir. Men uni juda qadrlayman. Ishonchim komilki, u senga ham qul sifatida, ham Rabbimiz Iso orqali birodaring sifatida yanada qadrliroqdir.
17. Agar sen meni Rabbimiz xizmatidagi safdoshing, deb bilsang, O‘nisimni meni qabul qilganday qabul qilgin.
18. Mabodo u senga zarar keltirgan bo‘lsa yoki sendan qarzdor bo‘lsa, buni mening zimmamga yukla.
19. Men, Pavlus, quyidagini o‘z qo‘lim bilan yozyapman: men qarzingni to‘layman. Sen o‘z hayoting uchun mendan qarzdor ekanligingni aytishimning esa hojati yo‘q.
20. Ha, birodarim, Rabbimiz Iso tufayli mendan bu iltifotingni ayama! Masih haqi–hurmati jonimga oro kirgin!
21. Sen mening so‘zlarimga quloq solib, aytganlarimni qilasan, ha, bundan ham ko‘prog‘ini bajarasan, deb ishonganim uchun bularni yozdim.
22. Bundan tashqari, menga biror turar joy ham tayyorlab qo‘ygin. Chunki Xudo ibodatlaringizni eshitib, meni yana sizlarning oldingizga qaytarishiga ishonaman.
23. Men bilan birga Iso Masih nomi uchun mahbus bo‘lgan Epafras,
24. hamkorlarim Mark, Aristarx, Dimas, Luqo senga salom yo‘llayaptilar.
25. Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
YouTube.com/@UzAudioKitob

Audiokitoblar Uzbek tilida

Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


MakDonaldning sharhlari kitob
Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18