Muqaddas Kitob

Yahudoning maktubi

1. Iso Masihning quli va Yoqubning ukasi men — Yahudodan, Xudoning xalqi bo‘lishga da’vat qilingan birodarlarga salom! Otamiz Xudo sizlarni Iso Masihning kelishiga qadar O‘z mehr–muhabbati panohida omon saqlaydi.
2. Xudo sizlarga cheksiz marhamat, tinchlik va mehr–oqibat ato qilsin.
3. Sevimli birodarlarim, men sizlarga hammamiz birgalikda bahra olayotgan najotimiz haqida yozishni juda xohlagan edim. Ammo buning o‘rniga sizlarni: “Imonimizni himoya qilaylik”, deb undamoqchiman. Axir, Xudo bu o‘zgarmas imonni aziz xalqiga to abad topshirgan.
4. Gap shundaki, ba’zi betavfiq odamlar orangizga o‘g‘rincha kirib olibdilar. Ular, o‘z axloqsizligini oqlash uchun, Xudoyimizning inoyati haqidagi xabarni buzib o‘rgatyaptilar. Yagona Xo‘jayinimiz va Rabbimiz Iso Masihni rad etyaptilar. O‘sha betavfiqlarning jazosi azaldanoq yozilgandir.
5. Bunday odamlarning qismati nima bo‘lishini o‘zlaringiz yaxshi bilasizlar. Bularni sizlarga yana bir bor eslatmoqchiman: Egamiz O‘z xalqi Isroilni Misrdagi qullikdan qutqargandi. Keyinroq esa ishonmagan odamlarni halok qilgan edi.
6. Shuningdek, o‘z mavqeiga yarasha ish tutmay, makonini tashlab ketgan farishtalarni ham Egamiz qorong‘i–zimistonga abadiy zanjirband qilgandi. Ularni buyuk qiyomat kunigacha o‘sha yerda saqlab turibdi.
7. O‘sha farishtalar singari Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlari, shuningdek, bular atrofidagi barcha shaharlar aholisi ham notabiiy buzuq ehtiroslarga va shahvoniy hirsga berilgan edilar. Natijada esa abadiy o‘tda kuyib, o‘z jazosini olganlar. Ularning qismati hammaga saboq bo‘ldi.
8. Shunga qaramay, oramizga kirib olgan betavfiqlar o‘z vahiylariga tayanib, badanlarini harom etyaptilar. Xudoning hokimiyatini rad etib, samoviy mavjudotlarni haqorat qilyaptilar.
9. Esingizda bo‘lsa, bosh farishta Mikoil iblis bilan Musoning jasadi haqida bahslashgandi. Ammo Mikoil shunda ham iblisni haqoratlab, hukm qilishga jur’at etmadi, u Xudoning hokimiyatini e’zozlagan holda, faqat: “Egamning O‘zi seni hukm qilsin”, — deb aytgan edi, xolos.
10. O‘sha betavfiqlar esa Xudoning qonunini tushunmaydilar, tushunmaganlari uchun ham o‘sha qonunni mensimaydilar. Ular o‘zlarini ongsiz hayvonlarday tutib, ehtiroslarga berilib yashashdan boshqa hech narsani bilmaydilar. Buning natijasida halokatga yo‘liqadilar.
11. Bu soxta ustozlarning holiga voy! Axir, ular Qobilning izidan boryaptilar. Pulga berilib, boshqalarni Balomga o‘xshab yo‘ldan uryaptilar. Ko‘rax singari isyon qilib, halokatga yuz tutyaptilar.
12. Bu odamlar jamoatingizni ham halokatga yo‘liqtiradilar. Ular faqat o‘zini boqadigan cho‘ponlarga o‘xshaydi. Sizlar taom yeyish uchun birga yig‘ilganingizda, Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirganingizda ular uyalmay, ochko‘zlik bilan qorinlarini to‘ydiradilar. Ular shamol haydagan yomg‘irsiz bulutlarga o‘xshaydilar, mavsumida meva bermaydigan daraxtlar kabidirlar. Bu ustozlar qo‘porib tashlangan daraxtlarday o‘likdirlar.
13. Ular dengizning vahshiy to‘lqinlari kabi jo‘sh uradi, sharmandali ishlarini iflos ko‘pikday yuzaga chiqarib, atrofga sochadi. Ular adashgan yulduzlarday tayyorlab qo‘yilgan qop–qorong‘i zulmatga abadiy g‘arq bo‘lishadi.
14. Odam Atodan keyin, yettinchi avlodda yashagan Xano‘x bu odamlar haqida shunday bashorat qilgan: “Rabbimiz ming–minglab muqaddas malaklari bilan keladi.
15. U jamiki odamzodni hukm qiladi. Gunohga botgan betavfiqlarni mahkum etadi, Yaramas qilmishlari uchun, Uni haqoratlaganlari uchun Betavfiqlarni jazolaydi.”
16. Oramizga kirib olgan bu betavfiqlar, qachon qaramang, ming‘irlab nolib yuradilar. Faqat o‘z nafsini o‘ylab ish tutadilar. Maqtanadilar, o‘z manfaatini ko‘zlab, tilyog‘lamalik qiladilar.
17. Sizlar esa, ey azizlarim, Rabbimiz Iso Masihning havoriylari aytgan bashoratlarni esingizda tutinglar.
18. Axir, ular sizlarni quyidagicha ogohlantirishgan: “Oxirgi zamonda shunday odamlar bo‘ladiki, ular faqat o‘z nafsini qondirish bilan ovora bo‘lishadi, haqiqatga itoat qiluvchilarni mazax qilishadi.”
19. Muqaddas Ruhga ega bo‘lmagan bu betavfiq ustozlar inson tabiatiga qul bo‘lib yashaydilar, orangizga nizo urug‘ini sochadilar.
20. Sizlar esa, ey azizlarim, qutlug‘ imoningizga tayanib hayot kechiringlar. Muqaddas Ruh ilhomi bilan ibodat qilinglar.
21. Xudoning mehr–muhabbati panohida bo‘lib, o‘zingizni asranglar. Rabbimiz Iso Masihning kelishini kutinglar. U kelib, O‘z marhamati tufayli bizga abadiy hayot ato qiladi.
22. Ikkilanuvchi birodarlaringizga rahmdil bo‘lib,
23. ularni qutqaringlar. Ana shunda, sizlar bunday odamlarni qiyomat alangasidan chiqarib olganday bo‘lasizlar. O‘z bilganidan qaytmaganlarga esa achininglar. Biroq Xudodan qo‘rqib, ularning qabih qilmishlaridan hazar qilinglar, ularning harom kiyimlaridan ham jirkaninglar.
24. Imondan qaytib ketishdan sizlarni faqatgina Xudo asray oladi. U sizlarni beg‘ubor va shod–xurram qilib, O‘zining ulug‘vor huzuriga olib kirishga qodir.
25. Bizni Iso Masih orqali qutqargan yakkayu–yagona Najotkorimiz Xudoga hamdlar bo‘lsin! Azaldan, hozir va to abad salobatli, kuch–qudratli, saltanat Sohibi bo‘lgan Xudoga shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.



YouTube kanaliga xush kelibsiz!




► Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil (YANGILANGAN AUDIO KITOB)


Muqaddas Kitob



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
YouTube.com/@UzAudioKitob

Audiokitoblar Uzbek tilida

Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


MakDonaldning sharhlari kitob
Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms


Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18