Rut 4 bob

1 Bo‘az Rutga uylanadi. 13 Naimaga Egamiz marhamat qiladi. 18 Shoh Dovud — Bo‘az va Rutning chevarasi.

1 Bo‘az shahar darvozasiga chiqib, o‘tirdi. O‘sha payt Bo‘az aytgan yaqin qarindoshi yonginasidan o‘tib qoldi. Bo‘az uning ismini aytib chaqirib: — Bu yoqqa keling, o‘tiring, birodarim, — dedi. Qarindoshi yaqin kelib o‘tirdi.
2 Bo‘az shahar oqsoqollaridan o‘n kishini guvohlikka chaqirib: — Shu yerda o‘tiringlar! — dedi. Ular kelib o‘tirishdi.
3 Bo‘az qarindoshiga dedi: — Mo‘ab yurtidan qaytib kelgan Naima bor–ku, u Elimalek akamizning dalasini sotmoqchi.
4 Men shu yerda o‘tirganlar va qavmim oqsoqollari huzurida o‘sha dalani sotib olasizmi, yo‘qmi, bilay dedim. Agar siz qarindoshlik burchingizni o‘tashni xohlasangiz, mayli, sotib olavering. Bordi–yu, xohlamasangiz, ayting, men bilayin. Chunki bu burchni o‘tash birinchi navbatda sizga tushadi. Sizdan keyin navbat meniki bo‘ladi. U kishi: — Qarindoshlik burchimni men o‘tayman, — dedi.
5 Bo‘az dedi: — Xo‘p. Lekin siz Naimaning dalasini xarid qilganingizda, dala bilan birga marhumning bevasi Mo‘ablik Rutni ham olishingiz kerak. Chunki marhumning nomi o‘z mulkidan yo‘qolib ketmasligi shart.
6 Shunda qarindoshi Bo‘azga: — Unday bo‘lsa, men uni ololmayman, aks holda o‘zimning mulkimni xavfga qo‘ygan bo‘laman. Zimmamdagi qarindoshlik burchimni siz o‘tayvering, mening ilojim yo‘q, — dedi.
7 Ilgari Isroilda qarindoshlik burchini o‘tamoqchi yoki mol–mulkini almashtirmoqchi bo‘lsalar, dalil–isbot tariqasida bittasi chorig‘ini yechib, ikkinchisiga berardi. Mana shu odat Isroilda qonuniy guvohlik o‘rnini bosardi.
8 Shunday qilib, qarindoshi Bo‘azga: — O‘zingiz sotib olavering, — dedi–da, chorig‘ini yechib berdi.
9 Shundan keyin Bo‘az oqsoqollarga va o‘sha yerdagi boshqa odamlarga murojaat qildi: — Sizlar guvohsiz: men bugun Elimalekdan Xilyon va Maxlo‘nga qolgan hamma mulkni Naimadan sotib olyapman.
10 Yana Maxlo‘nning xotini Mo‘ablik Rutni ham o‘z nikohimga olyapman, toki marhumning nomi o‘z mulkida qolsin, birodarlari orasida va kindik qoni to‘kilgan yurtida nomi yo‘qolib ketmasin. Bugun sizlar bunga guvoh bo‘lib turibsizlar.
11 Shunda shahar darvozasi yonida turgan odamlar va oqsoqollar: — Biz guvohmiz, — dedilar. — Egamiz sening xonadoningga keladigan ayolni Rohila va Leaxday qilsin, ana o‘sha bibilardan Isroil xalqi bino bo‘lgan. Efratda boyliklar egasi bo‘lgin, Baytlahmda noming ulug‘ bo‘lgay.
12 Sening xonadoning Tamaraning Yahudoga tug‘ib bergan o‘g‘li bobomiz Paraz xonadoniday barakali bo‘lsin. Egamiz mana shu juvon orqali senga o‘shanday buyuk nasl ato etsin.
13 Shunday qilib, Bo‘az Rutga uylandi. Ular turmush qurib, bir yostiqqa bosh qo‘yishdi. Egamizning marhamati bilan Rut homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di.
14 Ayollar Naimaga aytishdi: — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! U bugun senga g‘amxo‘rlik qiladigan nevara berdi, merosxo‘rsiz qoldirmadi. Merosxo‘ringning nomi Isroilda ulug‘ bo‘lsin.
15 U tufayli hayoting yana shodlikka to‘ladi, qariganingda suyanchig‘ing bo‘ladi. Chunki bu o‘g‘ilni seni yaxshi ko‘radigan, sen uchun hatto yetti o‘g‘ildan ham a’lo bo‘lgan kelining tug‘di.
16 Naima chaqaloqni o‘ziga oldi, bir dam bag‘ridan uzmadi. O‘zi enagalik qildi.
17 Qo‘shni ayollar: “Naima uchun o‘g‘il tug‘ildi”, deb chaqaloqqa Obid ismini berdilar. Obid Dovudning padari buzrukvori Essayning otasi bo‘ldi.
18 Parazdan Dovudgacha bo‘lgan avlod–ajdod quyidagicha: Parazdan Xazron bunyod bo‘ldi.
19 Xazrondan Ram bunyod bo‘ldi. Ramdan Ominadov bunyod bo‘ldi.
20 Ominadovdan Naxsho‘n bunyod bo‘ldi. Naxsho‘ndan Salmo‘n bunyod bo‘ldi.
21 Salmo‘ndan Bo‘az bunyod bo‘ldi. Bo‘azdan Obid bunyod bo‘ldi.
22 Obiddan Essay bunyod bo‘ldi. Essaydan Dovud bunyod bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18