Kolosaliklarga maktub 3 bob

18 Masihiy oilalar uchun qoidalar.

1 Sizlar Masih bilan birga tirilgan ekansiz, Masih turgan joydagi, ya’ni samoviy narsalarning payida bo‘ling. U samoda Xudoning o‘ng tomonida o‘tiribdi.
2 Fikringiz yer yuzidagi emas, samodagi narsalar bilan band bo‘lsin.
3 Axir, sizlar o‘lgansizlar, asl hayotingiz esa Masih bilan Xudoning huzurida pinhondir.
4 Bizning hayotimiz Iso Masihdir. Masih zohir bo‘lganda, sizlar ham U bilan birga ulug‘vorlikda zohir bo‘lasizlar.
5 Shunday ekan, dunyoviy tabiatingizni, ya’ni fahsh–zino, nopoklik, shahvat, yovuz xohishlar va butparastlikka teng bo‘lgan ochko‘zlikni yo‘q qilinglar.
6 Mana shular sababli Xudoning g‘azabi itoatsiz bandalarning boshiga tushadi!
7 Sizlar ham bir vaqtlar shunday odamlarning yo‘lidan yurib, o‘zingizni o‘shalar kabi tutardingizlar.
8 Endi esa jahl, g‘azab, yovuzliklarning hammasini bir chetga yig‘ishtirib qo‘yinglar. Og‘zingizdan hech qanday jerkish yoki nojo‘ya so‘z chiqmasin.
9 Birbiringizga yolg‘on gapirmanglar. Chunki sizlar eski tabiatingizni yomon odatlari bilan birga o‘zingizdan soqit qildingizlar.
10 Buning o‘rniga siz yangi tabiatga burkandingiz. Sizlar Xudoni yaqinroq bilib borarkansiz, sizning yangi tabiatingiz uni yaratgan Xudoning surati bo‘yicha o‘zgarib bormoqda.
11 Shu nuqtayi nazardan endi na yunon bor, na yahudiy, na sunnatli bor, na sunnatsiz, na johil bor, na madaniyatsiz, na qul bor, na ozod. Eng ahamiyatlisi Masihdir, U hamma bilandir, hamma narsa Uning qo‘li ostidadir.
12 Sizlar Xudoning tanlangan, aziz va suyukli xalqisizlar. Shunga ko‘ra rahm-shafqat, mehribonlik, kamtarlik, muloyimlik va sabr-toqatni zeb-ziynat qilib taqib olinglar.
13 Bir–biringizga nisbatan sabr–toqatli bo‘linglar. Orangizda xafagarchilik o‘tgan bo‘lsa, bir biringizni kechiringlar. Egamiz sizlarni kechirgani kabi, sizlar ham boshqalarni kechiringlar.
14 Va nihoyat muhabbatga burkaninglar, chunki mehr–muhabbat mukammal ahillikka yetishtiradi.
15 Masih ato qiladigan tinchlik yuraklaringizda hukmron bo‘lsin, axir sizlar bir tananing a’zosisizlar, tinchlikka da’vat qilingansizlar. Minnatdor bo‘linglar.
16 Masihning kalomi sizda chuqur o‘rnashib, yashnayversin. Donolik bilan bir-biringizga ta’lim bering, nasihat qiling. Zaburlarni xonish qilib, madhiyalar va ruhiy qo‘shiqlar bilan, chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirib, Xudoni tarannum etinglar.
17 Nimaiki qilsangiz ham, gapirsangiz ham, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar.
18 Ey xotinlar, eringizga itoatli bo‘linglar. Shunday qilish Rabbimiz Isoning izdoshlariga munosibdir.
19 Ey erlar, xotiningizni sevinglar, ularga qo‘pol muomalada bo‘lmanglar.
20 Ey farzandlar, doim ota-onangizga quloq solinglar, chunki bu Rabbimizga ma’qul keladi.
21 Ey otalar, farzandlaringizni ranjitavermanglar, bo‘lmasa ular tushkunlikka tushib qoladi.
22 Ey qullar, bu dunyodagi xo‘jayinlaringizga har doim itoat qilinglar. Xushomadgo‘ylik bilan xo‘jako‘rsinga emas, balki Rabbimizdan qo‘rqib, chin ko‘ngildan itoat qilinglar.
23 Har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbimiz Iso Masih uchun qilayotganday chin qalbdan bajaringlar.
24 Chunki sizlar haqiqiy Xo‘jayiningiz Masihga xizmat qilyapsizlar. U O‘z xalqiga atab qo‘ygan qut– barakani sizlarga mukofot qilib berishini yoddan chiqarmang.
25 Kimki nohaqlik qilsa, qilmishiga yarasha jazo oladi. Zero, Xudo tarafkashlik qilmaydi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18