Kolosaliklarga maktub 2 bob

6 Masih ato qiladigan yangi hayot.

1 Men sizlar uchun, shuningdek, Laodikiya shahridagilar hamda shaxsan yuzimni ko‘rmagan imonlilarning hammasi uchun naqadar zo‘r g‘ayrat bilan mehnat qilayotganimni bilishingizni istayman.
2 Maqsadim shuki, sizlar dadil bo‘ling, muhabbat ruhi sizlarni birlashtirsin, Otamiz Xudoning siri — Masih haqida chuqur va boy tushunchaga ega bo‘ling.
3 Chunki donolik va ilmu ma’rifatning hamma xazinalari Masihda pinhondir.
4 Hech kim sizlarni tilyog‘lamalik bilan yo‘ldan ozdirmasin, deb men sizlarga shularni aytyapman.
5 Garchi men jisman sizlarning orangizda bo‘lmasam ham, fikru zikrim siz bilanman. Sizlarning tartib-intizomingiz va Masihga bo‘lgan sog‘lom imoningizni ko‘rib sevinyapman.
6 Sizlar Iso Masihni Rabbimiz, deb qabul qilgan ekansizlar, doimo U ko‘rsatgan yo‘ldan yuravering.
7 Olgan ta’limotingizga muvofiq, Masihda tomir yoyib, qaror toping. Imoningizda qattiq turing, Xudoga shukronalar tilingizdan tushmasin.
8 Ehtiyot bo‘linglar, hech kim falsafa va quruq safsatalar bilan sizlarni avramasin. Bunday gaplar Masihga emas, balki insonlarning an’anasiga, dunyoning xurofiy kuchlariga asoslanadi.
9 Xudo O‘zining butun borlig‘i bilan to‘la-to‘kis Masihning vujudida mavjuddir.
10 Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun hayotingiz to‘la–to‘kis, chunki U har bir kuch va hokimiyatdan ustundir.
11 Masih orqali sizlar sunnat qilindingiz, bu jismoniy sunnat emas, balki Masih orqali qilinadigan sunnat, ya’ni gunohkor tabiatning kesib tashlanishidir.
12 Suvga cho‘mdirilish orqali Masih bilan birga ko‘mildingiz. Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudoning qudratiga bo‘lgan imoningiz tufayli Masih bilan birga tirildingiz.
13 Ilgari sizlar sunnatsiz, gunohga botgan bo‘lib, ruhan o‘lik edingizlar. Endi esa Xudo barcha gunohlaringizni kechirib, sizlarni Masih bilan birga tiriltirdi.
14 Bizga qarshi yozilgan ayblov hukmini Xudo bekor qildi, ya’ni o‘sha hukmni xochga mixlab, kuchdan qoldirdi.
15 O‘sha xoch orqali koinotdagi kuchlaru hukmronliklar ustidan g‘alaba qozonib, ularni qurolsizlantirdi. O‘zining g‘olibona yurishida ularning tutqun ekanligini namoyish etib, sharmanda qildi.
16 Shuning uchun yegulik-ichgulik, diniy bayramlar, yangi oy shodiyonalari yoki Shabbat kuni xususida hech kim sizlarga qonun-qoida chiqarmasin.
17 O‘sha urf–odatlar kelajakning sharpasigina xolos, ammo haqiqiy hayot Masihdadir.
18 Shunday ekan, dindorlikka berilib, o‘zini mo‘minlikka soladiganlar, farishtalarga sig‘inadiganlar sizlarni kamsitsa, e’tibor bermanglar. Ular ko‘rgan vahiylari bilan maqtanadigan, aql–zakovati bilan mag‘rurlanadigan odamlardir.
19 Bunday kishilar Masihdan ajralgan. Masih — O‘z tanasi, ya’ni jamoatning Boshidir. Mana shu Boshdan butun badan hayotbaxsh kuch olib, payu bo‘g‘inlar orqali o‘zaro ulanib, Xudoning xohishi bo‘yicha o‘sadi.
20 Agar sizlar Masih bilan birga o‘lgan bo‘lsangizlar, dunyoning xurofiy kuchlari uchun ham o‘lgan bo‘lasizlar. Unday bo‘lsa yana nimaga bu dunyoga qul bo‘lib,
21 “tegma”, “yema”, “ushlama” degan qonun-qoidalarga bo‘ysunasizlar?!
22 Bu insoniy ta’limotlar va qoidalar ishlatilgan sari yo‘q bo‘lib ketadigan narsalar haqida–ku!
23 Garchi bu qoidalar keltirib chiqargan dindorlik, o‘zini mo‘minlikka solish, badanni qiynash odamlarga hikmatday tuyulsa–da, aslida ular shahvatu nafsga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘paytiradi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18