Filippiliklarga maktub 4 bob

1 Turli pand–nasihatlar. 10 Pavlusning minnatdorchiligi. 21 So‘nggi salomlar.

1 Shunday qilib, sevimli birodarlarim, sizlarga aytganlarim bo‘yicha, Rabbimiz Iso bilan bo‘lgan munosabatingizda mahkam turinglar. Azizlarim, men sizlarni juda sog‘indim. Sizlar mening quvonchimsiz, faxrimsiz!
2 Evodiya va Sintixa, sizlardan iltimos qilaman, Rabbimiz haqi yakdil fikrda bo‘linglar.
3 Ey vafodor hamkorim, sendan ham o‘tinaman, bu ayollarga yordam ber, chunki ular men bilan birga, Kliment hamda ismlari hayot kitobida yozilgan boshqa hamkorlarim qatori xushxabarni targ‘ib etishda ter to‘kdilar.
4 Har doim Rabbimiz Iso tufayli shodlaning! Yana bir bor aytaman, shodlaning!
5 Hammaga nisbatan muloyim bo‘ling. Rabbimiz yaqinda keladi.
6 Hech narsadan tashvish qilmanglar. Aksincha, har qanday sharoitda ibodat va iltijoda bo‘lib, har bir muhtojligingizni Xudoning oldida minnatdorchilik bilan izhor qilinglar.
7 Shunda Xudo beradigan, inson xayoliga sig‘maydigan tinchlik Iso Masih orqali sizlarning yuraklaringizni va o‘y–xayollaringizni qo‘riqlaydi.
8 Endi esa, ey birodarlarim, fikr–zikringiz haqiqiy, sharafli, to‘g‘ri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda bo‘lsin. Ha, olqishga loyiq, a’lo narsalar haqida fikr yuritinglar.
9 Ta’limotimni qabul qildingiz. Endi mendan o‘rganganlaringizning, ko‘rgan– eshitganlaringizning hammasini bajaringlar. Shunda tinchlik beradigan Xudo sizlar bilan birga bo‘ladi.
10 Sizlar men uchun yana g‘amxo‘rlik qilayotganingizdan juda xursand bo‘lib, Rabbimiz Isoga shukr qilyapman. Albatta, sizlar oldin ham men uchun g‘amxo‘rlik qilardingiz, lekin buni ko‘rsatishga imkoniyatingiz bo‘lmagan edi.
11 Bularni muhtojlikdan aytayotganim yo‘q, chunki men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga o‘rganganman.
12 Har qanday sharoitda va har yerda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, mo‘l– ko‘lchiligu muhtojlikda yashash sirlarini o‘rganganman. Men tanqislikda ham, mo‘l– ko‘lchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman.
13 Menga kuch–quvvat beradigan Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman.
14 Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, sizlar qiyinchiliklarimga sherik bo‘lib yaxshi qildingizlar.
15 Axir, siz, Filippiliklar, o‘zlaringiz bilasizlar– ku, men sizlarga Xushxabarni aytgan paytimdan boshlab, Makedoniyadan ketganimdan keyin ham faqat sizlar menga moddiy jihatdan yordam berardingiz. Sizlardan boshqa hech bir jamoat bunday qilmadi.
16 Hatto Salonikada bo‘lganimda ham sizlar bir–ikki marta menga yordam berib, ehtiyojimni qondirdingiz.
17 Men sizlardan biror narsa undirib olish niyatida gapirayotganim yo‘q. Aksincha, sizlarning foydangiz ko‘payishini ko‘zlayapman.
18 Hozir menda kerakli hamma narsa bor, hatto ortig‘i bilan bor. Yepafroditdan berib yuborgan hadyalaringizni oldim. Endi hech bir muhtojligim qolmadi. Bu hadyalaringiz xushbo‘y nazrday, Xudoga ma’qul bo‘ladigan yoqimli qurbonlik kabidir.
19 Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi bilan Iso Masih orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi.
20 Otamiz Xudoga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
21 Iso Masihga tegishli bo‘lganlarning hammasiga salom aytib qo‘ying. Yonimdagi birodarlar ham sizlarga salom aytyapti.
22 Xudoning azizlari bo‘lganlarning hammasi, ayniqsa Qaysar xizmatida bo‘lganlar, sizlarga salom yo‘llayaptilar.
23 Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin!


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18