Korinfliklarga ikkinchi maktub 11 bob

1 Pavlus va soxta havoriylar. 16 Havoriy Pavlusning chekkan zahmatlari.

1 Qaniydi, sizlar mening ozgina axmoqlik qilishimga chidasangiz! Ilojingiz qancha? Axir, qarang, sizlar menga chidab kelyapsizlar–ku!
2 Men sizlarni Xudoning rashki bilan qizg‘anyapman, chunki go‘yo bir pok bokira qizni yagona erga nikohlaganday, sizlarni Masihga taqdim etmoqchiman.
3 Ammo Momo Havo ilonning yolg‘on–yashiqlariga ishonib, yo‘ldan ozdirilgani kabi, sizlarning ham o‘y–xayollaringiz buzilmasin, siz o‘zingizni chin yurakdan, samimiylik bilan Masihga bag‘ishlaganingizni unutib qo‘yasiz, degan xavotirdaman.
4 Axir, birov kelib, biz va’z qilgan Isodan boshqa bir Iso haqida va’z qilsa yoki sizlar olgan Ruhdan boshqa bir ruh haqida va sizlar qabul qilgan Xushxabardan boshqa bir xushxabarni aytsa, bunday odamlarni xush qarshilab o‘tiribsiz.
5 Sizlar “oliy havoriylar” deb bilgan o‘sha ustozlaringizdan hech bir narsada qolishmayman, deb o‘ylayman.
6 Men mohir voizxon bo‘lmasam–da, ilm–ma’rifatda hech kamchiligim yo‘q. Buni sizlarga har jihatdan ochiq–oydin ko‘rsatdim.
7 Men sizlarni yuksaltirish uchun o‘zimni pasaytirib, Xudoning Xushxabarini sizlarga tekinga aytib, gunoh qildimmi?!
8 Sizlarga xizmat qilish uchun boshqa jamoatlardan mablag‘ oldim. Bu bilan xuddi ulardan o‘g‘irlaganday bo‘ldim.
9 Orangizda bo‘lib, muhtojlikda qolganimda ham birovga ortiqcha yuk bo‘lmadim, chunki Makedoniyadan kelgan birodarlar barcha ehtiyojlarimni qondirdilar. Men biron narsada sizlarga og‘irlik tushirmaslikka harakat qildim va shunday qilishda davom etaveraman.
10 Qalbimda Masihning haqiqati borligiga shubha yo‘q, shu bois Axaya hududi bo‘ylab yoyilayotgan bu obro‘– e’tiborimni hech kim to‘ka olmasligiga aminman.
11 Nima uchun sizlardan yordam so‘ramadim? Bu sizlarni yomon ko‘rishimdan darak beradimi? Mana, Xudoga ayon, sizlarni yaxshi ko‘raman.
12 Men qilayotgan ishimni davom ettiraveraman. Ana shunda, bizning ishlarimiz Pavlusning xizmati bilan baravar, deb maqtanayotganlarning gaplariga hech bir asos bo‘lmaydi.
13 Axir, ular o‘zlarini Masihning havoriylari qilib ko‘rsatayotgan soxta havoriylar va hiylakor xizmatchilar–ku!
14 Buning hayron qoladigan joyi yo‘q, chunki hatto shayton ham o‘zini nurli farishta qilib ko‘rsatadi.
15 Shuning uchun shaytonning xizmatkorlari o‘zlarini solihlik xizmatchilari qilib ko‘rsatayotganlarining hech ajablanarli joyi yo‘q. Oqibatda ular qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
16 Yana aytaman, biror kishi meni ahmoq ekan, deb aytmasin. Bordi–yu, sizlar shunday deb o‘ylasangiz, unda ahmoqlarga qanday munosabatda bo‘lsangiz, menga ham shunday munosabatda bo‘linglar, shunda men ham ozgina maqtanib olaman.
17 Men balandparvozlik bilan gapirib, ahmoqlarday maqtanyapman. Bu RabbimizIsoga munosib emas.
18 Modomiki, ko‘pchilik insoniy mavqei bilan maqtanayotgan ekan, mayli, men ham maqtanay.
19 Axir, sizlar shunchalik donosizki, aqlsizlarga jon deb toqat qilasizlar.
20 Haqiqat shuki, birortasi sizlarni o‘ziga asir qilsa ham, haqingizni yesa ham, talon–taroj qilsa ham, o‘zini katta tutsa ham, yuzingizga tarsaki solsa ham, ularning hammasiga toqat qilib kelyapsiz.
21 Biz sizlarga o‘shanday muomala qilmadik. Shuning uchun biz sizning nazaringizda ojiz bo‘lib ko‘ringandirmiz–da?! Bundan uyalishimiz kerakmi?! Xo‘p, ahmoqlarcha gapirayotgan ekanman, odamlar nima bilan maqtanishga jur’at qilayotgan bo‘lsa, men ham o‘shalar bilan maqtanishga jur’at qilaman.
22 Ular ibroniymi? Men ham ibroniyman! Ular Isroil xalqiga tegishlimi? Men ham Isroil xalqidanman! Ular Ibrohim naslidanmi? Men ham Ibrohim naslidanman!
23 Ular Masihning xizmatkorlarimi? Men befarosatlik qilib aytyapmanki, ularning hammasidan ustunman. Zahmat desangiz, men ulardan ko‘proq zahmat chekdim. Zindon desangiz, ulardan ko‘proq zindonda yotdim. Zarba desangiz, men haddan tashqari ko‘p zarba yedim, hatto ko‘p marta o‘limga ro‘baro bo‘ldim.
24 Yahudiylar tomonidan besh marta bir kam qirqtadan kaltak yedim.
25 Rim amaldorlari meni uch marta kaltaklatdilar. Bir marta toshbo‘ron bo‘ldim, uch marta kemada halokatga uchradim, bir kechayu kunduzni dengiz bag‘rida o‘tkazdim.
26 Ko‘p marta uzoq safarlarda bo‘ldim. Daryolarda tahlikada qoldim. Qaroqchilar hujumidan hayotim tahlikada qoldi. O‘z qondoshlarimu g‘ayriyahudiylar tufayli tahlika ostida qoldim. Shaharda tahlika, sahroda tahlika, dengizda tahlika, soxta birodarlar orasida tahlika!
27 Men ancha mehnat va mashaqqat ostida, ko‘p marta uyqusizlikda, ochlik va tashnalikda qoldim. Ba’zan yeyishga nonim, sovuqda kiyishga kiyimim bo‘lmadi.
28 Yana bulardan va qolgan boshqa narsalardan tashqari, har kuni barcha jamoatlar haqida qayg‘urish ham mening zimmamda.
29 Ayting–chi, zaif odam bormi? Men undan ham zaifman. Birorta odam vasvasaga tushib, yo‘ldan ozganmi? Men vasvasa dastidan ado bo‘ldim–ku!
30 Maqtanish kerak bo‘lsa, ojizligim bilan maqtanaman.
31 Rabbimiz Isoning Otasi — abadiy hamdu sanoga loyiq Xudo biladiki, men yolg‘on gapirmayapman.
32 Mana, Damashqda bo‘lganimda, shoh Aretasga qarashli viloyat hokimi meni tutib olish uchun Damashq shahrini nazorat ostiga olgan edi. Ammo meni savat ichida shahar devoridagi derazadan tushirishdi va men uning qo‘lidan qochib qutuldim.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак