Butrusning ikkinchi maktubi 3 bob

1 Isoning olamga kelishi muqarrardir. 14 Dalda va ogohlantirish.

1 Ey azizlarim, bu mening sizlarga yozayotgan ikkinchi maktubimdir. Ikkala maktubimda ham sizlarda pok fikr uyg‘otishga harakat qilib, o‘rganganlaringizni yodingizga solmoqchi bo‘ldim.
2 Xususan, Muqaddas payg‘ambarlarning o‘tmishda aytgan so‘zlarini, shuningdek, Rabbimiz va Najotkorimiz Isoning amrlarini eslashingizni istadim. Rabbimiz Iso bu amrlarni oldingizga borgan havoriylar orqali bergan.
3 Avvalo shuni bilinglar: oxirgi kunlarda shunday mazaxchilar bo‘ladiki, ular chirkin ehtiroslariga berilib yashaydilar. Sizlarni mazax qilib,
4 shunday deydilar: “Rabbimiz Iso kelaman deb, so‘z bergan edi. Qani U?! Mana, ota–bobolarimiz dunyodan o‘tib ketganlaridan beri, hech narsa o‘zgarmadi. Dunyo bino bo‘lganidan beri, hamma narsa shundayligicha turibdi.”
5 Ular haqiqatni rad etganlari uchun shunday gapiradilar, azalda Xudo yeru osmonni O‘z kalomi orqali yaratganini ular inobatga olmaydilar. O‘shanda Xudo yeru osmonni suvlar orasidan paydo qilgandi.
6 So‘ng esa O‘z kalomi orqali qadimgi dunyoni o‘sha suvlar girdobiga cho‘ktirgandi.
7 Hozirgi yeru osmonni esa Xudo O‘z kalomi bilan qiyomat kunigacha asrab turibdi. Qiyomat kuni U hozirgi dunyoni olovga yem qilib, barcha betavfiqlarni halok etadi.
8 Ey azizlarim, Rabbimiz Isoning nazarida bir kun ming yil va ming yil bir kun kabidir, buni doim inobatga olinglar.
9 Ba’zilar Rabbimiz kelmayapti, bergan va’dasini bajarishga U kechikyapti, deb o‘ylamoqda. Aslida unday emas, U sabr–toqat qilyapti, chunki hech kimning halok bo‘lishini istamay, hammaning tavba qilishini xohlayapti.
10 Aslida, Rabbimiz Iso, o‘g‘ri kelganday, nogahon kelib qoladi. O‘sha kuni osmon guvullab yonib, g‘oyib bo‘ladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi, shunda yer va unda qilingan har bir ish ochiqdan–ochiq oshkor bo‘lib, hukm etiladi.
11 Qiyomat kuni butun borliq yonib, yo‘q bo‘lib ketar ekan, sizlar Xudoni mamnun qilishga jon kuydiringlar! Muqaddas hayot kechirishga jon– jahdingiz bilan harakat qilinglar.
12 Xudoning kunini intizorlik bilan kutinglar, uning kelishini tezlashtiringlar! O‘sha kuni osmon yonib, yo‘q bo‘ladi, samoviy jismlar olov taftidan erib ketadi.
13 Shundan so‘ng Xudoning va’dasi amalga oshib, hamma narsa yangilanadi. Ha, biz yangi yeru osmonga, adolat hukm suradigan dunyoga ko‘z tikkanmiz.
14 Ey azizlarim, sizlar yangi dunyoni kutar ekansiz, Xudo nazarida benuqson va beg‘ubor bo‘lishga, U bilan totuv yashashga jon kuydiringlar.
15 Rabbimiz Isoning sabr–toqatini najot uchun imkoniyat deb bilinglar. Aziz birodarimiz Pavlus ham Xudoning bergan donoligi bilan sizlarga muqaddas hayot va Rabbimizning kelishi haqida yozgan.
16 Pavlus barcha maktublarida bular haqida fikr yuritgan. Uning maktublaridagi tushunish qiyin bo‘lgan ba’zi parchalarni uquvsiz va imoni sust kishilar buzib talqin qiladilar. Muqaddas Bitiklarning boshqa joylarini ham buzib o‘rgatadigan bu kishilar o‘z boshiga yetadilar.
17 Ey azizlarim, sizlar bularning hammasini oldindan bilasizlar. Ehtiyot bo‘linglar, bu bebosh odamlarning soxta ta’limotiga ishonib yo‘ldan ozmanglar, qaroringizda sobit bo‘linglar.
18 O‘z hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va Najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar. Hozirdan to abad Unga shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18