Zakariyo 14 bob

1 Kelajakdagi urush va g‘alaba.

1 Egamizning kuniga oz qoldi. Ey Quddus ahli, o‘sha kuni mulkingiz ko‘z oldingizda talon–taroj qilinadi.
2 Egamiz barcha xalqlarni Quddusga qarshi jang qilishga yig‘adi. Dushmanlar shaharni qo‘lga kiritishadi. Uylarni talab ketishadi, ayollarni zo‘rlashadi. Shahar aholisining yarmi surgunga ketadi. Qolganlari esa shahardan haydalmaydi.
3 Shundan keyin Egamiz urush payti jang qilganday, o‘sha xalqlarga qarshi jang qiladi.
4 O‘sha kuni U Quddus shahrining sharqida bo‘lgan Zaytun tog‘ining ustida turadi. Shu kuni Zaytun tog‘i ikkiga ajraladi. Tog‘ orasidan sharqdan g‘arbga qarab ketgan keng bir vodiy o‘tadi. Shunda tog‘ning bir tarafi shimolga, ikkinchi tarafi esa janubga suriladi.
5 Sizlar Egamiz tog‘ining vodiysi orqali qochasizlar. Tog‘larning orasidagi bu vodiy Oziyolgacha cho‘ziladi. Sizlar Yahudo shohi Uziyo davrida bo‘lgan zilzila paytida qochganday qochasizlar. Shunda Egamiz Xudo keladi. U bilan birga Uning farishtalari ham keladi.
6 O‘sha kuni nur bo‘lmaydi. Barcha yorug‘lik manbalari so‘nadi.
7 Ammo kun davom etaveradi. Shunda kun ham, tun ham bo‘lmaydi. Kech kirganda ham yorug‘ bo‘lib turaveradi. Bu qachon sodir bo‘lishini faqatgina Egamiz biladi.
8 O‘sha kuni Quddusdan hayotbaxsh suvlar oqib chiqadi, uning yarmi O‘lik dengizga, qolgan yarmi esa O‘rta yer dengiziga quyiladi. Suv yozda ham, qishda ham oqaveradi.
9 Egamiz esa butun yer yuzining Shohi bo‘ladi. O‘sha kuni barcha xalqlar faqatgina Uni Egamiz, deb biladi va faqat Unga sajda qilishadi.
10 Shimoldagi G‘ibodan Quddusning janubidagi Rimmongacha bo‘lgan joylar, butun yurt tekislikka aylanadi. Quddus esa o‘zining yuksak joyida turaveradi. Shahar Benyamin darvozasidan Eski darvozagacha, Burchak darvozasigacha, Xanonil minorasidan shohning sharob chiqariladigan joylarigacha cho‘zilgan bo‘ladi.
11 Quddusda yana odamlar yashaydigan bo‘ladi, bundan keyin uni hech qachon vayron qilishmaydi. Quddusda tinchlik qaror topadi.
12 Quddusga qarshi urush ochgan xalqlarning boshiga Egamiz quyidagi o‘latni yuboradi: tirik bo‘lsalar ham tanasi chirib ketadi, ko‘zlari kosasidayoq chirib ketadi, tillari esa og‘izlaridayoq chirib ketadi.
13 O‘sha kuni Egamiz ularni benihoya dahshatga tushiradi. Hamma o‘z yonidagi odamni ushlab, bir–biriga qarshi qo‘l ko‘taradi.
14 Hatto Yahudo xalqi ham Quddusdagi jangga qo‘shiladi. Uning atrofidagi barcha xalqlarning boyliklari — juda ko‘p tilla, kumush va kiyimlar o‘lja qilib olinadi.
15 Yuqorida aytilgan o‘lat dushmanlarning otlari, hachirlari, tuyalari, eshaklari — ularning qarorgohidagi hamma hayvonlarga ham keladi.
16 Quddusga qarshi urush ochganlardan tirik qolganlari esa har yili Shoh — Sarvari Olamga sajda qilishga va Chayla bayramini nishonlashga kelishadi.
17 Agar yer yuzidagi xalqlarning birortasi Shoh — Sarvari Olamga sajda qilish uchun Quddusga kelmasa, ularning yurtida yomg‘ir yog‘maydi.
18 Agar Misr xalqi bayramga kelishni rad etsa, Egamiz Chayla bayramiga kelishni rad etgan boshqa xalqlarning boshiga solgan o‘latni ularning boshiga ham soladi.
19 Chayla bayramini nishonlashga chiqmagan Misr xalqi va boshqa hamma xalqlarning jazosi shu bo‘ladi.
20 O‘sha kuni hatto otlarning bo‘yinturuqlaridagi qo‘ng‘iroqlariga ham “Egamizga bag‘ishlangan”, deb yozilgan bo‘ladi. Qurbongoh oldida ishlatiladigan tog‘orachalar muqaddasdir. Egamizning uyidagi oddiy qozonlar ham xuddi shunday muqaddas bo‘ladi.
21 Quddus va Yahudodagi barcha qozonlar Sarvari Olamga bag‘ishlangan bo‘ladi. Shunda kim qurbonlik keltirmoqchi bo‘lsa, qurbonlik go‘shtini shu qozonlarda qaynatsa bo‘laveradi. O‘sha kuni Mening uyimda savdogarlar boshqa bo‘lmaydi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18