Zakariyo 10 bob

1 Egamiz najot berishga va’da qiladi.

1 Bahorda yomg‘ir beradigan Egamizdan yomg‘ir so‘ranglar. Bo‘ron bulutlarini yaratgan, Odamzodga yomg‘ir beradigan, Hamma uchun dalalarni O‘t–o‘langa to‘ldiradigan Egamizdir.
2 Xonaki sanamlar behuda gaplarni gapiradilar, Folbinlar yolg‘on follar ochadilar. Tush ta’bir qiluvchilar yolg‘on ta’bir qiladilar, Foydasiz tasallilar beradilar. Shuning uchun bu xalq qo‘yday sarson bo‘lib yuribdi, Cho‘poni yo‘qligi uchun azob chekyapti.
3 Egamiz shunday deydi: “G‘azabim xalqimning yo‘lboshchilariga qarshi yonyapti, Men xalqimning bu cho‘ponlarini jazolayman. Men, Sarvari Olam O‘z suruvim bo‘lgan Yahudo xalqi uchun qayg‘uraman. Men o‘sha suruvni ulug‘vor jang otlariday qilaman.
4 Yahudo orasidan tamal toshi, Chodir qozig‘i, jang kamoni chiqadi. Ha, har bir yetakchi ularning orasidan chiqadi.
5 Birgalikda ular jang payti ko‘chada loy kechgan Jangchilarday bo‘ladilar, Men, Egangiz ular bilan birgaman. Ular urushga chiqib, Dushman chavandozlarini sharmanda qiladilar.
6 Men Yahudo xalqini kuchga to‘ldiraman, Yusufning avlodini qutqaraman. Ularga rahm–shafqat ko‘rsataman, Axir, Men ularning Egasi Xudoman. Ularning iltijolariga javob berib, O‘z yurtiga qaytarib olib kelaman. O‘shanda ular hech qachon rad qilinmaganday bo‘ladi.
7 Efrayim xalqi qudratli jangchilarday bo‘ladi, Ularning yuraklari sharob ichgandagi singari quvnoq bo‘ladi. Buni ko‘rgan farzandlari shodlanadi, Ular Mening qilgan ishlarimdan xursand bo‘ladi.
8 Men xalqimni alomat ila chaqirib, yig‘aman, Axir, Men ularni qutqarganman. Oldin ular qancha bo‘lgan bo‘lsalar, Ularning soni yana shuncha bo‘ladi.
9 Men ularni xalqlarning orasiga sochib yuborgan bo‘lsam ham, Eng uzoqdagi yurtlarda ham ular Meni eslaydilar. Farzandlariyu o‘zlari omon qolib, qaytib kelishadi.
10 Men xalqimni Misr yurtidan qaytaraman, Ossuriya yeridan yig‘ib kelaman. Men ularni Gilad va Lubnon yurtigacha bo‘lgan yerlarga joylashtiraman. Hatto mana shu joylar ham ularga torlik qiladi.
11 Mening xalqim kulfat dengizidan o‘tsa, O‘sha dengizning to‘lqinlarini urib tushiraman. Nil daryosining tubi qurib qoladi. Ossuriya xalqining takabburligiga barham beraman. Misr esa o‘z saltanat hassasini yo‘qotadi.
12 O‘z qudratim bilan xalqimni kuchli qilaman. Ular Mening nomimga loyiq hayot kechiradilar.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18