Zafaniyo 1 bob

Kirish

Zafaniyo payg‘ambar miloddan oldingi yettinchi asrda yashab, bashorat qilgan. Bir oz vaqtdan keyin — miloddan oldingi 621 yilda shoh Yo‘shiyo diniy islohotlar o‘tkaza boshlagan edi.

Zafaniyo payg‘ambar davrida Yahudo xalqi umidini kelajakka bog‘lab, Xudoning qudrati bilan yer yuzidan dushmanlarini yo‘q qilishlariga chin dildan ishonar edilar. Ular: “Xudoning adolat o‘rnatadigan g‘alaba kunlarini katta tantana bilan kutib olamiz”, deb niyat qilishar, o‘sha davrni “Egamizning kuni” deb atashar edilar. Zafaniyo payg‘ambar esa, “Egamizning kuni”da Xudo itoatsiz bandalarni jazolaydi, deb xalqni ogohlantirar edi. Itoatsiz Yahudo xalqi ham boshqa xalqlar qatori jazolanishini Zafaniyo bashorat qilgandi. Shuning uchun u Yahudo xalqiga najotning birgina yo‘lini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, shunday degan edi:

Egamizning amrlariga itoat qiladigan,

Ey yurtning kamtarin odamlari,

Egamizga intilinglar.

To‘g‘rilikka bog‘lanib,

Mo‘min–qobillik payida bo‘linglar.

Shundagina Egamizning g‘azab kunida

Jazodan qutulib qolishingiz mumkin. (2:3)

 

1–BOB - Zafaniyo

 

1 Yahudo yurtida Omon o‘g‘li shoh Yo‘shiyo hukmronlik qilgan davrda Zafaniyoga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi. Zafaniyo shoh Xizqiyo avlodidan bo‘lib, Kushining o‘g‘li, Gadaliyoning nevarasi va Emoriyoning evarasi edi.
2 Egamiz shunday demoqda: “Men yer yuzidagi hammani Gard qoldirmay supurib tashlayman.
3 Ha, Men odamlaru hayvonlarni, Ko‘kdagi qushlaru Dengizdagi baliqlarni supurib tashlayman. O‘sha hayvonlar tasviridagi butlarni parchalayman. Ular qatorida fosiqlarni ham yo‘q qilaman, Yer yuzidagi butun inson zotini Ildizidan quritib yuboraman. — Egamizning kalomi shudir. —
4 Men Yahudo va Quddusga qarshi qo‘l ko‘taraman. Baalga sig‘inganlarni bitta qoldirmay yo‘q qilaman, Butparast ruhoniylarning xotirasini o‘chiraman.
5 Tomda quyosh, oy, yulduzlarga sig‘inganlarni halok etaman, To‘g‘ri, ular Men, Egangizga sajda qilib, sadoqat ontini ichadi, Lekin Mo‘laxga ham topinib, va’dalar berishadi.
6 Mendan yuz o‘girib, izimdan yurmagan bu odamlar nobud bo‘ladi, Menga intilmagan, Mendan yordam so‘ramaganlar o‘ladi.”
7 Egamiz Rabbiy oldida sukut saqlang! Zero, Egamizning keladigan kuni yaqinlashib qoldi. Egamiz O‘z xalqini qurbonlik qilishga tayyorladi. U taklif qilgan mehmonlar yetib keldi.
8 Egamiz shunday deydi: “Men qurbonlik keltiradigan o‘sha kuni Yahudo a’yonlarini, shohning o‘g‘illarini, Butparast odatlarga berilganlarning hammasini jazolayman.
9 Butparastlarga o‘xshab ostona hatlaganlarning Ta’zirini beraman. Shoh saroyini zo‘ravonligu firibgarlikka To‘ldirganlarni jazolayman.”
10 Egamiz shunday demoqda: “O‘sha kuni Quddusning Baliq darvozasidan faryod ko‘tariladi, Shaharning Yangi dahasidan dod–voy eshitiladi. Qirlardan vayronagarchilik sadolari keladi.
11 Ey bozor ko‘chasida yashaganlar, dod soling! Axir, hamma savdogarlaringiz halok bo‘ladi, Oldi–sotdi qilganlar qirib tashlanadi.
12 Men o‘sha kuni bir chiroq olaman, Quddusning har bir burchagini tekshirib chiqaman. ‘Egamizning qo‘lidan na yaxshilik, na yomonlik keladi’, deb O‘ylaganlarning jazosini beraman. Gunohga botib o‘tirgan Beparvo odamlarni jazolayman.
13 Ular uylar qurishadi, Ammo uylarida yashash ularga nasib etmaydi. Uzumzorlar barpo qilishadi, Ammo sharobidan ichisholmaydi. Boyliklari talon–taroj qilinadi, Qurgan uylari buzib tashlanadi.”
14 Oz qoldi Egamizning buyuk kuniga! Oz qoldi! O‘sha kun shiddat bilan yaqinlashmoqda. Quloq soling! Bu Egamizning kunidir. Bu kun achchiq kulfat keltiradi, Hatto jasur jangchilar qo‘rqqanidan baqiradi.
15 Bu kun Xudoning g‘azab kunidir. O‘sha kuni hamma azob–uqubat chekadi, Hamma yoq vayronayu xarobazorga aylanadi. Zimziyo zulmat kuni bo‘lar o‘sha kun, Bulut qoplagan tim qorong‘i bo‘lar o‘sha kun!
16 Mustahkam shaharlaru baland minoralar Hujum ostida qoladi, Burg‘u ovoziyu jangga da’vat tovushlarini O‘sha kun o‘zida mujassam etadi.
17 Egamiz shunday deydi: “Odamlar Menga qarshi gunoh qildilar, Shu sababdan Men ularning boshiga kulfat solaman, Ular ko‘r odamday qoqilib yuradilar. Ularning qoni to‘kilib, yerni qoplaydi, Jasadlari tilka–pora bo‘lib, yerda go‘ngday yotadi.”
18 Egamizning g‘azab kunida Kumush ham, oltin ham ularga najot bermaydi. Egamizning rashk o‘ti Butun dunyoni kuydirib tashlaydi. Ha, yer yuzida yashagan hammani Egamiz dahshatli tarzda yo‘q qiladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак